Ma’mur qahhorov


V.Inson  hayotining  ma‟nosi.  Hayot va o„lim



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/95
Sana07.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#111976
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
Bog'liq
falsafa

V.Inson  hayotining  ma‟nosi.  Hayot va o„lim. Hayot-abadiy, ammo 
alohida olingan indiv idning umri o‗lchov li, chekli. Umr insonga faqat 
bir  marta  beriladi,  uning  yakunida  o‗lim  muqarrardir.  Ushbu 
jumlalarda  abadiyat  v a  o‗tkinchilik,  hayot  v a  o‗lim  o‗rtasidagi 
ziddiyat mujassamlashgandir.  
Umrning  v aqtinchaligi,  o‗limning  muqarrarligi  har  bir  odamda 
ertami-kechmi bir qator tom ma‘nodagi falsafiy sav ollarni tug‗dirishi 
tabiiy:  Ho―sh,  umrning  ma‘nosi  bormi?  Bor  bo‗lsa,  u  nimada? 
Yashashdan  maqsad  nima?  O‗lim  nima?  Bu  sav ollarga  har  kim 
o‗zicha  jav ob  izlaydi.  Shunga  qaramay,  azal-azaldan  faylasuflar 
hayotning asl ma‘nosini belgilov chi umumiy mezonlarni topishag v a 
asoslashga  urinib  kelganlar.  Misol  uchun  din  bu  dunyoda,  ya‘ni, 
foniy,  o‗tkinchi  dunyoda  yashashdan  ma‘no  bor,  u  ham  bo‗lsa 
o‗zingni narigi-boqiy dunyoga hozirlashdir deydi.  
 Tasv v ufdagi  yassav iya,  suhrav ardiya,  kubrav iya,  naqshbandiya 
kabi tariqatlar ham o‗z v azifalarini insonga hayotning chin ma‘nosini 
anglatish  deb  bilganlar.  So‗fiy  mutafakkirlarning  o‗zlari  bu  borada 
shaxsiy  namuna  ko‗rsatganlar.  ―So‗fiy‖    iborasi  «sof»  so‗zidan 
olinganligi ham bejiz emas. Ular umrning ma‘nosi-ma‘nav iy komillikka 
intilishda  deb  bilganlar.  Bandai  solih,  dunyo  foniyligini  chuqur  his 
etgan  holda  ezguliklar  qilib  qolishga,  o‗zidan  yahshi  nomu-nishon 
qoldirishga  shoshilishi,  shariat,  tariqat,  ma‘rifat  v a  haqiqat 
bosqichlaridan  o‗tmog‗i  kerak.  Dunyov iylikka  moyil  g‗ijduv oniya, 
naqshbandiya  suluklari,  ayniqsa, Naqshbandning ―Dil ba yoru dast 
ba  kor‖  tamoyili  hayot  ma‘nosini  tushunishda  g‗oyat  muhim 
tamoyildir.  
Inson  umrining  ma‘nosini  ekzistensializm  falsafasi  azob-uqubat 
chekishda deb biladi. Inson, ularning fikricha, azob-uqubatlar uchun 
tug‗ilgan.  Gedonizm  uni  yaxshi  yeb-ichish,  lazzatlanishda,  al‟truizm  
deb  nomlangan  boshqa  bir  falsafiy  –  ahloqiy  oqim  fikricha, 
boshqalarga yaxshilik qilish, sahov at ko‗rsatishdadir. Bunda sahov at 
ko‗rsatilayotgan kishi kimligining aslo farqi yo‗q. 
Hozirgi  zamon  falsafasining  nuqtai  -  nazari,  tabiiyki,  yuqoridagi 
yondoshuv lardan  birmuncha  farqlanadi,  shunga  ko‗ra  hayotning 
ma‘nosi  mav hum  tushuncha  emas.  U  konkret  ijtimoiy-  tarixiy 


mazmunga  ega,  jamiyat  ijtimoiy-sinfiy  tuzilmasi  bilan bog‗langandir. 
Negaki  har    bir  ijtimoiy  qatlam, sinf, jamiyatning, kishilar siyosiy, milliy 
v a  boshqa  hil  uyushmalarining,  guruhlarining  aniq  maqsad  v a 
hayotiy manfaatlari mav jud. Hayotning ma‘nosi har bir konkret guruh 
yoki uyushma a‘zosi uchun ana shu muqaddas ideallarni ro‗yobga 
chiqarish  bilan  bo‗glanib  ketadi.  Bunda  ijtimoiy  o‗zlikni,  o‗z 
mav judligi,  ildizlari,  qadriyatlari,  istiqbol  imkoniyatlarini  anglab  yetish 
o‗ta  muhim  ahamiyatga  egadir.  ―Qanday  yashamoq  kerak?‖ 
degan sav olga jav ob topish uchun av v alo odam o‗ziga-oz‗i ―Men 
o‗zi kimman?‖ degan sav ol bilan murojaat qilmog‗i kerak.  
Shunisi  ham  muhimki,  inson  ma‘nav iy  jihatdan  hur,  erkin 
bo‗lgandagina  uning  ijodiy  salohiyati  yuz  ochadi,  uning  hayot 
ma‘nosini  anglab  yetsihi  uchun  shart-sharoit  etiladi.  Umr  deganlari 
boshdan  kechirilgan  yillar  miqdori  bilan  emas,  balki  amalga 
oshirilgan ezgu ishlar bilan o‗lchanadi. ―Hayot,-degan edi J.J. Russo- 
o‗z-o‗zicha  hech  narsani anglatmaydi, hayotning qimmati qanday 
yashashga  bog‗liq.‖  Rimlik  faylasuf  Seneka  fikricha,  inson  umri 
masalga  o‗xshaydi:  uzunligi  bilan  emas,  mazmuni  bilan  qadrli. 
Muhimi uzoq yashash emas, to‗gri yashay bilishdir.  
Umr qisqa, ammo uni mazmun bilan to‗ldirib, uzaytirish mumkin. Bu 
insonning  o‗ziga  hav ola.  Zero  fransuz  donishmandi  Mishel  Monten 
qayd  etganidek,  hayot  o‗z-o‗zicha  yaxshilik  ham,  yomonlik  ham 
emas, sen uni nimaga aylantira olsang o‗shadir. Ba‘zilar uchun umr 
hali  yashamay  turib  tugagan.  Odam ikki karra dunyoga kelmaydi, 
lekin  bir  marta  yashashni  ham  eplolmayotganlar  kammi?!    Har 
daqiqasi  oltinga  teng  umrni  sov urayotganlarni  nima  deb  atash 
mumkin?!  ―Benaf  yashashdan  o‗lim  afzal!-degan  edi    I.  Gyote,-
ammo  bundan  ham  yomonrog‗i  tirik  murda  bo‗lishdir‖.  Shoir 
M.Shayhzoda yozganidek:  
 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish