Yuqorida aytilganlardan ma‟lum bo„ladiki, borliq falsafiy jixatdan
juda keng ma‟noda butun bir reallik sifatida tushuniladi. Uning
tarkibiga, yuqorida aytilganlardan tashqari, inson xali o‗zlashtirib, bilib
ulgurmagan narsalar, tabiat xodisalari ham, tabiat boyliklaridan
foydalangan xolda insoniyat yaratgan barcha narsa v a hodisalar,
jarayonlar ham, kishilarning ijtimoiy hayotlari ham, ularning o‗zlari,
fikrlari, g‗oyalari, qarashlari, jamiyatdagi barcha ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, mafkurav iy, ma‘nav iy munosabatlar ham kiradi. Binobarin,
moddiy narsa v a xodisalar bilan bir qatorda ma‘nav iy hodisalar ham
«borliq» kategoriyasi bilan ifodalanadi. Demak, falsafa o‗rganadigan
qaysi bir masalani olmaylik, pirov ardida u borliq muoammosi bilan
bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |