Djumanazarova mavluda abdunazarova


  1.2. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana06.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#110747
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
pedagogika fanlarini oqitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari

 


 

31 


1.2. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI 

YAKKA TARTIBDA TARBIYALASHDA VA 

YANGICHA YONDOSHUVIDA MURABBIY 

FAOLIYATI 

 Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini  yakka  tartibda  tarbiyalashda  yangicha 

yondoshuv  jarayonining  eng  asosiy  natijasi  –  har  tamonlama  va  uyg’un  kamol 

topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Tarbiya jarayoni – tarbiyaviy 

ishlar,  tadbirlarning  doimiy  harakatdagi  uzluksizlik  zanjiridan  iborat  bo’lib  reja 

asosida  tashkil  etilgan  bo’lishi  zarur.  Inson  taraqqiyoti  ko’pgina  omillar  o’zaro 

ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o’uvchi, muhit, tarbiya, insonning 

shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog’liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-

atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin. 

Ijtimoiy-pedagogik  omillar.  Oila,  maktab  va  ijtimoiy  tarbiya  nuqsonlarida 

namoyon  bo’ladi.  Bu  omil  bolani  erta  ijtimoiylashuvdan  og’ishganlikka,  bolalik 

davridayoq  maktabda  o’zlashtirmovchilik  tufayli  maktab  bilan  aloqaning  uzilishi 

(pedagogik bo’sh qo’yish) olib keladi. O’smirda maktabga bo’lgan ongli ravishda 

qiziqishning  shakllanmasligi  motiviga  sabab  bo’ladi.  Bunday  bolalar  maktabga 

yomon  tayyorlangan,  uy  vazifalariga  negativ  munosabatda  bo’luvchi,  maktab 

baholariga befarq bo’ladigan, o’quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo’ladilar. 

-O’quv  dezadaptatsiya  –  bolaning  maktabga  bo’lgan  umumiy  qiziqishini 

saqlanishida bir yoki ikki fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir. 

- maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar 

bilan  bir  qatorda  xulqiy  buzilish  holatlari  o’qituvchilar,  sinfdoshlari  bilan  janjalli 

vaziyatlar ko’rinishida o’ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo’ladi. 

-  ijtimoiy  dezadaptatsiya  –  bolaning  o’qishga  bo’lgan  qiziqishi,  maktab 

jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga 

kirib  ketish,  spirtli  ichimliklarga,  giyohvandlik  moddalariga  qiziqishining  ortishi 

bilan namoyon bo’ladi. 



 

32 


Bolaning  ijtimoiy  rivojlanishidagi  og’ishganlik  omillarga  yomon  oilalar  sabab 

bo’ladi.  SHunday  oilaviy  o’zaro  munosabatlar  usullari  mavjudki,  ular  voyaga 

yetmaganlarning assotsial xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi: 

1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli.  Bu usul 

o’zida bir tomondan, bola istaklariga ko’ra   bo’lsa, ikkinchi tomondan, bolaning 

janjalli vaziyatlarga 

yoki  oilada  ikki  xil  axloqiy  qarash  mavjudligi:  oila  uchun  boshqa,  jamiyat 

uchun umuman boshqacha bo’lgan tarbiyaviy holatlar. 

1. 

Barqaror  bo’lmagan,  janjalli  usul  noto’liq  oilalarga  tarbiyaviy  ta’sir 



etuvchi,  er-xotin  ajralishi,  ota-ona  va  bolalar  uzoq  muddat  alohida  yashashlari 

sababli yuzaga keladi. 

2. 

Munosabatlarning  assotsial  usuli  yomon  tashkil  etilgan  oilalarda, 



doimiy  spirtli  ichimliklar  ichish,  giyohvandlikka  berilish,  axloqsizlik,  ota-

onaning  jinoyatchilik  xulq-atvori,  “oilaviy  qahri  qattiqlik”  va  zo’ravonlik  kabi 

illatlarda yuzaga keladi. 

Qahrli  munosabatlar  (haqorat,  xo’rlash)  deb  bolaga  g’amxo’rlik  qiluvchi, 

qaramog’iga  olgan  odamlar  tomonidan  zarar  yetkazilishining  ko’pgina 

harakatlariga  aytiladi.  Bu  harakatlarga  bolala  jismoniy  zarar  yetkaziluvchi 

jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash, ko’p takrorlanuvchi 

noo’rin jazolar kiradi. 

Qahrli  munosabatlarga  bolalar  uyda,  oilada,  ko’chada,  maktabda,  bolalar 

mehribonlik uylarida,  kasalxona va boshqa  bolalar  muassasalarida  duch kelishlari 

mumkin. 

SHunday  holatlardagi  bolalar,  xavfsizlik  hissini  sezmaydilar.  Ularning 

me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta. 

Bu esa bolalaga uni o’zi haqida, men yomonman, hech kimga kerakmasman, 

sevimli  emasman  deb  o’ylashlariga  sabab  bo’ladi.  Qahrli  munosabatlarning  har 

qanday  turi  bola  sog’lig’iga  katta  zarar  yetkazadi.  Uning  hayoti  va  ijtimoiy 

moslashuvchanligida xavf tug’diradi. 



 

33 


3.  Ijtimoiy-iqtisodiy  omillar    ijtimoiy  tengsizlikka  sabab  bo’ladi. 

Jamiyatni  boy  va  kambag’allar,  jamiyat  uchun  eng  ahamiyatli  aholining 

kambag’allashuvi,  ishsizlik  kabi  qatlamlarga  ajratadi.  Ijtimoiy  qabul  qilingan 

halol  ish  haqqini  (qonuniy)  olish  usullarining  cheklanishi,  inflyatsiya  va 

ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi. 

4. 


Axloqiy-ma’naviy  omillar.  Hozirgi  davrning  jamiyatda  bir  tomondan 

ma’naviy  axloqiy  darajaning  pasayishi  bo’lsa,  qadriyatli,  birinch  navbatda 

axloqiy 

xulqning 

buzilishi, 

boshqa 


tomondan, 

jamiyatning 

neytral 

munosabatlarida  deviant  xulq-atvor  munosabatlarida  yuzaga  kelishiga  olib 

keladi. 

 

Tarbiyaviy  tadbirlar  –turli  xil  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarga  javob  beruvchi 



tarbiyaviy  maqsadlarning  yagona  majmuasiga  bo’ysundirilgan,  bir-biri  bilan  o’zaro 

hamkorlik  qiluvchi,  o’zida  bir  butun  ta’limni  ko’zda  tutgan  tarbiyaviy  ta’sir 

majmuidir.  Ta’lim  jarayoni  alohida  darslardan  tashkil  topgani  kabi  tarbiyaviy 

tadbirlardan  tarbiya  jarayoni  vujudga  keladi.  Tadbirlar,  tarbiyaviy  ishlar  –  tarbiya 

jarayonining bir bo’lagidir. 

Tarbiya  mavzusi  katta,  keng  qamrovli  mavzu.  Bu  mavzu  alohida  o’rganishga 

molik.  Uning  tarbiyaviy  ishlar,  tarbiyaviy  ishlarning  manbalari,  tarbiyaviy  ishlarni 

tashkil qilish uslublari, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, ularni tashkil qilishning asosiy 

qoidalari, tarbiyaviy  ishlarni tashkil etishni boshqarish, pedagogik ta’sir etish usullari 

va boshqalarni o’rganish, chuqur bilish, amalda qo’llash juda muhimdir.  

Demak  tarbiya  haqida  tushunchaga  ega  bo’lish  uchun,  avvalo  tarbiya  jarayonini 

mohiyati  va  mazmuni,  uslubiy  qonuniyatlari,  shakllari,  tarbiya  tamoyillari,  uslublari 

bilan tanishish, o’rganish lozim. 

 O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  tarbiya  va  unga  bog’liq  jarayonlarga  yangi 

hamda sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. 

Uni  izohlashda  g’ayriilmiy  sinfiy-partiyaviy  yondashuvdan  voz  kechildi.  Tarbiyaning 

milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, 

o’zbek  mutafakkirlarining  pedagogik  qarashlari  sinchkovlik  bilan  o’rganilayotir. 



 

34 


Natijada, O’zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy 

tarbiyaning  ham  o’ziga  xos  o’rni  borligi  tan  olina  boshlandi.  SHuningdek,  tarbiyada 

irsiy  va  biologik  omillar  ham  hisobga  olinadigan  bo’ldi.  Ayni  vaqtda  shaxsning 

shakllanishida tarbiyaning o’rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu 

hol  tarbiyaga  doir  hodisa  va  xolatlarni  to’g’ri  izohlash,  tarbiyaviy  tadbirlar  tizimini 

to’g’ri tayin etish imkonini berdi. 

Ayni  paytda  tarbiyaning  faol  ishtirokchilaridan  OAV  faoliyatidagi  bir 

yoqlamalikka  moyillik  sezilmoqda.  Zotan  OAVda  ko’proq  ijobiy  materiallar 

berilayotgani  yoshlarda  hayotga,  jamiyatdagi  turli  jarayonlarga  bir  yoqlama,  ko’proq 

maqtov va maqtanish hissini singdirish xavfini tug’dirayotganday. 

OAVda  vujudga  kelgan  bu  holat  Davlat  rahbari  Islom  Karimovning  “Eng  asosiy 

mezon  –  hayot  haqiqatini  aks  ettirish”,  “YUksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”, 

“Matbuot  va  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlariga”  yo’llagan  qator  tabriklari 

hamda boshqa asarlari va ma’ruzalaridagi talablariga yetarlicha javob bermayotganligi 

tarbiya jarayonida OAVdan foydalanish borasida ko’proq ehtiyotkorlikni talab qiladi. 

 Ma’naviyat  –  targ’ibot  markazi.  Milliy  g’oya  va  mafkura  ilmiy–amaliy  markazi. 

Fuqarolar  qalbi  va  ongida  milliy  tafakkur  hamda  sog’lom  dunyoqarash  asoslarini 

mustahkamlash.Ilm-fan va madaniyat fidoiylarining namunalari. Iste’dodni avaylab-

asrash.  Ahillik  –  qudratli  kuch.  Jamiyatimizdagi  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabat-larning  rivoji    haqida  maxsus  adabiyotlar  yaratish.  Darslik  va  o’quv 

qo’llanmalarini  takomillashtirish.  Ijtimoiy  fanlarning  asosiy  tadqiqot  mavzulari. 

Mafkuraviy  jarayonlarni  ilmiy  tahlil  qilish  vazifasi.  Ma’naviy-ma’rifiy  targ’ibot 

texnologiyalarini  keng  joriy  etish.  Zamonaviy  texnologiyalar.  Ommaviy  axborot 

vositalari.  Virtual  kutubxonalar,  axborot  resurs  markazlari.  Ma’naviy-ma’rifiy 

ishlarni aniq maqsadga qaratilgan holda olib borish. 

 

 



Yoshlarni milliy g’oya ruhida tarbiyalash vositalari. 

 

,,Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini rejalashtirishning  asosiy omillarin" 

1. 

Vatanga muhabbat va insonparvarlik. 



2. 

Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish. 

3. 

Ma’naviy tarbiya (axlok va odob). 




 

35 


4. 

Iqtisodiy tarbiya. 

5. 

Ekologik tarbiya. 



6. 

Go’zallik tarbiyasi. 

7. 

Jismoniy barkamollik (sog’lom avlod uchun). 



8. 

Ota-onalar bilan ishlash. 

       Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular  

kuyidagi talablarga javob berishi kerak: 

-tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular o’kuvchilarni  

mustaqillik, o’z-o’zini anglash, mustaqil  fikr yuritishga qaratilishi

-tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida  

bo’lishi; 

-tarbiyaviy tadbirlarda uzviylik qoidasiga amal qilinishi

-mavzular Talabalarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo’lishi lozim.    

Tarbiyaviy  ishlarni  to`g`ri  tashkil  qilishda  beriladigan  nazariy  bilimlarni 

yoshlar  qalbiga    etkazish,  ularni  kundalik  extiyojiga  aylantirish  uchun  o`qituvchi 

quyidagi ish usullariga e’tibor berishi lozim: 

1. 


Sinf  jamoasining  ruhiy  holati,  ya’ni  har  bir  o`quvchining  shaxsi, 

faoliyati, qiziqish darajasi. 

2. 

Sinf o`quvchilarining tarbiyalangan darajasi sinfda tartib-intizom, sinf 



mulkiga bo`lgan  munosabat. 

3. 


Sinfda  olib  boriladigan  tarbiyaviy  tadbirlarga  munosabat  (ijobiy  yoki 

salbiy). 

 Biz Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek xalqimizning dunyoda hech 

kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va 

albatta  baxtli  bo’lib  yashash  uchun  bor  kuch  va  imkoniyatlarimizni  safarbar 

etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz beqiyos 

ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat 

va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka 

tashlab  qo’yadigan  bo’lsak,  muqaddas  qadriyatlarimizga  yo’g’rilgan  va  ulardan 

oziqlangan  ma’naviyatimizdan,  tarixiy  xotiramizdan  ayrilib,  oxir  –  oqibatda 




 

36 


o’zimiz  intilgan  umumbashariy  taraqqiyot  yo’lidan  chetga  chiqib  qolishimiz 

mumkin.    

            

“Kelajak  bugundan  boshlanadi.  Hozir  tarbiya  masalasiga  e’tibor  qilinmasa, 

kelajak  boy  beriladi.  Tarbiyadan  hech  narsani  ayamaymiz!”

4

 –  deb  takidlaydi 



yurtboshimiz I.A.Karimov. 

Xulq – odob masalalarini Dante insonning naslu – nasabi bilan emas, uning 

aql idrok va farosati, tarbiyasi bilan bog’laydi. Beruniy esa shoirdan uch asr avval 

“olihimmat  odam”  (kelib  chiqishi  jihatidan)  olijanob  bo’lmasa  –  da,  avlodlari 

qadimiyligi  bilan  emas,  balki  o’zining  shaxsiy  hususiyati  va  ishlari  bilan  yuqori 

darajaga ko’tariladi deydi.

5

” 

Yurtboshimiz  Islom  Karimov  o’zining  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas 



kuch”  nomli  asarida:  “Agarki  mendan,  hozirgi  kunda  ma’naviyatimizni  asrash 

uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo’yish 

kerak,  deb  so’rasa,  men  avvalam  bor  shu  yurtda  yashayotgan  har  qaysi  inson 

o’zligini  anglashi,  qadimiy  tariximiz  va  boy  madaniyatimiz,  ulug’ 

ajdodlarimizning  merosini  chuqurroq  o’zlashtirishi,  bugungi  tez  o’zgarayotgan 

hayot  voqeligiga  ongli  qarab,  mustaqil  fikrlashi  va  diyorimizdagi  barcha 

o’zgarishlarga  dahldorlik  tuyg’usi  bilan  yashashi  zarur,  deb  javob  bergan 

bo’lardim. 

Ishonchim  komilki,  ana shunday  insoniy  fazilatlarga,  yuksak  ma’naviyatga 

ega  bo’lgan  xalq  hech  kimga  hech  qachon  qaram  bo’lmaydi,  o’zining  ezgu 

maqsadlariga albatta yetadi”

6



Ana  shu  ma’noda  mustaqil  O’zbekistonda  qabul  qilingan  «Ta’lim 

tugrisida»gi  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  qonunlari  yangi  asrning 

barkamol  avlodini  yetishtirishdek  murakkab  va  olijanob  vazifalarni  hal  qilishga 

                                                           

4

 Ислом Каримов “Юксак маънавият – енгилмас куч”. Тошкент. “Маънавият” 2008. 4 – бет. 



5

 Фозила Сулаймонова. Шарқ ва Ғарб (қадимги давр ва ўрта асрлар маданий алоқалари) Тошкент. 

“Ўзбекистон” 1997 363 – бет. 

6

 Ислом Каримов “Юксак маънавият – енгилмас куч”. Тошкент. “Маънавият” 2008. 17 – бет. 



  


 

37 


qaratilgan. Binobarin, shu ulug’  maqsadlarni amalga oshirish irodasi mustahkam, 

imoni but xalqimizning qo’lidan keladi.        

      

Sharq  ma’rifatparvarlarining  pedagogik  qarashlarida  ma’naviy  tarbiya  orqali 



huquqiy  madaniyatni  shakllantirish  tushunchasi  turli  tarixiy  davrlarda  turlicha 

talqin qilinishiga qaramasdan uning zamirida har bir voqea, hodisa va jarayonning 

jamiyat  rivojlanishiga,  insoniyat  taraqqiyotiga,  insonparvarlik  va  demokratiya 

qoidalariga  hamnafasligi  bilan  belgilangan.  Shu  ma’noda  Ahmad    al-Marvaziy, 

Imom  al-Buxoriy,      Abu  Iso  Muhammad  at-Termiziy,          bu  Nasr  Forobiy,  Abu 

Mansur  al-Moturidiy, Abu Ali ibn Sino,  Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, 

Mahmud  az-Zamaxshariy,  Burhoniddin  Marg’inoniy,  Najmiddin  Kubro,  Amir 

Temur, Bahouddin Naqshbandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Ahmad  Donish, Furqat, 

huquqiy tarbiya to’g’risidagi g’oya ilgari surilgan. 

 

Mamlakatimizning  huquqiy  davlat  qurish  jarayonida  o’tmishimizning  hali 



o’rganilmagan  sahifalarini  tadqiq  etish,  davlat  va  siyosiy  arboblarimiz  nomlarini 

xalqimizga  qaytarish,  huquqiy  qadriyatlarimizni  tiklashga  alohida  e’tibor 

berilmoqda. 

 

Xalqimiz ko’p ming yillik boy huquqiy madaniyat tarixiga ega. Ko’p asrlar 



davomida  barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda  ko’rsatib berilgan qonun 

va qoidalar asosida hal etilib, huquqiy tarbiya berib kelindi. Islom huquqshunosligi 

shakllandi.  Insonlarni  huquqiy  tarbiyalashga  xizmat  qiluvchi  hadislar  to’plamlari 

yaratildi. 

           Buyuk  islom  olimi,  faqih  Burxoniddin  al-Marg’inoniy  Qur’oni  Karim  va 

Hadis  ilmini  mukammal  egallab,  fiqh-  islom  huquqshunosligi  borasida  chuqur 

ilmga  ega bo’lgan va  huquqiy    tarbiya    sohasida beqiyos durdonalar  yaratgan.  U 

Marg’ilonda,  keyinchalik  Samarqandda  yashaydi.  Butun  islom  olamida  mashhur 

bo’lgan  «Al-  hidoya»  asarini  573  yili  (1170  yil  milodiy)  yozadi.    Asar  ko’plab 

Ovrupa xalqlari tillariga ham tarjima qilinib, ko’plab mamlakatlarning huquq ilmi 

rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.  

      


 Ma’lumki,    Kadrlar  tayyorlash    milliy  modelini  amalga  oshirish  milliy  va 

ijtimoiy  qadriyatlarni      uyg’unlashtirishga    yo’naltirilgan    fuqarolik  jamiyati 




 

38 


asoslarini  shakllantirishda  katta  hissa  bo’lib  hisoblanadi.  Fuqarolik  jamiyati,  eng 

avvalo,  shaxsning    jamiyatga  nisbatan  huquqi,  erkinligi  va  majburiyatlarining 

muvozanati  va  o’zaro  munosabatiga  asoslanadi.  Har  bir  inson  asosli  huquq  va 

erkinlikka  ega,  davlat  ularni  himoya  qilish  kafolatini  oladi.  Fuqoralik  jamiyatida 

inson  o’z  maqsadlarini  amalga  oshirishda  erkin,  ammo  u  xuddi  o’zi  kabi  boshqa 

odamlarning  erkinliklarini  ham  hurmat  qilishi  kerak.  Ayni  paytda  har  bir  fuqaro 

qonunga  rioya  etishi,  o’zining  yurish-  turishlarini  shunday  tashkil  etish  kerakki, 

toki jamiyatning xuddi o’zi kabi boshqa a’zolari erkinliklariga tusiq bo’lmasin.  Bu 

rivojlangan huquqiy madaniyatni taqozo etadi.  

      Tarbiyaviy    ishlarning      samaradorligini      oshirish    avvalo    komil      insonni   

shakllantirishning  eng  zamonaviy  va  qulay yo’nalishlarini   topib  joriy  etishga  

bog’liq.    Pedagogika  fanlarini  o’qitishda  qomusiy  olimlar  ilmiy  merosidan 

foydalanishning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni juda katta. Bunning 

uchun tarbiyaviy ishlar konsepsiya   ham  xuddi  shu  maqsadda,  shaxs  kamolati 

bosqichlarini belgilab   olishga  yo’naltirilgan. 

        Tarbiyaviy ishlarni  davr talabiga  javob    beradigan  holga keltirish  uchun   

tarbiyaning   asosi  bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan   ko’rib  chiqilishi,   asosiy 

e’tibor  bola shaxsiga  qaratilishi, yillar davomida  to’plangan  ijobiy  tajribadan 

unumli foydalanish  zarurligini  taqoza etadi.taarbiyada bola shaxsini hurmat qilish 

va  unga  talabchanlik  bilan  olib  borish  davr  talabi    hozirgi    paytda,  fan    va 

madaniyatning  eng  so’nggi  yutuqlari  asosida  kelajagimiz  bo’lgan yosh  avlodni 

hayotga  tayyorlashning    samarali    shakl  va  usullarini  izlab    topish    nihoyatda   

zarurdir.o’lib unda o’qituvchining pedagogik mahorati katta rol o’ynaydi. Har bir  

tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi,  

      Odobliligi uning muomilasida namoyon bo’ladi. Xalqimizda shunday naql bor 

“Bola shirin so’zning gadoyi”, bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida tilga juda   

ehtiyotkor bo’lishi kerak. Tili shirin, xushmuomila o’qituvchi eng obro’lidir. 

     Husayn  Voiz    Koshifiy  shunday  degan  edilar:  “Haq  vaqtini  so’zlar  fytursizlar 

yaxshi so’zdin bo’lakni aytmangizlar va ko’p so’zlamak ko’ngilni qaro qilur” yoki 

“Mumkin  ersa  yaxshi  so’z  qil  oshkor,  yaxshi  so’zdin  xo’b  yo’qdir 




 

39 


yodgor”;”Nasihatin  shirin  so’zu  muloyimlik  birla  ibtido  qilg’ay,  chunki  bu 

zamonda yumshoqlik va xushro’lik ko’rgazmayin nasihat korga kelmas”. 

1

 

Pedagog  olim Suxomlinskiy muomila mahoratini kuchi va uning yashirin sirlarini 



“Bolalarga fido”  asarida shunday bayon etgan edi:” Yuksak tuyg’u madaniyatiga 

ega  bo’lgan  o’qituvchi  bolaning  kayfiyati  noxushligini  darhol  fahmlaydi.Bu  eng 

avvalo uning ko’zidan bilinadi.... U bola ko’nglidagini tashvishni sezganligini, 

qanday  yo’l  bilandur  ma’lum  qilish  yo’lini  topadi...  Keyin  bolani  tanho  topib, 

surushtirishi ham mumkin. 

.... Bolaning ahvolini tushunish , unga hamdard bo’lish madad berish kerak. 

   Ko’pincha  hamdardlik,  rahmdillik  chin  ko’ngildan  gaplashish  bolaning  diliga 

xush keladigan eng yaqin yordam bo’ladi. Beparvolik,loqaydlik esa bolaning dilini 

larzaga soladi!”

1

 



Tarbiya jarayonida  bolani aldash mumkin emas, bolalarga 

  topshiriq   berib:

 

 ”Bilib  qo’yinglar,topshirilgan  vazifani,  albatta,    tekshirib,      bahoni 



qo’yaman”-deb ogohlantiradi.Lekin bolalarning  topshirigini   bajargan  va   aslo 

tekshirmaydi. Bolalar tartibni  salgina  buzsalar,u  ko’p  do’q-po’pisa  qilib, ularga  

qarshi   turli    ko’rajagini  aytadi-yu,ammo  amalda hech  qanday    chora   kurmaydi. 

U,biror  qiziq  tadbir o’tkazishni bolalarga  va’da  qiladi-yu, sal  orada  va’dasini 

esdan chiqarib qo’yadi,  bolalarda  bunday  tarbiyachiga  izzat  va  hurmat paydo 

bo’lmaydi.    Har  bir  pedagogning  so’zi  bilan  ishi  bir  xil  bo’lishi  kerak.  U      o’z  

ishida  va so’zida izchil bulmog’i lozim. Har bir tarbiyachi  uchun bu narsa qonun 

sifatida tan olinishi shart. 

Bolalarga   birdaniga juda  ko’p  talab va qoidalarni taqdim qilish    mumkin  emas; 

bolalarni  xulq  va  yurish-turish  ko’nikmalariga      o’rgatgan      vaqitda    ham    xuddi  

o’quv predmetlari mazmuniga  kiradigan  ko’nikmalarni  o’rgatishdagi tadrijiylik 

va tizimlilikka  rioya  qilish  kerak.  Shunday  qilinsa,bolalar xulqiy  ko’nikmalarni  

puxta,  mustahkam o’zlashtiradilar. 

                                                           

1

 R.Mahmudov.Deganimni ulusqa mag’rub et... T.1992 y.43-bet



1

 V.A.Suxomlinskiy. Tarbiya to’g’risida.Toshkent.”O’qituvchi”,1975yil, 24-bet. 




 

40 


         Vatanimizning kelajagi bo’lgan yoshlar milliy qadriyatimiz ruhida qanchalik 

tarbiya  topsalar,  xalqimiz  kelajagi  ham  shuncha  porloq  bo’ladi.  Biz 

murabbiylarning  asosiy  vazifamiz  o’sib  kelayotgan  avlodni  ma’naviy  yetuk, 

mustaqqil, erkin fikrlovchi shaxs qilib tarbiyalash  masalasi kun tartibimizdagi eng 

dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmokda.  

SHuni  qayd  etish  lozimki,  hozirgi  kun  talaba-o’quvchilari  juda  ziyrak, 

izlanuvchan, harakatchan, yangi fikrlarga ochiq yoshlar. SHu sababdan ham aynan 

ular diqqat markazimizda. Har bir talaba-o’quvchi o’zgacha, noyob shaxs, shuning 

uchun ularga alohida e’tibor darkor. Murabbiyning  asosiy vazifalaridan biri erkin 

psixologik  muhit  yaratib,  talaba-o’quvchilarga  ma’suliyat  berish  -  xozirgi  kun 

talabidir.  Ko’prok  interfaol,  innovatsion  tarbiya  texnologiyalardan  foydalanib, 

ya’ni  xar  bir  talaba-o’quvchining  shaxsiy  ishtirokini  ta’minlash,  eksperement 

orkali, ya’ni o’zi bajarib tushunishiga intilish – muvaffakiyat garovidir («Eshitib – 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish