bu odatda, anglanmagan, beihtiyor amalga oshadigan xatti-
xarakatlardir. Bunday xatti-xarakatlarning sababi onggacha etib
kelib ulgurmaydi yoki biror tabiiy yoki sun‘iy omil bilan onggacha etib
kelmaydigan darajada to‗silgan bo`ladi. Masalan, odam uyquda,
gipnoz, qattiq mastlik yoki giyohv and modda ta‘sirida bo‗lgan
holatlarda v oqelikka nisbatan ongli munosabatda bo‗la olmaydi,
binobarin, bunday holatlarda u o‗z hatti-harakatlarini anglab
etmagan bo`ladi.
Ongsizlik hodisasini dastlab psixoanaliz, ya‘ni ruhiy tahlil deb
nomlangan nazariya asoschisi, av striyalik psixiatr Zigmund Freyd
maxsus tadqiq qilgan. U ong ishtirok etmasdan av tomatik tarzda
birov ga ko‗r-ko‗rona taqlid qilish bilan yoki ixtiyorsiz, ong
qatnashuvisiz yuz beradigan barcha holat v a jarayonlarni ―ongsizlik‖
tushunchasiga kiritgan. Keyinchalik bu g‗oyalar E.Fromm asos solgan
―madaniy-ruhiy tahlil‖ , ―sotsiopsixologizm‖, ―neofreydizm‖ oqimlari
tomonidan ijodiy riv ojlantirilgan. Freydning izdoshlari ongsizlik hodisasi
alohida olingan odamning hulq – atv orida namoyon bo‗lib
qolmasdan, badiiy ijodda, san‘atda, butun boshli ijtimoiy guruhlar v a
hatto jamiyatlar faoliyatida ham ko‗rinadi deganlar. Ongsizlik
ongdan tashqaridagi anglab bo‗lmaydigan abadiy psixik kuchlar
boshqaruv idagi sohadir. Freyd fikricha, barcga ruhiy holatlarning,
hatti-harakatlar, hattoki, tarixiy v a ijtimoiy harakatlarning zamirida
ham ―libido‖ deb nomlanuv chi shaxv oniy (seksual) intilish yotadi, u
olamda tanxo hukmrondir. Freydizm v akillari shunga o‗hshash
ko‗plab boshqa fikrlar v a dalillar asosida ongsizlik o‗zining miqyoslari
hamda mav qeyi jihatidan onglilikdan ustundir, degan hulosa
chiqaradilar.
Hozirgi zamon falsafasi, tabiiyki, bu hildagi biryoqlama hulosalarga
qo‗shila olmaydi. Haqiqatan ham inson faoliyati serqirra v a rang-
barang. Unda ongli hatti-harakatlar bilan bir qatorda ongsiz yoki hali
to‗liq anglanmagan hulq-atv or uchun ham o‗rin bor. Onglilik v a
ongsizlik holatlarini bir-biriga mutloq qarama-qarshi qo‗yish esa to‗g‗ri
bo‗lmaydi. Anglanmagan ruhiy holatlar v a hatti-harakatlar, hozirgi
zamon fani dalillariga binoan, ongda emas, balki ong ostida yuz
beradi. Psixika bilan ong bir narsa emas, odamning ruhiy hayoti esa
tamomila ong nazorati ostida bo‗la olmaydi.
Ongsizlik ko‗rinishlarini onglilikdan ustun qo‗yish, ongsizlik butun
insoniy faoliyatning asosiy ko‗rinishi deb e‘lon qilish pirov ard natijada
mistika v a irratsionalizmga olib keladi. ―Mistika‖ yunonchadan
tarjimada ―sir - asror‖ degani, ―irrtasional‖ terminining ma‘nosi esa
―g‗ayri - aqliy‖ demakdir. Mistika ham, irratsionalizm ham, inson aqli,
tafakkurining ahamiyati v a rolini kamsitish yoki umuman inkor etishga
asoslanadi. XX asr G`arbiy Ev ropa falsafasi v a sotsiologiyasida mistik
v a irrtasional g‗oyalar bir qadar kuchayganligi kuzatilgan.
O‗zbekiston mustaqilligining daslabki yillarida mafkuraviy bo‗shliqdan
foydalanib, ular mamlakatimizga ham g‗oyav iy huruj qilishga urinib
ko‗rdilar.
Shunday qilib, aytish mumkinki, odamning hatti-harakatlaridan
ayrimlari anglanmagan yoki to‗liq anglab ulgurilmagan bo‗ladi. Ular
ongdan tashqarida, ong nazoratidan tashqarida yuz berganligi
sababli ongsizlik holati yuzaga keladi. Konkret ongsizlik holatlarining
konkret sabablarini hususiy fanlar bo‗lmish psixologiya, psixoterapiya,
psixiatriya, psixoanaliz, psixonev rologiya o‗rganadi hamda nazariy va
amaliy ahamiyatga molik tashxis qo‗yadi.
Ammo shunisi borki, konkret inson haqida emas, balki butun inson
zoti haqida so‗z yuritganda shuni qat‘iy ishonch bilan ta‘kidlash
mumkin v a lozimki, inson faoliyatida onglilik, anglangan faoliyat
ustunidir. Jamiki mav judotlar orasida faqat insongina o‗zini-oz‘i
anglashga qodir v a qobildir. O‗zini-o‗zi anglash hususiyatini XVII asr
fransuz ma‘rifatparvar mutafakkiri J.J. Russo ―barcha insoniy qobiliyat
v a layoqatlarning qaymog ―i‖ deb atagan edi.
Darhaqiqat, ong insonni inson qilib turgan jamiki insoniy
fazilatlarning eng muhimi v a olijanobidir, u inson hayotining
shamchirog‗idir. Inson miyasidan ortiqroq mo‗jizakor narsa
bo‗lmaganidek, fikrlashdan, anglashdan ko‗ra ham jozibali v a
qimmatli hislat yo‗q. ―Bizning butun qadr-qimmatimiz, nufuzimiz ongu
tafakkurda jamlangan‖ , -degan edi fransuz olimi Blez Paskal. Bu fikr
hamma dav rlar uchun ham dolzarb v a zamonav iydir. Ong-inson
faoliyatining negizi, uning tepib turgan qalbi, inson hulq-atv orining
sababchisi hamda himoyachisidir. U butun inson hayotining ibtidosi
v a muqaddas mohiyati v azifasini o‗taydi.
Ong ham o‗sish, riv ojlanish xususiyatiga ega. Modomiki, ongning
asosini bilimlar tashkil etar ekan,demak, inson qancha ko‗proq bila
borgani sari uning ongi, aqli ham shu qadar o‗sib, kengayib,
teranlashib boradi. ―Bilim-kuch, kuch esa bilimdadir‖-degan edi F.
Bekon. Faqat bilimgina insonni chin ma‘noda erkin v a ulug‗v or qila
oladi. Ma‘nav iy hayotda ham, amaliy faoliyatda ham kimki bilimga
tayansa, kamol topadi.
Hazrat A. Nav oiy uqtirganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |