Barkamol avlod tarbiyasidagi uzluksizlik
muxit
Ona qornida
Oilada
Maktabgacha
ta’limda
Boshlang’ich
ta’limda
O’rta maktabda
O’MKHTda
Oliy ta’limda
Oliy o’quv yurtidan keyingi
faoliyatda
14
Milliy istiqlol g’oyalarining yoshlar qalbi va ongiga singdirishda
umuminsoniy tamoyillar ham milliy qadriyatlar va tamoyillar kabi muhim o’rin
egallaydi. Umuminsoniy tamoyillardan birin-vijdon erkinligi masalasi tashkil
qiladi. Yoshlarni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashda milliy tarbiya
modulini yaratish, yoshlarda ma’naviy kamolotni shakllantirish hamda inson
manfaatlarining xalq, millat, davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg’unligini
ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov
yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda “Ma’lumki insoning eng ustivor va
muqaddas huquqlaridan biri-bu tinch yashash huquqidir.Davlat va jamiyatning
burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan
iborat”
3
deb ta’kidlashi insonning ma’naviyatli bo’lishi uchun,ta’lim jarayonida
turli yondoshuvlar asosida tashkil etish vazifasini qo’yadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan 2010 yml “Barkamol avlod yili deb
e’lon qilinishi bugungi kunda yoshlarga bo’lgan e’tiborni kuchayganligidir.SHu
maqsadda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash
bo’yicha barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida reja ishlab chiqildi. Rejaga asosan
yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda shart-sharoitlari yaratish
masalalari ham rejada ko’rsatilgan. Masalan:
1. “ Bolalarni bo’sh vaqtida ommaviy-madaniy tadbirlar, to’garaklarga jalb etish
uchun barcha sharoitlarni yaratish
2. Maktabdan tashqari sport ta’limi muassasalarining huquqiy maqomini, ushbu
muassasalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, ular
faoliyatini moliyalashtirish manbalarini belgilash;
3. Tibbiy madaniyat masalalarida yoshlarning savodxonligini o’stirish va
mas’uliyatini oshirish.
4. Yoshlar salomatligini ta’minlash maqsadida sihatgoh va tibbiyot maskanlariga
imtiyozli yo’llanmalar ajratilishini yo’lga qo’yish;
5. Qishki va yozgi ta’til davrida talaba-o’quvchilarning sog’lomlashtirish
maskanlarida dam olishlarini keng qamrovli tashkil etish
3
Karimov I.A. “Yuksak ma`naviyat- engilmas kuch” ._T. “Ma`naviyat” 2008, 73-b
15
6. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy o’quv va laboratoriya
uskunalari bilan jihozlash, ta’lim jarayoni sifatini oshirish, talabalarning o’qish
va yashash sharoitlarini yaxshilash.
7. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tarbiyalash va rag’batlantirish.
8. Yoshlar orasida sportni ommalashtirish.
9. Uzluksiz ta’lim tizimida o’quvchilar va talaba yoshlarda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun majburiy zarur eng kam ko’nikma va malakalarni
shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
10. Yosh olimlarni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish, ularning ushbu
yo’nalishdagi faoliyatini rag’batlantirish.
11. Bolalar va yoshlarda ijodkorlik iste’dodi va qobiliyatini aniqlash uchun shart-
sharoitlar yaratish.
12. San’at, madaniyat va jurnalistikaning turli yo’nalishlari bo’yicha iste’dodli
bolalar va yoshlarni taqdirlash va rag’batlantirish.
13. Yoshlar o’rtasida oilaviy qadriyatlarni targ’ib qilish bo’yicha quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish:
14. Yoshlarda sog’lom turmush tarziga, sog’lom oila qaror toptirishga, OIV
infeksiyasini oldini olishga, tamaki chekish, alkogolli ichimliklar ichish,
giyohvandlik va axloqsizlikdan voz kechishga intilishni shakllantirish.
15. Bolalarning tarbiyalashga va ma’naviy boy yosh avlodni shakllantirishga
ko’maklashish.
16. Uchrashuvlar,
davra
suhbatlari,
suhbatlar,
munozaralar,
viktorinalar,
tushuntirish tadbirlari o’tkazish jadvali.
17. O’sib kelayotgan ma’naviy boy avlodni tarbiyalash.
18. Sog’lom turmush tarzi, yoshlarni giyohvandlikdan, axloqsizlikdan, chetdan
ko’rsatiladigan zararli ta’sirlardan himoya qilish bo’yicha ilmiy-amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish
19. Yoshlarda yoshi ulug’larga, Vatanimiz tarixiga, milliy an’analarga hurmat va
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni shakllantirish.
16
20. Aholi keng qatlamlarini yoshlar tashkilotlarining va yoshlarning har
tomonlama kamolga yetgan yosh avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar
yaratish ishlariga qo’shgan hissasidan xabardor qilish, shuningdek ushbu
sohadagi ijobiy tajribani Davlat dasturida qo’yilgan vazifalarni amalga
oshirishning aniq misollarini ko’rgazmali va qulay tarzda namoyish etish yo’li
bilan tarqatish va ommalashtirish.
21. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sharoitlar yaratish
22. Ta’lim olayotgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj talaba-yoshlarni qo’llab-
quvvatlash”
1
Ma’naviyat insonning ulg’ayishi va kuch-qudrat manbai ekan, uning ma’naviy
tiklanish hamda yuksalishida, albatta, ta’sirchan pedagogik mexanizmlarni topish
zaruriyati vujudga keladi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy
siyosatida milliy o’zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni
o’zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o’rtasida uyg’unlikni vujudga keltirish,
ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o’sib o’tishining qondirilishi har
jihatdan talabalar qobiliyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlarini, o’ziga xos
individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek rivojlantirishni
talab etadi. Yosh avlodning shaxs va sub’ekt sifatida shakllanishi ko’p jihatdan
ularning ma’naviy qiyofasini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga borib
taqaladi. Shu jihatdan olganda, hurmatli Prezidentimiz Islom Karimovning:
«Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvalo, insonni ruhiy poklanish va
yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon -
irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuchni
tasavvur qilaman
2
»,- deyishida chuqur nazariy va ilmiy ma’no bor. Shunday ekan,
bugungi kunda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni komil
inson qilib tarbiyalash- pedagogikaning eng dolzarb muammolari qatoridagi
masalalardan biri bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |