Djumanazarova mavluda abdunazarova



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana06.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#110747
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
pedagogika fanlarini oqitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari

1

  

«БАРКАМОЛ АВЛОД  ЙИЛИ» давлат дастури  ижроси бўйича  тармоқ  дастури, Вазирлик 

Ҳайъатининг  2010 йил 9 февралдаги мажлиси  2/2-сонли қарори. Т – 2010  

 

 

2



 Karimov I.A. O`zbekiston ma’naviy islohotlar yo`lida. -Тoshkent: O`zbekiston, 1998.-B.43. 


 

17 


 

Har  bir  mamlakatdagi  mavjud  vijdon  erkinligi  fuqarolarning,  xususan 

yoshlarning ruhiy va ma’naviy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga ma’lum 

darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun BMTning nizomidan tartib, barcha 

halqaro xujjat va shartnomalarda har bir mamlakatning o’ziga xos Konstitutsiya va 

qonunlarida bu masala o’z  aksini topgan. 

 

Jahonning  qaysi  bir  mamlakatini  olib  qaramaydik,  ularning  har  birida  turli 



dunyo qarash, e’tiqodlarga ega bo’lgan kishilar yashashadi. Jumladan, O’zbekiston 

yoshlari  o’rtasida  ham  islom,  nasroniylik,  iudaviylik,  buddaviylik  diniga  e’tiqod 

qiluvchilar mavjud. 

 

Ularning har biri o’zining ichki dunyosi, e’tiqodiga ega bo’lar ekan, boshqa 



xil e’tiqodga ega bo’lgan kishi bilan ham barga yashashga, mehnat qilishga ta’lim 

olishga,  xizmat  qilishga,  qisqasi  faoliyat  ko’rsatishga  to’g’ri  keladi.  Bu  holat 

ko’ngilsiz qarama-qarshilik, to’qnashuv, naroziliklarga olib kelmasligi zarur. 

 

Vijdon  erkinligi  dindorlarni  majburan  dindan  qaytarishni  ham,  dinga 



ishonmaydiganlarni majburan dindor qilishni ham, mamlakat aholisining, xususan, 

yoshlarni  dindorlarga  yoki  dahriylarga  aylantirishni  ham  o’z  ichiga  olmaydi. 

Ayniqsa, mamlakatdagi barcha dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga 

e’tiqod qiluvchilarni teng huquqli, hech kim hech qanday imtiyozga ega emas, deb 

biladi. Biror din boshqasidan ustun qo’yilmaydi. 

 

O’zbekiston  1991  yil  mustaqillikka  erishganidan  keyin  yangicha  tafakkur, 



oshkoralik,yangilanish  sohasida  sodir  bo’lgan  jarayonlar,  tabiiy  vijdon  erkinligi, 

davlat  va  din,dindorlar  va  dahriylar  o’rtasidagi  munosabatlarni  ham  o’z  ia’siriga 

qamrab oldi. 

 

Hozirgi vaqtda bu sohada butunlay boshqacha yangicha qarash odamlarning 



farovon  yashash  sharoitiga  zamin  yaratish,  milliy  istiqlol  g’oyasining  bosh 

maqsadi  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayotni  barpo  etish  nuqtai 

nazaridan ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, mamlakatimiz ko’p dinli yurtdir. 

O’zbekistonda  shu  kecha-kunduzda  17  ta  diniy  konfessiya  uyushmalari  faoliyat 

yuritmoqda.  Ularning  bu  qismi  yurtimiz  uchun  an’anaviy  emasdir.  Demak, 



 

18 


yurtimizda  bu  sohada  bo’ladigan  o’zgarishlar,  tadbirlar  turli  din    ahllari  ehtiyoji 

uchun javob beradigan diniy bag’rikenglik asosida olib borilishi lozim. 

 

Mamlakatimizda  vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to’g’risidagi 



masalaning huquqiy, qonuniy asoslarini maxsus qonun himoya qiladi. 1991 yil 14 

iyunda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  «Vijdon  erkinligi  va  diniy 

tashkilotlar  to’g’risida»gi  qonunni  qabul  qilgan  edi.  Lekin  bu  qonun  mustaqillik 

yillarida sodir bo’lgan o’zgarishlarga javob beraolmay qoldi. Shundan keyin 1998 

yil  1  mayda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Yangi  tahrirdagi  «Vijdon 

erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Yangi qonunni qabul qildi. 

 

Ushbu  qonunning  huquqiy,  qonuniy  asoslarini  1992  yil  8  dekabrda  qabul 



qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  himoya  qiladi.  Ushbu 

Konstitutsiyaning  31-moddasida  «Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi. 

Har  bir  inson  xohlagan  diniga  e’tiqod  qilishi  yoki  hech  qaysi  dinga  e’tiqod 

qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy  Qarashlarni  majburan  singdirishga  yo’l 

qo’yilmaydi»,  deyilgan.  Shuni  alohida  ta’kidlashimiz  zarurki,  dndor  bo’lish  yoki 

bo’lmaslik har bir insonning shaxsiy ishidir. 

 

Mamlakatimiz  fuqarolari  dinga  bo’lgan    munosabatlaridan  qat’i  nazar, 



O’zbekiston  qonunlari  oldida  teng  huquqlidirlar.  Ularning  huquqlarini  cheklab 

qo’yish  yoki  imtiyozlar  berish  oqibat  natijada  ular  o’rtasida  nifoq  va  nafrat 

o’yg’otish,  fuqarolarning  tuyg’ularini  haqoratlash  kabi  harakatlar  qonun  asosida 

qoralanadi, aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. 

 

Din, diniy  tashkilotlarning  davlatdan  ajratilganligi        shundaki, davlat  diniy 



ishlarga  aralashmaydi.  O’z  o’rnida  din  va  diniy  tashkilotlar  ham  davlat  ishlariga 

aralashmasligi  lozim.  Ammo  diniy  tashkilotlar  jamoat  ishlarida  qatnashish 

huquqiga egadirlar. 

 

O’zbekiston fuqarolari dinga bo’lgan munosabatlari qanday bo’lishidan qat’i 



nazar,  ta’limning  mavjud  barcha  turlarini  egallashlari  mumkin.  Xohlagan  kishi 

diniy  ta’lim  olishi  ham  mumkin. Shu  maqsada  Toshkent shahrida  Ismoil  Buxoriy 

nomli  islom  instituti  (ma’hadi),  Buxorodagi  Mir  arab  madrasasi,  Toshkentdagi 

islom universitet iva boshqalar ishlab turibdi. 




 

19 


 

Diniy tashkilotlar amaldagi qonun xujjatlari talablariga rioya etishlari  shart. 

Din davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, 

millatlararo adovat o’yg’otish; axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, 

buhton,  vaziyatni  beqarorlashtiruvchi  uydirmalarni  tarqatishda,  aholi  o’rtasida 

vahima  chiqarishda  hamda  davlatga,  jamiyat  va  shaxsga  qarshi  qaratilgan  boshqa 

hatti-harakatlarda  foydalanishga  yo’l  qo’yilmaydi.  Terrorizm  narkobiznes  va 

uyushgan  jinoyatchilikka  ko’maklashadigan,  shuningdek  boshqa  g’arazli 

maqsadlarni  ko’zlovchi  diniy  tashkilotlar  oqimlar,  sektalar  va  boshqalarning 

faoliyati mann etiladi. 

 

Xullas,  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  vijdon  erkinligi 



haqidagi  qonuni  dindorlar  va  dahriylar  o’rtasidagi  munosabatni,  XX  asr  oxirida 

shakllangan  yangicha  tafakkur    darajasiga  ko’tarilgan,  ularning  aholligi,  bir 

yurtning farzandlari sifatida Ushbu O’zbekiston deb atalmish yurtning rivojlanishi 

uchun  butun  kuch,  bilim,  tajribalarini  hayotga  tadbiq  etish  imkoniyatlarini 

yaratgan. Tabiiy, bu Buyuk O’zbekistonni barpo etishga xizmat qiladi.  

Markaziy  Osiyo  azal-azaldan  ilm-fan  va  ma’naviyat-ma’rifatning  qadimiy 

markazlaridan  biri  bo’lib,  bu  o’lka  mutafakkirlari  jahon  ilm-fani,  madaniyatini 

rivojlanishida  o’zlarining  boy  ijodiy  meroslari  bilan  taraqqiyotimizga  o’z 

ta’sirlarini ko’rsatib kelmoqda. 

 

O’zbek  xalqi  ham  juda  qadimiy-ma’naviy  va  iqtisodiy  merosga  ega.  Bu 



o’lmas tarixiy meros bilan har qancha faxrlanishga haqlimiz. 

 

Markaziy  Osiyo  xalqlarining  ijtimoiy  iqtisodiy  bilimlarini  egallashlarida 



islom  dinining  tarqalishi,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  g’oyalari  ijobiy  ahamiyat  kasb 

etadi. Ma’lumki, islom dinida ham iqtisodiy, ham ma’naviy g’oyalar ilgari surilib, 

bu g’oyalar  musulmonlarning  muqaddas kitobi  “Qur’oni  Karim”  da  o’z  ifodasini 

topgan.  Ollohning  kalomi  bo’lgan  bu  muqaddas  kitobda  savdoning  halolligi, 

mulkning dahlsizligi e’tirof etilgan. 

 

Muqaddas  Qur’oni  Karimning  Yunus  surasi  beshinchi  oyatida  shunday 



jumla bor: “U (Alloh) Quyoshni hamda (vaqtlarning) hisobini bilishlarimiz uchun 

uni  (ya’ni,  oyni  bir  qancha)  manzil-burjlarga  bo’lib  qo’ygan  zotdir.  Hech  shak-




 

20 


shubhasiz,  Olloh  bu    (borliqni)  haq  (qonun  va  maqsad)  bilan  yaratdi”.  Demak, 

borliq  zaminu  osmon  insonlarniki,  ular  uchun  yaratilgan,  undan  foydalanish  va 

e’zozlash bashariyat zimmasiga yuklatilganligi e’tirof etiladi. 

 

Qur’onu  Karimda  “Bandalarim  yenglar,  ichinglar,  isrof  qilmanglar”, 



iste’mol me’yoridan (qorni to’ygandan keyin) ortgandan keyin ham iste’mol qilish 

(ortiqcha yeb ichish) makruhdir, deb farz qilingan. 

 

Bu islomiy g’oya ostida juda katta mazmun bor. Bunda iste’mol me’yori va 



madaniyatini    bilmaslik  qoshoqlik  va  tenglikni  olib  kelishi  mumkinligini 

ta’kidlagan. 

 

Atoqli  mutafakkir,  qomusiy  bilimlar  sohibi  bo’lgan  Ahmad  Donish 



jamiyatning asosiy bo’g’ini – oila va oilaviy munosabatlar haqida alohida to’xtalib 

o’tgan.  Oilani  iqtisodiy  jihatdan  ta’minlash,    amalda  iqtisod  odobiga  rioya  etib, 

oilani  boshqarish  haqida  to’xtalib,  SHarqda  oilaning  yetakchisi  erkak  deb,  unga 

quyidagi shartlarni qo’yadi: 

 

Birinchi shart: “erkin kishida doimiy daromad bo’lishi kerak”; 



 

Ikkinchi  shart:  “erkak  kishida  keraklik  uy-ro’zg’or  asboblari  va  o’zini 

yashashi uchun doimiy joyi bo’lishi kerak”; 

 

Uchinchi  shart:  “har  bir  erkak  o’ziga  yarasha,  o’ziga  mos  xotinni  tanlashi 



kerak” (“Navodir – ul vaqoye’”) 

 

Mutafakkirning  bu  fikrlari  bugungi  kunda  ham  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga 



ega bo’lib, oilaning mustahkamligini ta’minlashda asosiy qarashlardan biridir. 

 

Sharqning  yana  bir  allomasi  Yusuf  Xos  Xojib  aytadiki  “Xizmat  ahli  o’z 



mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodimning ko’ngli sinadi”. 

“...xizmatiga loyiq taqdir ko’rgan xodimning boshi ko’kka yetadi”. U yana yozadi: 

“Xodim  boyisa,  davlat,  el  boshlig’i  boyiydi,  el  boshlig’ining  kuchi  (davlatning 

kuchi) xalq bilan. Shuning uchun... xalq to’q bo’lsin”. 

 

Inson  mehnatini  to’g’ri  taqdirlash  masalasi  maqsimot  munosabatlarining 



bosh  masalasi,  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishning    eng  birinchi  va  ustvor 

vositasi  hisoblanadi.  Inson  mehnatining  to’g’ri  va    adolatli  taqdirlanishini  yo’lga 

qo’yishi aslida iqtisodiyotga juda katta foyda keltiradi. 



 

21 


 

Yusuf  Xos  Xojibning  manfaat  (shaxsiy  manfaat)  masalasiga  doir  g’oyasi 

ayniqsa  ahamiyatlidir.  “Aslida  butun  qimirlagan  jon  nafni  o’ylab  harakatlanadi” 

deb  yozadi.  Bu  fikr  “har  qanday  harakat  zamirida  manfaat  yotadi”  yoki 

tadbirkorlikning  asosiy  maqsadi  ko’proq  daromad  olish  degan  fikrda  ham  o’z 

ifodasini topadi. Ulug’ bobokalonimiz Bahovuddin Naqshband bu fikrni “qo’lingiz 

ishda bo’lsin, qalbingiz ollohda bo’lsin” degan g’oya bilan rivojlantirdi. 

 

Xalqimizning  ma’naviy  merosida,  ulug’  shoirimiz,  faxr-iftixorimiz, 



ma’naviy dahomiz Alisher Navoiyning o’rni beqiyosdir. Alisher Navoiy o’zining 

butun  ongli  faoliyatini  umuminsoniy  maqsadlarga  qaratadi.  U  asarlarida  taqsimot 

munosabatlariga,  ularning  adolatli  tashkil  etilishiga  e’tibor  qaratadi,  xizmatga 

yarasha  taqdirlash  masalasi  doimo  diqqat  markazida  turadi.  U  yasavul  misolida 

shunday deydi: “ agar u xizmatiga yarasha haq olish hayolida bo’lsa, u ota merosi 

va ona suti kabi haloldir”. (“Maxbub-ul qulub” T. 1983 y.). 

 

Ma’lumki,  Alisher  Navoiy  yashab  ijod    qilgan  davrda  asosiy  ishlab 



chiqaruvchi  kuch  dehqonlar  bo’lgan.  Alisher  Navoiy,  o’z  zohosi  bilan 

dehqonlarning  moddiy  ne’matlar  yaratuvchi  asosiy  kuch  ekanligini,  jamiyatning 

iqtisodiy-ijtimoiy  taqdiri  ularga  bog’liqligini  ko’ra  bildi.U  yozadiki,  “olamning 

obodonligi  dehqondan,  mehnat  ahli  shodon,  ular  shodon”.  “Dehqon  qanday  ekin 

ekishga qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat yetkazir ham barakat” ( o’sha asar, 36-

bet).  Bu  bilan  Alisher  Navoiy  oddiy  yaratuvchi  odamlarni  samimiyat,  chuqur 

hurmat  va  ehtirom  bilan  sharaflaydi.  Buyuk  mutafakkirning  dehqonlar  haqidagi 

iqtisodiy  g’oyalari  bugungi  kunimizning  ham  ustuvor  yo’nalishlari  bo’lib 

qolmoqda.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  “Dehqon  to’q  bo’lsa,  yurt  to’q  bo’ladi”, 

degan suzlari buyuk shoirimiz iqtisodiy g’oyalariga hamohangdir. 

O’zbekiston  o’z  istiqloliga  erishgandan  so’ng  jamiyat  ma’naviy  hayotini 

sog’lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e’tibor berish mamlakatimiz 

oldida  turgan  eng  asosiy  vazifalardan  biri  sifatida  kun  tartibiga  qo’yilishi  ham 

mazmunan  ko’p  asrlik  saboqlarga,  jamiyat  oldida  turgan  yangi  vazifalarni  hal 

etishda oqilona yondoshishning ko’rinishidir.  



 

22 


Boy madaniy merosimizni chuqur o’rganish, milliy qadriyatlarimizni yanada 

rivojlantirish  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarimizda  benihoyat  katta  ahamiyatga  ega. 

YUrtboshimiz  Islom  Karimov  ta’qidlaganlaridek,  o’z  taraqqiyot  va  islohot 

yo’limizdan  tezkorlik  bilan  ilgari  siljishga  kuchli  ruhiy  quvvat  beradigan  milliy 

madaniyatimiz,  sharq  falsafasining  xayotbaxsh  va  teran  buloqlaridan  bahramand 

bo’lish muhimdir. 

Sharq falsafiy-diniy tafakkuri tarixida aloxida mavqega ega bo’lgan tasavvuf 

ta’limotida  komil  inson  g’oyasi  markaziy  o’rinni  egallaydi.  Zerokim,  tasavvuf 

ta’limoti  o’zining  insonparvarlik  va  axloqiy  g’oyalarini  yaratishda  Qur’on  va 

SHariatdagi  g’oyalardan  baxra  olgan.  Qur’oni  Karimda  ta’qidlaganidek,  Olloh 

taollo  yer  yuzidagi  barcha  mavjudotni  va  undagi  hayot  kechirishga  qulay  iqlimni 

yaratganing xalifasi bo’lguvchi inson uchun yaratgandir. 

Komil  inson  g’oyasi  azal-azaldan  xalqimizning  ezgu  orzusi,  millat 

ma’naviyatining uzviy bir qismi bo’lib kelgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi 

“Avesto”da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil 

inson  g’oyasi  islom  falsafasidan  oziqlanib,  yanada  kengroq  ma’no-mazmun  kasb 

etgan.  Ibn  Sino,  Beruniy,  Farobiy,  Navoiy  kabi  mutafakkirlarning  komil  insonni 

tarbiyalash  haqidagi  fikrlari  jamiyat  taraqqiyotiga  yangi  ma’naviy  imkoniyatlar 

izlash maqsadlari bilan bog’langan.  

Tasavvuf Sharq xalqlarining ma’naviy hayoti tarixida munosib iz qoldirgan 

diniy-falsafiy  okimlardan  biridir  X  asrdan  ortiq  taraqqiyoti  davomida  tarixiy 

davrlarning  ijtimoiy,  madaniy-g’oyaviy  va  axloqiy  talablariga  mos  xolda  turli 

shakl va yo’nalishlarda rivojlanib keladi.  

Ma’lumki  Mavorounnahr  hududida  va  qadimiy  Turkistonda  tasavvufning 

Yassaviylik,  Naqshbandiylik  kabi  tariqatlari  shakllangan  va  rivoj  topgan.  Aholi 

zich  joylashgan,  hunarmandchilik  yoki  dehqonchilik  bilan  tirikchilik  qilinadigan 

hududlarda  darvishlar  xalq  xayr-ehsonlari  hisobidan  yashab  turganligi  uchun 

yassaviylikning  barcha  talabarini,  jumladan,  qanoat  va  zuhd  bilan  cheklanishini 

bajarishning  imkoni  bo’lmagan.  Natijada  YAssaviylik  asosan  Turon  zaminining 

turkiy  kuchmanchi  chorvadorlar  orasida  vujudga  kelgan  va  tarqalgan.  Abduxoliq 




 

23 


G’ijduvoniy 

va 


Baxouddin 

Naqshbandlarning 

kishilarni 

mehnatga, 

hunarmandchilik  bilan  shug’ulanishga  da’vat  etuvchi  ta’limotlari  esa  ko’proq 

shaharlar va ular atroflarida tarqaldi.  

Tasavvuf  ta’limoti  o`z  tarafdorlariga  halol  rizq,  adolat,  insof,  

ma’naviy  va  jismoniy  poklik,  sabr  va  qanoat  kabi  insoniy  fazilatlarni  

rivojlantirib, 

yetuk 


insoniylik- 

komil 


inson 

darajasiga 

yetishishni  

tarbiyalagan.  U  el  orasida  yoyilib,  haq  va  haqiqatga  tashna  kishilarning  

yuragini  band  etganiga  sababchi  bo`lib  xattokim  xalq  orasida  rasmiy  

islomdan ham makbulrok va yakinrok axamiyat kasb etgan.  

Ahmad  Yassaviy  o’z  ta’limotida  komillikka  eltuvchi  maqomlarni  shunday 

keltiradi:  “Va  un  maqom  tariqatda  turur:  taslim  turur,  ya’ni  agar  balo va  mehnat 

boshiga  kelsa  o’zini  taslimga  bajonudil  solg’ay.  Yana  ichmakdin  va  yemakdin, 

kiymakdin  xalqdin  tilamasun  va  gilam  porasini  atlasdan  ziyoda  qursun,  kunduzi 

ro’za, kecha nomozda bo’lsun va tilovati Qur’on birla bo’lsun” Yassaviylik tariqati 

o’sha davrda xalqni ezayotgan  zolimlarning yovuzliklarini fosh etish, jamiyatdagi 

adolatsizlik,  haqsizlikni  qoralaydi,  to’g’rilik,  sofdillik,  odillik,  insof  va  diyonat, 

poklik va ezgulikni himoya qiladi. 

Hoja  Ahmad  Yassaviy  o’z  ta’limotining  falsafiy  ildizlari  to’g’ridan-to’g’ri 

Qur’on  g’oyalariga  borib  taqalishini,  hikmatlari  mag’zi  Qur’onning  mazmunini 

tashkil etishini, ular Xudoning so’zlaridan kelib chiqib bitilganini alohida ko’rsatib 

o’tadi: Mani hikmatlarim-farmoni subhon, O’qib olsang, hamma ma’niyi Qur’on. 

Xudoyim  so’zidan  chikkay  bu  hikmat  Eshitganga  yog’ar  boroni  rahmat”deb 

aloxida  ta’kidlaydi.  Ushbu  aqidaga  asoslangan  Hoja  Ahmad  Yassaviy  tariqat 

bosqichlarida  qanchalik  yuksalmasin,  komil  inson  darajasiga  erishmasin,  o’zini 

shunchalik hokisor tutardi va bu hislatlar uning butun ta’limotiga ham singdirilgan. 

Hoja  Ahmad  Yassaviyning  islom  diniga  sadoqatni,  uning  insonparvarlik 

g’oyalarini  keng  xalq  orasida  faol  targ’ib  etilganligi  sababli  ham  “Madinada 

Muhammad, Turkistonda Hoja Ahmad” degan naql xalq orasida yoyilib, mashhur 

bo’lib qolgan, ya’ni komil inson timsoli bo’lgan. 




 

24 


Tasavvuf  va  uning  Yassaviya  tariqatida  ham  insonning  mohiyati  ikki  asos 

modda va ruhdan iboratligi bilan izohlanadi. Har qanday kishida shu ikki asosning 

xususiyatlari  jamlangan  bo’lib,  moddiylik  g’alaba  qilsa,  insonda  hayvoniylik  va 

agar  ruh  tomoni  ustun  kelsa  insonda  ilohiylik  rivojlanadi,  ruh  jism  quliga 

aylanmasligi,  aksincha  jism  ruh  uchun  bir  asbob,  vosita  sifatida  xizmat  qilmog’i 

kerak,  ruhlari  taraqqiy  etgan  insonlar  aqlu-zakovati,  ilhomi  va  ijodkorligi,  ilohiy 

farosati bilan ajralib turadilar deb tushuniladi. 

Yassaviy  ta’limotida  diniy-falsafiy  tushunchalar  bilan  uyg’un  tarzda 

keladigan ko’plab ma’no borki, ularda insonni ulug’likka, komillikka chaqiriladi, 

yomonlik  bilan  yaxshilikni  farqlashga,  halol  nima,  harom  nimaligini  bilishga, 

to’g’rilikni  yoqlab,  egrilikka  bo’yin  egmaslikka  o’rgatiladi.  Tasavvuf  gunohni 

qoralaydi,  ammo  gunohlarga  iqrorlikni  to’la  yoqlaydi,  chunki  tavba-tazarrux, 

tozalanish, poklanish demakdir deb tushuntiradi. 

Ma’lumki  tasavvuf  har  tomonlama  yetuk  bo’lgan  komil  insonni  voyaga 

yetkazish  va  takomillashshuviga  masalasiga  asosiy  e’tiborni  qaratadi.  Ko’pchilik 

tasavvuf  shayxlari  (Abduxoliq  G’ijduvoniy,  Ahmad  YAssaviy,  Bahouddin 

Naqshband  va  boshqalar  )ning  e’tirof  etishlaricha,  so’fiylarning  ruhiy  takomili 

uchun to’rt bosqich-shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatni bosib o’tish zarurdir. Bu 

bosqichlarga  erishish  bir  lahzalik  ruhiy  holat  yoki  hodisa  bo’lmasdan,  balki 

takomilga  erishish  uchun  uzoq  vaqt  riyozat  chekishi  talab  qilinadi.  SHundagina 

Alloh  vasliga  zuhur  bulish  mumkin.  Inson  o’z  nafsi  ammorasini  tiyish,  orqali 

ruhini  poklashi  va  abadiy  ruh  bilan  birlashib  ketishi  mumkin.  Bunday  kishilar 

so’fiylik maqomiga ega bo’ladilar va komil inson darajasini egallaydilar. 

Shunday  qilib,  sufiylik  tariqatlarining  barchasida  markaziy  g’oya-bu  komil 

inson  bo’lib,  kishilarni  kamolot  sari  yetaklagan  va  chorlab  kelgan.  Ayniqsa 

Naqshbandiylik ta’limotidagi “Dil ba yoru-dast ba kor”(qul ishdayu qalb Ollohda) 

g’oyasi  kishilarni  mehnatsevarlik,  xaqqoniylik  va  poklikka,  ya’ni  kamolot  sari 

intilishga tarbiyalab kelgan. 

Ushbu  o`gitlar  bugungi  kunlarda  ham  o’zining  axloqiy-tarbiyaviy 

axamiyatiga ega bo’lib kelmoqda. 




 

25 



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish