falsafiy bilish ilmiy bilish bilan bir narsa emas, balki ma‘lum ma‘noda
ilmiy bilishni ham o‗z ichiga qamrab oladigan, to‗g‗rirog‘i, unga
tayanadigan, borliqning u yoki bu qismi, jixati, unsuri haqida emas,
balki uning butun boshli tizim sifatidagi xususiyatlari v a qonuniyatlarini
o‗rganishga, tadqiq qilishga qaratilgan mohiyat-e‘tibori bilan eng
chuqur, keng v a asosli bilishdir.
Falsafiy v a ilmiy bilish o‗rtasidagi tafov utni yanada yaqqolroq xis
qilish uchun «Falsafa fanmi yoki fan emasmi?» degan sav olni o‗rtaga
qo‗yaylik. Bu sav olning ham o‗ziga yarasha tarixiy ildizlari bor, zero
XIX asrda g‗arbda falsafaning ijtimoiy ong shakli sifatidagi o‗ziga
xosligini inkor etuv chi stseintizm (lotin. «sayentis»-«fan») v a buni
yoqlab chiquv chi antistseintizm oqimlari bu masalada uzoq v aqt
tortishganlar.
Fikrimizcha, falsafa bir jixatdan fan: u ilm-fan bilan bog‗langan,
qolav ersa, mustaqil fan sifatida muayyan ilmiy – tadqiqotchilik
maqomiga ham ega. U ilmiy bilimlarni generator misoli bir umumiy
maxrajga keltirib, «Dunyo nima?» degan azaliy sav olga ilmiy izox
berishga intiladi. Shunga ko‗ra, uni «fanlar gultoji», «fanlar shoxi»,
«fanlar fani» deb ulug‘lash rasm bo‘lgan.
Ayni chog‗da falsafa fizika, matematika, kimyo singari oddiy fan
emas.Uning asosiy v azifasi ilmiy bilimlarni umumlashtirishdangina
iborat, deb ham bo‗lmaydi. Falsafaning, falsafiy bilishning ilmiy
bilishdan ustunligi v a o‗ziga xos, betakror alomati ham, extimol
shundaki, u dunyoni yaxlitlikda idrok etish, anglash v azifalarini hal
qilish bilan chegaralanmasdan, tafakkurning erkin ijodiy parv ozi
amalga oshadigan soha sifatida bundan-da yuqoriroq ko‗tariladi,
dunyoning to‗laqonli falsafiy manzarasini kashf etadi. Shu ma‘noda
falsafiy bilish bilan ilmiy bilishni, aynan bir narsa deb, ular o‗rtasidagi
sifatiy ayirmani ko‗ra bilmaslik amalda falsafani – erkin, ijodiy
tafakkurga asoslangan bilishni oddiy fan qatoriga tushirib qo‘yish,
uning qadr-qimmatini bir qadar kamsitish bilan barobar.
Falsafa – ijod, falsafiy bilish – borliqni nafaqat ilmiy bilimlar, balki
yana intuitsiya, xayol, abstraktsiya kuch-quvv ati bilan, keng qamrov li
nigox bilan ijodkorona bilish ekanligi yana shu bilan tasdiqlanishi
mumkinki, buyuk alloma-faylasuflarning aksariyati ayni v aqtda ilmiy
yoki badiy ijodda ham ulkan muv affaqiyatlarni qo‗lga kiritgan, ulug‗
olimu – shoirlar, ixtirochi – kashfiyotchilar, daho ijodkorlarning
ko‗pchiligi ayni v aqtda atoqli mutafakkirlar bo‗lishgan.
Shunday qilib, gnoseologiya – falsafiy bilish haqidagi ta‘limot.
Bundan buyon uni lo‗nda qilib «bilish» deb yuritamiz.
II. Bilishning asosi va maqsadi masalalari dastlab qadimgi yunon
faylasuflari Demokrit, Platon, Aristotel, so‗ngra epikurchilar, skeptiklar,
stoiklar diqqat markazida bo‗lgan. Skeptitsizm oqimi (Pirron,
Karnead, Enesidem v a b.) bilimni reallikdan ajratib, tashqi olamning
chinligiga shubxa(lotin. «skepsis»-«shubxa») bildirgan yoki uning
mav judligini butunlay inkor qilgan bo‗lsalar, agnostitsizm (lotin
«agnosis»-«bilmayman ») v akillari to‗g‗ridan-to‗g‗ri «inson olamni bila
olmaydi» deb hisoblab, aql-tafakkur rolini yerga urganlar.
Chunonchi, agnostitsizmning taniqli nazariyotchisi, ingliz faylasufi
Dev id Yum fikricha, har qanday bilish asli bilmaslikdan yoki
bilmaslikning yangi sohalarini ochishdan iborat. Ushbu oqimning
yana bir taniqli v akili – Immanuil Kant : «Insonlar to‗g‗risida biz xech
nima bilmaymiz, biz ularning ko‗rinishlari bilan duch kelamiz, xolos»
degan v a borliqni bilib, anglab bo‗lmas mohiyatlar – «narsa
o‗zida»lar yig‘indisi deb atagan. Sokratning mashxur: «Men shuni
bilamanki, xech narsani bilmayman» degan paradoksi ham ma‘lum
ma‘noda agnostitsizmni oqlaydi.
Ilmiy -dunyov iy falsafa inson aqli, tafakkurini, bilish imkoniyatlarini
yetarlicha baholamaslik yoki qasddan kamsitish bilan aslo kelisha
olmaydi, sezgilarimiz, tasav v urlarimiz, tushunchalarimiz borliq haqida
to‗liq bilim berishga qodir, inson dunyoni bila oladi, deb hisoblaydi,
ayni v aqtda dunyoni bilish murakkab, tadrijiy ijtimoiy-tarixiy jarayon
ekaniga aloxida urg‘u beradi.
Ilmiy falsafa nuqtai-nazaridan skeptitsizm v a agnostitsizmning
gnoseologik ildizi bilish jarayonini amaliy faoliyatdan uzib talqin
etilganidadir. Bilish dunyoni jonli mushoxada etib, shundan xulosalar
yasashdangina iborat emas, bu buyumlashgan, murakkab «sub‘ekt-
ob‘ekt» munosabatlari, bir marotabalik akt emas, balki millionlab
marotaba takrorlanuv chi, shu bois narsa-hodisa(ob‘ekt) mohiyatiga
bosqichma-bosqich kirib borish imkoniyatini beruv chi hayotiy
jarayondirki, bunda sub‘ekt tobora ob‘ektni to‗laroq, mohiyatan
aniqroq v a atroflicha qamrab ola boradi. Qolav ersa, atrof-olam
xossa v a qonuniyatlari bir yoki bir necha av lod sa‘y-xarakati,
biluv chanlik intilishi bilan kashf etilishi aslo mumkin emas. «Quloch
yetmas narsani qamrab olib bo‗lmaydi» deydi donishmand. Buning
uchun har qancha allomai zamon bo‗lmasin, bir olimu
donishmandning, xatto, olimlar jamoasining xohish- irodasi, xarakati
yetarli emas. Borliq – bexad, bexudud tilsimot, binobarin, uning
qonuniyatlarini birin-ketin ocha borish uchun butun insoniyat ilmi,
aqlu-tafakkurining mashaqqatli v a beto‗xtov faoliyat ko‗rsatmog‗i
talab qilinadi. Bilish asosida yotuv chi ana shu turli-tuman insoniy
faoliyat ko‗rinishlarining jami amaliyot(praktika) deb ataladi. U o‗z
ichiga oddiy mushoxada(ko‗zatish)dan ilmiy eksperimentgacha,
mehnat, ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan tortib badiy v a ilmiy ijodgacha
inson moddiy hamda ma‘naviy faoliyatining barcha turlarini qamrab
oladi. Bilishni ijtimoiy-tarixiy jarayon deb talqin etilishining ma‘nosi
ham shunda.
Ibtidoiy jamiyatda bilish v a buyumlashgan faoliyat bir-biridan
ajralmagan bir narsa edi, chunki inson nimaiki bilsa, tajribada bilar
edi. Keyinchalik, tabiiy-tarixiy asosda yuz bergan mexnatning aqliy
v a jismoniy turlarga taqsimlanishi natijada, g‗oyalar ishlab chiqarish
buyumlar ishlab chiqarishdan mustaqillashgach, nazariya v a
amaliyot faoliyatning o‗zaro bog‗liq ikki turiga aylandi, bilish asosan
aqliy mehnat bilan shug‘ullanuv chi kishilarning faoliyat sohasi bo‗lib
qoldi.
Bilish, ilmiy falsafa ta‘biricha, bilmaslikdan – bilimga, kamroq
bilishdan tobora ko‗proq bilishga, qismni bilishdan – tizimni bilishga,
ba‘zida qo‗lga kiritiladigan yanglish, mav xum bilimdan – tobora
haqiqatga, to‘liqroq v a aniqroq bilimga yunalgan dialektik jarayon.
«Umrning butun ma‘nosi mav xumlikni to‗xtov siz zabt etish, tobora v a
xamisha ko‗proq bilimga intilishdir »- degan edi fransuz adibi Emil
Zolya. Bilmaslik – nodonlik, bilib olinmagan narsa hamisha sirli,
qo‗rkinchli, begona. Bilimsizlik – ojizlik. «Bilganlarimizning cheki bor,-
deydi fransuz allomasi P.Laplas, - bilolmagan narsalarimizning esa
xad-chegarasi yo‘q». Bilmagan narsalarini bilib olmog‗i v a o‗zi ham
bunga ishonmog‗i uchun inson muttasil fikrlamog‗i lozim. Bu inson
erkinligi v a qadr-qimmatining birlamchi sharti, zero u dunyoni
qanchalik bilsa, o‗zligini ham shunchalik anglaydi. Bilim manbai esa
bexad: insoniyat bu yo‗lda qanchalik yutuqlarga erishmasin,
biluv chanlik qobiliyati nechog‘lik takomilga yetmasin, barcha
odamlarning izlanishi, kashfi v a bilimi uchun o‗rin topiladi. A.Firdav siy
uqtirganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |