borliq - bu jamiyatning moddiy iqtisodiy hayoti. Bu moddiy ishlab
chiqarish v a kishilarning buyumlashgan amaliy faoliyatidan iborat.
Ijtimoiy ong - jamiyatning ma‘nav iy-ruxiy hayoti. U kishilar fikr-o‗yi,
his-tuyg‗u v a kechinmalari, urf-odat v a an‘analari, g`oyalari,
qarashlari v a nazariyalarini o‗z ichiga oladi. Shu ma‘noda ijtimoiy
ong yakka odam-indiv id ongidan farqlanadi. Indiv idual ong odam
tug‗ilganida paydo bo‗lib, uning o‗limi bilan o‗z nihoyasiga etadi.
Yakka odamning o‗y-fikrlari, qarashlari, jamiyatnikidan tafov utlanishi
unga muv ofiq yoki nomuv ofiq, xatto zid bo‗lishi mumkin. Ayrim buyuk
zotlarning dohiyona g‗oyalari ijtimoiy ongga kuchli, ba‘zan inqilobiy
ta‘sir ko‗rsatish qudratiga ega bo‗ladi. Shunga qaramay indiv id ongi
u yoki bu darajada ustiv or, hukmron g‗oya v a nazariyalar ta‘sirida
bo‗ladi. Jamiyat indiv idlar jamlanmasi bo‗lgani kabi ijtimoiy ong
jamiyat a‘zolariga xos eng umumiy v a mushtarak ong xususiyatlarini
mujassamlashtirib ifoda etadi. Shu bilan birga ijtimoiy ong kishilar
uyushmasiga xos jamoav iy (korporativ ) v a sinfiy ongdan ham
farqlanadi, chunki u mohiyat – e‘tibori bilan yakkalik ham, umumiylik
ham emas, balki jamiyat a‘zolari ongini ifoda etuv chi eng
umumiylikdir.
Urf-odat, marosimlar ichida umrboqiylari ham (masalan, Nav ro‗z,
hosil bayrami, xotirlash kuni), mazmunan eskirganlari ham (dabdabali
to‗y- hashamlar yoki dafn marosimlari, xurofot v a bidatlar) bo‗ladi.
Mustaqillik tufayli zamonga hamoxang, asl o‗zbekona urf-odatlar
qayta tiklanyapti, mazmunan boyitilyapti. Biroq asrlar mobaynida
turmushga singgan odatlar, shu jumladan, yomon odatlar ham
yashov chan bo‗ladi. Aytaylik, poraxo―rlik, yulg‗ichlik, terro‗rchilik,
giyoxv andlik kabi istiqlol ma‘nav iyatiga yot illat, odatlarni kishilar
ongidan birdagina siqib chiqarish qiyin. Buning uchun, bir tomondan,
ularni takror hosil qilayotgan ijtimoiy ildizlarni qirqish, ikkinchi
tomondan, ma‘nav iy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish, ijtimoiy
munosabatlarni sog‗lomlashtirish kerak.
Ijtimoiy ongning yuqori darajasi bo‗lmish nazariy ong ilmiy bilimlar v a
mafkuradan iborat. Kundalik ong elementlari tashqi turtkisiz o‗z
xolicha tarkib topsa, ilmiy bilimlar v a mafkura aniq metodologik
tamoyillar asosida v a maqsadga muv ofiq ilm ahli, arboblar,
mutaxasislar tomonidan yaratiladi.
Ilmiy bilimlar manbai fandir. U borliqning in―ikosidan boshqa narsa
emas. Ingliz faylasufi G.Sisitenning tabiricha, fan bu tartibga solingan
bilimdir. Fannning tarixiy ildizlari eramizdan oldingi IV asrga, aqliy
nazariy faoliyat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqan dav rlarga borib
taqaladi. Fanning ijtimoiy mohiyatini ta‘kidlab, atoqli olim
A.Eynshteyn «Fan tafakkurning dunyoda biz bilgan hodisalarini
ma‘lum uslub v ositasida bir erga jamlash yo―lida ko‗p asrlik xormay-
tolmay qilgan mehnatidir», - degan edi. Tabiiy, ijtimoiy, gumanitar,
texnikav iy bilimlar v ositasida inson borliqni to‗laqonli ask ettiradi,
qonunlarni ifodalaydi, nazariy o‗zlashtiradi v a takror hosil qiladi.
Yangi O‗zbekistonga yangi mafkura zarur. U tayyor holda qo‗lga
kiritilmaydi. Balki millatning o‗tmishi, buguni, kelajagini chuqur idrok
etib, ilg‗or dunyoqarash v a tafakkurga asoslanib shakllantiriladi v a
hayotga singdirib boriladi. Respublikamiz konstitutsiyasida g‗oyalar
xilma-xilligi qonunlashtirilgan v a huquqiy kafolatlangan. Shunga ko‗ra
hech bir mafkura dav lat mafkurasi maqomiga ko‗tarilishi mumkin
emas. Mustaqillik dav ri milliy istiqlol mafkurasini yaratish v azifasini
qo‗ydi.
Uning o‗zagini, xalqni, millatni jipslashtirishga qodir maqsad,
muddao bo‗lmish «milliy g‗oya» tashkil qiladi. Prezidentimiz ilgari
surgan «O‗zbekiston kelajagi – buyuk dav lat» shiori xalqqa
yaratuv chilik ilhomi, kuch bag‗ishlov chi ana shunday milliy g‗oyadir.
Milliy istiqlol mafkurasi, birinchidan, xalqimizning o‗zligini, muqaddas
an‘analari, orzu-umidlarini ifoda etadi; ikkinchidan, jamiyat a‘zolarini
umummilliy manfaatlar doirasida jipslashtiradi; uchinchidan, milliy,
irqiy, diniy v a boshqa kamsitishlardan tamomila holi bo‗ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |