7-MAVZU
INSON FALSAFASI
I. Inson falsafiy bahs – munozaralarining bosh mavzusi bo“lib
kelgan va hozirda ham markaziy masalasi bo„lib kelmoqda.
Falsafa fanida biror mav zu yo‗qki, unda odam masalsi u yoki bu
jihatdan yoritilmagan bo‗lsin. Shunga qaramasdan, falsafa inson,
uning kelib chiqishi, mohiyati, inson hayotining ma‘nosi haqidagi
masalalarga alohida o‗rin ajratadi. Falsafa fanining odam haqida
fikr yurituv chi qismi ―Falsafiy antropologiya‖ deb nomlanadi.
―Antropos‖ yunonchadan tarjimada ―odam‖ deganidir. Odamning
jismu- tani, ongi, faoliyatining turli jihatlari hususida konkret tabiiy,
ijtimoiy hamda gumanitar fanlar ma‘lumot beradi, ammo inson
mohiyatini umumnazariy jihatdan idrok etib, tegishli hulosalar
chiqarish falsafa fanining v azifasidir.
Falsafa tarixida oqimlar, ta‘limotlar juda ko‗p bo‗lgan, ammo biror
mutafakkir yoki yo‗nalish inson, uning hayoti v a o‗limi masalasi
hususida falsafiy mushohadalar yuritmay o‗tmagan. Qadim-
qadimdan inson muammosini qizg‗in baxs – munozaralarga mav zu
bo‗lgan asosiy falsafiy masala deyish mumkin. Masalan, diniy –
falsafiy ta‘limotlarga ko‗ra, inson – ilohiy ijodning oliy timsolidir.
Insonning butun borlig‗ida, ayniqsa, uning aqlu - zakov atida
yaratuv chi hudoning kuch – qudrati, mehr-shafqati, sahov ati, mislsiz
ne‘mati namoyondir. Sharq diniy falsafasida inson masalasi hal
qiluv chi o‗rin tutadi. Umuman sharq falsafasi an‘anav iy tarzda
insoniylik, insonparv arlik g‗oyalari bilan yo‗g‗rilgandir. Masalan,
buyuk faylasuf shoir, tasav v ufchi M.A.Bedil fikricha, inson olloh
yaratgan, haloyiq etganlar orasida betakror mo‗jizadir: ―Sening
ko‗zlaringda, - deb xitob qiladi shoir,— ikki olamninhg – sag‗ir v a kabir
olamlarning mazmuni mujassamlashgan. Quyosh shami kabi sen yetti
qav at yeru to‗qqiz qav at ko‗k iqbolining mahzari-ko‗zgusisan‖
Ayniqsa, tasav v uf falsafasining ―komil inson‖ g‗oyasi Markaziy
Osiyo hududida IX-XV asrlarda keng yoyilgan, uning turli tariqat v a
suluklari mintaqaning hayot tarzi v a ahloqiy–falsafiy qadriyatlariga
kuchli ta‘sir ko`rsatgan. Tasav v ufning markaziy muammosi ham
inson erkinligi, mav judligini anglashga intilishdan iborat. ―O`tkinchi‖
dunyo qa‘ridan halos bo`lish v a samov iy yuksaklikka erishish, olloh
bilan birlikni anglash uning mohiyatini tashkil etadi.
Inson muammosiga fan ham o‗z nuqtai nazaridan yondoshib
kelgan. Olimlar o‗z hulosalarida inson zotini goh tabiiy-biologik, goh
ijtimoiy, goh siyosiy deb ta‘riflab, bir o‗rinda tafakkurni, aqlni, boshqa
o‗rinda ruhiyatni, uchinchi bir o‗rinda ma‘nav iyatni, boshqa bir
nuqtai nazardan mehnat qobiliyatini, yana boshqa bir nuqtai
nazarga ko‗ra esa, hattoki, shahv oniyatni uni ta‘riflov chi asosiy
hususiyat sifatida ko‗rsatib kelganlar. Inson ko‗pdan - ko‗p ichki v a
tashqi omillar, hususan, tabiat, kosmos, jamiyat, hudo bilan
aloqadorlikdagi, ichki tomondan esa ruh (jon), aql, hissiyot,
ma‘nav iyat bilan bog‗langan mav judot sifatida tahlil qilingan.
Falsafiy oqim v a yo‗nalishlarga kelsak, materializm falsafasi an‘anviy
rav ishda insonni materiyaning bir bo‗lagi, aniqrog‗i, his qiluv chi, jonli
materiya deb qarab keladi. O‗lim natijasida insonning moddiy v ujudi
boshqa moddalarga parchalanadi. Idealizm falsafasida, hususan,
ob‘yektiv idealizmda inson olami Mutloq ruh yoki g‗oyaning
mahsuli. Sub‘ektiv idealizmda inson, uning ―Men‖i—butun olamning
markaziy nuqtasi, jami narsa- hodisalarning yaratuv chisi deb talqin
etiladi. Qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor ―Inson-hamma narsaning
o‗lchov i‖ deganda shu g‗oyani lo‗nda ifoda etgan. Sokratning
―Av v al o―zingni angla, shunda dunyoni anglaysan‖ degan iborasi
ham ―Inson – butun borliqning mujassamidir‖ degan sub‘ektiv -
idealistik talqin uchun yo‗l ochadi.
Insonning mohiyati haqidagi baxs-munozaralar falsafa fanida uzoq
v aqt davom etgan. XIX ars o‗rtalariga kelib odam haqidagi mav hum
umumiy mulohazalar o‗rnini real inson haqidagi konkret
mushohadalar egalladi. O‗tmishning, shu jumladan, diniy falsafa
targ‗ib etgan o‗rta asrchilikning mo‗min-qobil inson haqidagi
aqidalari yangi, kapitalistik tuzum talab qilayotgan faol,
tashabbuskor, ishchan inson haqidagi tasav v urlar bilan o‗zaro zid
kelib qoladi. Bu falsafiy ta‘limotlarda ham o‗z aksini topdi. Dastlab
daniyalik faylasuf S.K‘erk‘egorning ―ilohiy dunyo boshqa, insoniy
dunyo boshqa,‖ degan ekzistensializm ruhidagi g‗oyasida, so―ngra
nemis faylasufi L. Feerbaxning insonni ijtimoiy mav judot sifatida
qarashga chaqiruv chi ―Din – insonning o‗zini-o‗zi anglashidir‖ degan
tamoyilida ifodalanadi. Shu singari yangicha falsafiy qarashlar
insonni baholashda shu v aqtgacha hukmron bo‗lib kelgan ―Inson
hudo yoki mutloq ruhning mahsuli, faoliyatsiz, passiv narsa‖ deya
baholashlariga chek qo‗ydi, insonni ijtimoiy v ujud deb qarashga,
jamiyatda mav jud ijtimoiy munosabatlarning ifodasi, mahsuli ,
majmui deb ta‘riflashga imkon yaratdi.
Darhaqiqat,
―inson‖
so`zining
etimologiyasiga
nazar
tashlaganimizda ham buni sezish mumkin. Ma‘lumki, qadim-
qadimdan jami mav judotlarni ―ins‖ v a ―jins‖ ga ajratish urf bo‗lgan.
Ertak v a riv oyatlarda naql qilinishicha, ―ins‖ odam zotini bildirsa, ―jins‖
unga zid bo‗lgan jin- ajinalarni anglatadi. ―Ins‖ so‗zi ko‗plikda
―inson‖deganidir, bu so‗z ostida g‗ayritabiiy, ruhiy jin-ajinalardan
farqli real, hissiy odam tushuniladi. Demak, inson real borliqning uzv iy
qismi, qism bo‗lganda ham oddiy emas, balki murakkab qismidir.
Unga ijtimoiy his-tuyg‗ular, munosabatlar ijtimoiy qiyofa v a faoliyat
hosdir. Bu hususiyatlar insonga ―yuqori‖dan baxsh etilmagan, ular
tug`ma ham emas, balki aniq ijtimoiy – tarixiy mohiyatga egadir.
Odam o‗z yaratuv chilik faoliyatida moddiy v a madaniy boyliklarni
yaratish bilan kifoyalanmaydi, shu asnoda u oz‘-o‗zini ham ―yaratib‖,
mukammallashtirib boradi. Insonni boshqa mav judotlardan ajratib
turuv chi eng muhim hususiyat ham huddi shunda, tarixni,
madaniyatni, o‗zini – o‗zi yaratuv chilik, sub‘ektlik hususiyatidir.
II. Antroposotsiogenez – inson va jamiyatning kelib chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |