dunyo haqiqatlarini tariqqat axliga zoxir bo‘lishi orqali anglab olish
mumkin. «Aqliy bilish, oddiy mantiq xaqiqatni bilib olish yo‘lidagi
parda-xijobdur» - deydi u. Fikrimizcha, tasav v ufona, «g‗aybona»
bilish ilmiy falsafada «oltinchi sezgi» deb nom olgan kuchli ichki faxm
– intuitsiyaga yaqin qobiliyat bo‗lib, darhaqiqat, ichdan bila v a ko‗ra
olishdek bu o‗ta noyob biluv chanlik xususiyati xar kimga xam nasib
etav ermaydi, biroq uning xis-tuyg‗u v a aqldan tamomila mustaqil
bo‗lolmasligi aniq.
Aksariyat dinlar, ob‘ektiv -idealistik falsafiy ta‘limotlarda «Olamiy aql»
tushunchasi ishlatiladi. Naql qilishlaricha, Ollohdan: «Yo rabbimiz!
Arshi a‘lodan xam a‘loroq biror narsa yaratdingizmi?» deb
so‘raganlarida parv ardigori olam: «Ha, aqlni yaratdim» degan ekan.
«Aqlning qiymatiga teng narsa nadur?» deb so‗ralganida: «Xayxot!
Xech kimsa buni bilishga qodir bo‗lmagay» degan jav ob bo‗libdi.
Xakim at-Termiziy «Olloh aqldan ustun v a sharafliroq biror narsa
yaratmagan» deya ta‘kidlaganda shu haqiqatni nazarda tutgan
bo‗lsa, ne ajab. Tasav v ufda Ollox qudratining mujassami bo‗lmish
ilohiy v a mutloq aql – «aqli kull» ham, oddiy insongagina tegishli «aqli
ju‘z» ham e‘tirof etiladi. «Aqli kull»ning qudrati v a birlamchiligini inkor
etish Ollohni inkor etish bilan barobar. Ayni v aqtda «aqli juz» esa haq
v a botilni bir-biridan bexato farqlashga qobil emas. Odam aqli
ju‘zga qaram ekan, xech qachon o‗zligini to‗g‗ri idrok eta olmaydi,
degan noratsional fikr xam bildiriladi.
Ilmiy falsafa aqlni insonga xudo emas, tabiat ato etgan eng buyuk
in‘om deb biladi. Aql insonni extiros v a nuqsonlardan baland
turibgina qolmay, fazilatlari, iste‘dodi, ezguliklaridan maqsadga
muv ofiq foydalanishda ham yordam beradi. «Mantiq tafakkur
kishilarining tangrisidir» - degan edi nemis adibi v a mutafakkiri Leon
Feyxtv anger. U insonning ma‘nav iy quroli, bebaxo qomusi.
Bilish xissiylikdan boshlanib, xis-tuyg‗ulardan oziqlanib, aqliy
bosqichda – tushuncha, xukm v a xulosa kabi mantiqiy shakllarda
dav om etadi. Aql xissiyotning ko‗zini ochadi. Fransuz allomasi J.Fabr
qayd etganidek, «aql muloxaza yuritish, anglash xususiyatiga, ya‘ni
sabab v a oqibatni uzv iy bog‗lash, «nima uchun?» degan sav olga
jav ob berish, tasodiflarni aniqlash, qonuniyatlarni ochish, yangi
xususiyatlarning yangi sharoitlarga mosligini belgilash, v oqealar
zanjirining boshi v a nixoyasini topish xususiyatiga ega.»
Do'stlaringiz bilan baham: