Gotfrid
Leybnits
(1646-1716)
substantsiyalarning ko‗pligi xaqidagi ta‘limoti bilan tanilganlar.
Leybnits ularni monadalar deb atagan. Monadalar xaqidagi
g‗oyalar uning «Monadologiya» nomli asarida bayon etilgan.
Monada, Leybnits fikricha, moddiy emas, balki ruxiy xodisa bo‗lib,
monadalar ko‗p turlidir. Bosh monada - xudoning ziyosi, nuridir. «Har
bir monada o‗zi uchun bir dunyo, har biri o‗zi uchun mustaqil birlikdir,
- deb yozgan edi mutafakkir, - Monadalardan har biri o‗zining
aloxida o‗zgarishlariga intiladi v a ular boshqa xamma narsalar bilan
muxim bog‘lanishlarga ega ekanligi sababli ayni v aqtda uning xam
tarkibida bo‘ladi». Sezuv chan monadalar «jon» deb, aqlga ega
monadalar «rux» deb nomlanadi. Ong v a aql monadalar taraqqiyot
darajasi belgisidir.
Leybnits bilish nazariyasida ingliz faylasufi, materialist Jon Lokk
qarashlariga, uning sensualizmiga zid rav ishda ratsionalizm
g‘oyalarini ilgari surdi, sezgilar, umuman xissiy bilishning axamiyatini
rad etib, aqlning axamiyatiga yuksak baxo berdi. Xaqiqat xaqida
so‗z yuritar ekan, olim xaqiqat barcha mantiqiy, matematik
xaqiqatlarni o‗z ichiga oladi, deb xisoblagan. Uning fikricha, faktik
xaqiqatlarga tabiiy fanlarning xaqiqatlari kiradi. Atoqli mantiqshunos
sifatida u to‗g‗ri fikrlashning to‗rtinchi qonuni – etarli asos qonunini
ishlab chiqdi, fanga kiritdi v a uni «xodisalararo bog‗lanish zanjirlarini
topish v ositasi» deb baxoladi. Leybnits tabiat v a jamiyatdagi xamma
narsalarda xudoning amri, iloxiy muv ofiklik mav jud, degan xulosa
chiqardi.
Garbiy Ev ropa falsafasida XVIII asr fransuz mutafakkirlari Pol Golbax
(1723-1789), Deni Didro (1713-1787), Klod Gelvetsiy (1715-1771), Julen
Lametri (1709-1715) yaratgan falsafiy ta‘limot aloxida o‘rin tutadi. Bu
mutafakkirlar Frantsiyada birinchi bo‗lib entsiklopediya yaratdilar,
tabiatshunoslikning
ko‗plab
soxalarida
yangiliklar
ochdilar,
xayotbaxsh erkin fikrlari bilan sxolistika v a xurofotlarga qarshi kurash
olib bordilar. Ularining qarashlari asosan materialistik v a xurfikrlik
ruxidagi g‗oyalardan iborat bo‘ldi.
XVIII asr fransuz materialistlari fikricha, moddiy borliqdagi ja‘mi
narsalarning yigindisi «materiya» deb yuritiladi. Materiya molekula v a
atom zarralaridan tashkil topgan. Atomlar-materiyaning bir xildagi
bo‗linmas, mayda tarkibiy qismidir. Xarakat tufayli ular bir-birlari bilan
birlashadilar. Xarakat materiyaga ichdan xos, ya‘ni atributdir,
ajralmas xossasidiir. Xarakatning asosiy shakli bu narsa-xodisalarning
fazoda oddiy o‗rin almashinuv idan iborat.
XVIII asr fransuz materialistlari dunyoni bilish mumkin, degan
gnostizm mav qeida qat‘iy turib, inson bilishi tabiatni tekshirish,
o‗rganish, uning qonunlarini egallashga xizmat qilishini aytishgan.
Ularning fikricha, sezgi, fikr, xulosalar, murakkab ilmiy qoidalar tabiat
xossalari, real bog‗lanishlarining in‘ikosidir. Ular tug‘ma g‘oyalar
haqidagi fikrlarni asossiz deb baxolaganlar. Jon Lokkning
sensualizmiga asoslanib, bilish – bu dunyoni sezishdir, sezgi manbai
inson ongidan tashqari v a ob‘ektiv rav ishda ma‘v jud moddiy
dunyodir, deganlar. Shu bilan birga XVIII asr fransuz materialistlari
bilishda aqlning rolini xam e‘tirof etib, unga yuqori baxo berganlar.
Aql, tafakkur, ular fikricha, sezgilar bergan ma‘lumotlarni qo‘shish,
yig‗ish, v a taqqoslash v azifasini bajaradi. Jamiyat v a dav latga
bo‗lgan qarashlarda bu mutafakkirlar o‗sha dav r uchun ilg‘or
sanalgan «ijtimoiy shartnoma» nazariyasini ijodiy riv ojlantirganlar.
Jamiyat v a dav lat, ularning ta‘kidlashicha, tabiiy zaruratdan kelib
chiqqandir. Shaxs – ijtimoiy muxitning maxsuli, ya‘ni jamiyat o‗ziga
muv ofiq shaxs tipini shakllantiradi. Inson, uning xaq-xuquqlari,
manfaatlari, erki, baxti masalalari ularning diqqat markazida
bo‗lgan. «Baxtga intilish- inson xulq-atv orining tabiiy asosidir»- degan
bosh g‗oya ularning shioriga aylangan. Jamiyatning asosiy v azifasi
xammani adolatli rav ishda baxt xuquqi bilan ta‘minlashdan iborat
bo‗lmog‘i
lozim.Fransuz
materialiat-entseklopedistlari
tarixga,
jamiyatga ma‘rifatparv arlik mav qeidan turib baxo beradilar. Feodal
zulmidan, o‗rta asr qulligidan, zulmatidan, jaxolatidan aql-idrok,
maorif nurini yoyish bilan qutilish mumkin, deb xisobladilar.
XVIII asrning oxiri-XIX asr boshlarida Germaniya boshqa Garbiy
Ev ropa mamlakatlaridan iqtisodiy v a siyosiy jixatdan orqada qoldi.
Fransuz inqilobi, tabiiy-ilmiy yutuqlar mamlakatda riv ojlanish uchun
turtki beradigan yangi g‗oyalarga kuchli extiyoj tugdirdi. Nemis
klassik falsafasi ana shu extiyojga jav ob tariqasida yuzaga keldi. Bu
falsafaning yirik v akillari Immanuil Kant, Georg-Vilgelm-Fridrix Gegel
hamda Lyudv ig Feyerbax edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |