Siyosiy ongda kishilarning dav lat, partiya, sinflar, millatlar, boshqa
siyosiy hodisa, jarayon v a munosabatlarga doir his-tuyg‗u,
kechinmalari, tasav v ur v a qarashlari aks etadi. U jamiyat sinflarga
bo‗linib, sinfiy tengsizlik, murosasizlik v a ziddiyatning ifodasi sifatida
dav lat, siyosat v a huquq paydo bo‗lishi bilan yuzaga kelgan.
Kishilarning siyosiy ongi bir xilda bo‗lmaydi. Siyosiy tasav v ur v a
qarashlar mav jud siyosiy tartibotni yo mustahkamlashga yoki
aksincha, yemirishga, yangilashga qaratilgan bo‗ladi. Siyosiy
ongning ikki darajasi bor siyosiy ruhiyat v a siyosiy mafkura. Bular
turlicha aniqlikda ifodalangan bo‗ladi. Siyosiy ruhiyat kishilarning
dav lat, siyosat, sinflar, adolat v a adolatsizlik, demokratiya
to‗g‗risidagi fikr-o‗ylari, kechinma v a tasav v urlaridan iborat bo‗lsa,
siyosiy mafkura maxsus ishlab chiqilgan siyosiy g‗oya v a
nazariyalarning izchil tizimini tashkil qiladi. Siyosiy mafkura urush v a
tinchlik, adolat, erkinlik, tashqi v a ichki siyosat kabilarni aks ettirib,
siyosiy faoliyat uchun dasturilamal v azifasini o‗taydi.
III. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi. Jamiyat urug‗, qabila, elat, millat,
qatlam, guruh, sinf kabi ijtimoiy birliklardan tuzilgan. Ularni ijtimoiy
munosabatlar bog‗lab turadi. Urug„ kishilar birligining dastalbki shakli
bo‗lib, qon-qarindoshlikka asoslanadi. Ibtidoiy jamiyatning so‗nggi
bosqichlarida urug‗lar qabilalarga birlashgan. Urug‗ v a qabilada
poligam, keyinroq monogam oila asosiy ijtimoiy-tuzilmav iy birlik edi.
«Av esto»da bronza dav ri (er. av . XIII-X asrlar)da Markaziy Osiyoda
jamiyat matriarxatga asoslangani aytiladi.
Sinfiy jamiyatda urug‗ v a qabilalar yagona din, hudud, madaniy
turmush asosida birlashib, elat bo‗lib yashashga o‗tdilar. Elat— feodal
jamiyatga xos kishilar birligi. Kapitalizm bosqichiga o‗tilgach,
umummilliy bozorlar v ujudga kelishi natijasida elatlar bir-biri bilan
mehnat taqsimoti tufayli yanada jipsroq bog‗lanib, iqtisodiy hayot
birligi, mushtarakligi ularni yagona millatga birlashtirdi. Milliy hayot v a
milliy harakatlar ishlab chiqaruv chi kuchlar riv ojiga, siyosiy borliqqa
kuchli omil bo‗ldi. Shunday qilib, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasi
bilan bir qatorda urug‗, qabila, elat v a millatlarni o‗z ichiga olgan
etnik (lotin. «etnos» - «millat») tarkibi ham paydo bo‗ldi.
Eramizdan oldingi birinchi mingyillikning ikkinchi choragida barpo
bo‗lgan v a qadimgi yunon, xitoy manbalarida «Skif imperiyasi» deb
nomlangan Markaziy Osiyo siv ilizatsiyasi shu hududda yashagan
ko‗plab qabila v a elatlar bilan bog‗liq polietnik hodisadir.
I.A.Karimov juda o‗rinli qayd etganidek, «tariximiz kabi qadim
madaniyatimizning yaratilishida ham o‗nlab etnik guruhlar, el-elatlar
o‗z ulushini qo‗shgan. Har qanday siv ilizatsiya kupdan-kup xalqlar,
millatlar, elatlar faoliyatining samarali ta‘sirining mahsulidir».
Mutaxassislarning hisoblaricha, hozir yer yuzida 3 mingga yaqin
millat bor. Har bir millatning soni bir necha o‗n mingdan bir necha
yuz milliongacha boradi, 4 foiz jahon aholisi elat v a qabilalarga
birlashgan. Ibtidoiy jamiyatda sotsial munosabatlar, ahloqiy
me‘yorlar, urf-odat v a udumlar, urug‗ v a qabila oqsoqollarining
obro‗yi bilan tartibga solinib boshqarib turilgan. Jamiyatda ijtimoiy-
sinfiy
tabaqalashish
yuz
berib,
ijtimoiy
munosabatlar
murakkablashgach, bu v ositalar samara bermay qo‗ydi v a siyosiy
boshqaruvga, uning maxsus organi bo‗lmish davlatga extiyoj tug‗ildi.
Siyosiy tartibot v a munosabatlarni, siyosiy ong v a faoliyatni o‗z ichiga
olgan siyosiy hayot v ujudga keldiki, unda markaziy o‗rin tutuv chi
dav lat hal qiluv chi mav qega ega bo―ldi.
IV. Jamiyat va shaxs. Jamiyatning shaxsga, shaxsning o‗zi yashab
turgan jamiyatga munosabati muhim ijtimoiy-falsafiy masalalardan.
Odamning xuquqi v a majburiyatlari bir-biridan ajralmagan ibtidoiy
jamiyatda bu masala umuman bo‗lmagan. Ijtimoiy-sinfiy jihatdan
tabaqalangan jamiyatga o‗tilgach, odam muayyan ijtimoiy qatlam,
guruh, sinf v akiliga, ijtimoiy sub‘yektga aylanadi v a o‗z maqomidan
kelib chiqib jamiyat oldiga ma‘lum talablar qo‗yadi, jamiyat ham,
o‗z nav batida, uning zimmasiga muayyan majburiyatlar yuklaydi.
Shundan «jamiyat -shaxs» munosabati kelib chiqadi.
Shaxs—ijtimoiy- tarixiy hodisa. Odam shaxs bo‗lib tug‗ilmaydi. Balki
konkret ijtimoiy, ma‘nav iy muhitda mehnat, ijtimoiy faoliyat, muloqot
jarayonida o‗zligini anglab, o‗z ijtimoiy mav qeini aniqlab, ko‗nikma
v a malakalar orttirib, gardaniga ijtimoiy ma‘suliyat olib, shaxsga
aylanadi. Jamiyatdan ayro tushgan inson farzandlari shaxs bo‗lib
yetisha olmaydi. Bunga misollar ko‗p. Aristotelning tabiricha, odam
tabiatan ijtimoiy mav judotdir. Shunday ekan, u o‗zining chinakam
shaxsiy fazilatlarini faqat jamiyatda kamol toptira oladi.
Biroq odamlarning salohiyati, tafakkur madaniyati bir xilda emas.
Shaxs jamiyat manfaatlarini hamisha to‗g‗ri idrok ettirav ermasligi
mumkin. Ayrim shaxslar o‗z dav ridan bir qadar o‗zib ketishi, ayrimlari
undan ortda qolishi, begonalashuv i, o‗z zamonasida qadr topmasligi
ham tabiiy. «Jamiyat- shaxs» munosabatlari, birinchidan, jamiyat
shaxs erkinligini ham qonunlarda, ham amalda to‗la ta‘minlaganda;
Do'stlaringiz bilan baham: |