Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqli qobiliyatini
o’stirish mumkin deb bilimni insonni shakllantirish mezoni sifatida qaraydi.
SHuning uchun ham bolaga ta’lim – tarbiya beradigan muallimning o’zi ham
bilimli, dono, ahloqi yuksak bo’lishini targ’ib qiladi. Shuningdek, har bir muallim
ta’lim – tarbiya yo’llari, uslubini yaxshi bilishi zarur, deya, ayniqsa muallim –
murabbiyning muloyim, xushfe’l bo’lishi zarurligini ta’kidlaydi.
Voiz Koshifiyning ahloqiy qarashlari ham o’z salaflari kabi Qur’on va
Hadislardagi ahloq qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar
yaxshilik va yomonlik, adolat, burch, vijdon, or – nomus, baxt – saodat kabilarni
ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi,
ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi
hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqning asosiy mezonlari deb
insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi. Bularga teskari bo’lgan
hatti – harakatlar: yolg’onchilik, chaqimchilik, g’araz, hasad, baxillik,
pastkashlikni qoralab, ulardan qutulish yo’llarini bayon etadi.
Asarda keltirilishicha, Futuvvatning tarkibi 71 ta bo’lib, uning 48 tasi
vujudiy, 23 tasi azaliydir. Bu shartlarning barchasining asosiy maqsad va
yo’nalishi insonni komil inson ruhida tarbiyalash inson qalbida iymon – e’tiqod,
vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan.
Hazrat Alisher Navoiy yozganlar: ”Elga qo’shilg’on esh (sherik) topti”.
Darhaqiqat, Vatandan tashqarida haqiqiy baxt yo’q.
O’zbek xalqi azaldan o’z Vataniga - O’zbekistoniga, Turkistoniga, Turoniga
ega bo’lgan, hech qachon bevatan bo’lgan emas.
Mamlakatimizga, qurayotgan jamiyatimizga muxoliflik va g’arazgo’ylikni
o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan kuchlar mavjud va ular, eng avvalo, hali hayot
tajribasi yetarli bo’lmagan yoshlarning ongini zaharlab, vaqtinchalik
qiyinchiliklarni ro’kach qilib, shohona hayot va’dalari bilan yo’ldan ozdirishga
harakat qiladilar.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish sharoitida o’tish davri qiyinchiliklari
va u bilan bog’liq muammolarni hal qilish jarayonida, eskicha sharoitlarga
26
o’rgangan yoshlar tashkilotlarining tarqalib ketishi, yangi tashkil etilgan
tashkilotlarning esa yaxshi ishlamaganligi va shu qiyinchiliklarni yengish uchun
harakatda bo’lgan ota- onalar va maktab tomonidan nazoratning tabiiy susayishi
oqibatida bo’shliq paydo bo’ldi. Bu bo’shliqni yaxshi anglab yetgan qo’poruvchi
guruhlar esa, undan ununmli foydalanishga harakat qildilar. “ 16 fevraldagi fojiali
voqealarning
ishtirokchilari
asosan
yoshlar
ekanligi
bizni,
ayniqsa,
tashvishlantiradi. Bizning beg’am, loqaydligimiz, ishimizdagi kamchiliklar
oqibatida ular jinoiy guruhlar, ekstremistlar ta’siriga, diniy mutaasiblar ta’siriga
tushib qolgan.
Bu, avvalo, siyosiy ijtimoiy sohadagi muayyan nuqsonlar, eng muhimi
yoshlar tashkilotlari va mahalla kengashlari ishidagi katta kamchiliklarni
ko’rsatadi. Men bu masalada davlat hokimiyati va jamoat tashkilotlari barcha
bo’g’inlari rahbarlarining aybi borligini ta’kidlashga majburman “- degan edi bu
xususda Prezidentimiz
1
.
Ma’lumki, har qanday jamiyat o’zining maqsadiga, zabt etiladigan
cho’qqisiga ega va bu uning mafkurasida aks etadi.
Bugungi sharoitda o’smir va yoshlar tarbiyasini qanday yo’lga qo’yish
kerak? Bizning fikrimizcha, avvalambor ularda vatanni sevish, milliy
qadriyatlarimizga, Vatanimizning boy va buyuk tarixiga cheksiz hurmat va bu
bilan faxrlanish, xalqimizga xos bo’lgan oilani muqaddas deb bilish, o’zidan
kattalarga nisbattan hurmat, kichkinalarga mehr va e’tibor tuyg’ularini kamol
toptirish muhimdir.
Milliy vatanparvarlik tarbiyasi milliy mafkuraning ajralmas bir bo’lagi
bo’lib, yoshlarni ana shu ruhda tarbiyalash masalasi juda muhimdir. Buyuk
kelajakni yaratish vazifasini o’z zimmasiga oladigan yoshlarimizning yuksak
insoniy hamda axloqiy fazilatlarga, huquqiy va kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari,
ayni paytda aqlan, ma’nan va jismonan sog’lom, o’z xalqiga, Vatanga muhabbat
ruhida tarbiya topgan bo’lishlari talab etiladi. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar” risolasida milliy istiqlol mafkurasining vazifalaridan biri
sifatida – “... vatandoshlarimiz tafakkurida o’zlikni anglash, tarixiy xotiraga
27
sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab avaylash, vatanparvarlik tuyg’ularini
kamol toptirish” masalasi qo’yilgan
2
.
Vatanparvarlik - xalqimizning qon- qoniga singib ketgan mo’’tabar
qadriyatlardan biridir. CHunki, o’z oilasi, qarindosh-urug’i va yaqinlariga mehr -
oqibat, ularning taqdiri va muammolari uchun qayg’urish, bir birilarining boshiga
kelgan kulfat, tashvish va falokatlarni birgalikda yengish azal- azaldan
xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan bo’lib kelgan. “Bir mayizni qirq kishining
bo’lib yeyishi” faqat bizning xalqimizga xos va faqat uning asl tabiatini belgilaydi.
Umumxalq, umummilliy vatanparvarlikning alohida turi va ajralmas bo’lagi,
bu - harbiy vatanparvarlikdir. U O’zbekistonning milliy va davlat mustaqilligiga
erishganligi sharoitida yana ham muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Sohibqiron Amir Temurning o’zi to’g’risida yozib qoldirgan asarida
shunday satrlarni uchratamiz: “ Mening hukmronligim davrida mamlakatda
ososyishtalik hukm surdi va shuning uchun ham mening xalqim o’z mustaqilligini
qurol kuchi ila himoya etmoqqa shaydir”. SHu to’g’rida yana “ Tuzuklari”da
shunday deydi: “ Mag’lub bo’lgan mamlakat qo’shini mening qo’shinim tarkibiga
kirdi, men esa bu bilan xalqning muhabbatini qozonishga harakat qildim”.
Ko’ramizki eski zamonlardayoq xalq va armiya tushunchasi bir- biridan
ajralmagan.
Harbiy vatanparvarlik - vatanparvarlik tarbiyasining eng oliy ko’rinishidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52 moddasida “ O’zbekiston
Respublikasini himoya qilish O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining
muqaddas burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil
xizmatni o’tashga majburdirlar”- deb belgilab qo’yilgan
3
.
Milliy istiqlol mafkurasi, uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan
vatanparvarlik tushunchasi kishilar ongiga zo’rlab tiqishtiririladigan g’oya emas.
Uning zamirida milliy xususiyatlarimiz va umumbashariy qadriyatlarimiz, buyuk
tariximiz yotibdi. Demakki, bu qarashlar bizning qon- qonimizda, faqat uni yuzaga
chiqarish kerak, xolos. Bu g’oyalarni yoshlarimiz, xalqimiz ongiga yetkazishda
ta’lim va tarbiya, ilm- fan, madaniy- ma’rifiy, adadbiyot va san’at, diniy, jismoniy
28
tarbiya muassasalari, qolaversa, mahallalar ahllari, har bir oilaning shu mafkura
tevaragidagi jipsligi va faolligi talab etiladi.
Amir Temurning nihoyatda ko’p qirrali hayot faoliyatining juda ko’p
sahifalari haligacha to’la yoritilmagan. Ayniqsa, uning islohotchilik
faoliyati,sotsial-madaniy sohadagi samarali ishlari kam o’rganilgan. Ko’plab
dalillarga asoslanib aytish mumkinki, Buyuk Sohibqiron o’zining sotsial siyosatida
va etnomadaniyat sohasida inson, jamiyat va tabiatga cheksiz g’amxo’rlik
namoyon qilgan. Uning barcha ishlari jiddiy va izchil insonparvarlik ruhi bilan
sug’orilgan.
O’rta Osiyo xalqlari va bo’ysundirilgan mamlakatlar aholisining xo’jalik-
madaniy va sotsial-iqtisodiy xususiyatlari va o’ziga xos axloqiy tamoyillari katta
imperiyani boshqarishda nafaqat zo’r mahorat va gumanistik faoliyat talab
qilibgina qolmay, teran va keng bilimdon, yuksak madaniyatli va odil arbob
bo’lishni taqozo etgan.
Amir Temurga zo’r obro’ keltirgan katta sotsial siyosat, barcha raiyat
ahvolidan xabardor bo’libgina qolmay, “ulug’lariga og’a qatorida, kichiklarini
farzand o’rniga ko’rib” munosabat qilganligi, “adolat va insof bilan Tangrining
yaratgan bandalarini” o’zidan rozi qilganligidadir.
Bunday nihoyatda zo’r insonparvarlikka asoslangan ichki va tashqi siyosat
Sohibqironga jahon miqyosida yuksak obru keltirgan va hind daryosi sohillaridan
Volga bo’ylarigacha, muhul dashtlaridan Bolqon va O’rta yer dengizi subtropik
tuprog’igacha Buyuk qudratli imperiyani bunyod etishida eng muhim omil bo’lib
xizmat qilgan edi. Bu buyuk saltanatning shukuxi shundaki, Sohibqiron o’z
siyosatini donolik bilan amalga oshirish maqsadida asl zotli, shijoatli va aql
farosatli er yigitlarni atrofiga birlashtirgan. Ularning birlik ittifoqlari go’yo bir
tandek, barchalarining maqsadlari, so’zlari va ishlari bitta bo’lgan. Amir Temur
qaysi mamlakatni zabt etmoqchi bo’lsa to’g’ri tadbir va kengash bilan xatoga yo’l
qo’ymaslik uchun har qadamni ko’p o’ylab, sergaklik va ehtiyotkorlik bilan ish
tutgan.
29
Xalq g’amida hukumronlik qilgan Amir Temur “Kimki biron sahroni obod
qilsayu, biron bog’ ko’kartirsa, yohud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa,
birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan
berganini olsinlar, uchinchi yili esa oliq-soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj
yig’ilsin” deb hukm chiqargan. SHunisi muhimki,uning buyrug’i bilan har yer va
elning amaldorlari oddiy fuqaroga jabr-zulm qilsa va shu orqali bechoralarga zarar
yetkazgan bo’lsa, bunday vaqtlarda yetkazilgan zararni amaldordan undirib, jabr
ko’rganlarga berish shart hisoblangan.
Buyuk Sohibqironga g’oyaviy bayroq va tayanch bo’lib islom dini xizmat
qilgan. Tarixiy manbalarga binoan, Amir Temur islom asoslarini chuqur bilgan,
Qur’oni Karimni yod olgan. U nafaqat o’z askarlarini, barcha fuqarolarni
musulmonchilik ruhida tarbiyalashga, ularni slom g’oyalari asosida biriktirishga,
o’zining sotsial-iqtisodiy siyosatida dindan ahloqiy-siyosiy omil sifatida oqilona
foydalanishga harakat qilgan. “Temur tuzuklari”da diniy va sotsial ong shakli
davlat ishlarida va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega ekanligi, jamiyatni
mustahkamlashda va elatni jipslashtirishda zarur vositaligi bir necha bor ta’kidlab
o’tilgan. Sohibqiron musulmon dini peshvolariga, ulamolarga sufiy shayxlarga
nihoyatda hurmat bilan qaragan va ularni hat tomonlama qo’llab-quvvatlagan.
SHunday bo’lsa-da, uning fikricha, dunyodagi hamma narsani biluvchi va hal
qiluvchi dastavval Olloh, qolaversa, insonning samarali tarbiyalanishi, aqliyu
amaliyotni o’zlashtirib, o’zini-o’zi boshqarishi deb hisoblagan. Amir Temur
dunyoqarashida inson tarbiyasi odob-ahloqi, uni adolatni sevishga, vatanparvarlik
va insonparvarlikka o’rganish muhim o’rin egallaydi. SHu sababli u yoshlarga
bilim berish, ularning aqliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida har bir
shaharda masjidu madrasalar qurish, ulamoyu domlalarni moddiy rag’batlantirish
siyosatini amalga oshirgan.
Amir Temur barcha o’lkalarda qonunchilikka to’la rioya qilishni qat’iy talab
qilgan. Uning maxsus buyrug’i bilan bilagida kuchi bor miskinlar o’z ahvoli va
kasbu-koriga qarab ish tutmog’i lozimligini, sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan
savdogarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli daraja
30
oltin berilishini, dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi
yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab
berilishini, fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli
uskunalarni yetkazib berib, unga yordam ko’rsatish eng yukssak insonparvarlikdan
dalolat emasmi? Mamlakatning obodonligi ham barcha toifadagi fuqarolarning ish
va maosh bilan ta’minlash, ularning sotsial himoyasi va shart-sharoiti bilan
belgilanadi. Sohibqiron o’z davrida shunday farmon chiqargan edi: “YAna
buyurdimki, - deyiladi shu farmonda, har bir mamlakat fatx etilgay, u yerlarning
gadolarini to’plab kundalik yemish-ichmishlarini berib, ularga biron vazifa
belgilasinlar. Hamda barchasi tamg’alansinlar, toki boshqa gadolik qilmasinlar.
Agar tamg’adan keyin ham gadolik qilgudek bo’lsalar, ularni uzoq mamlakatlarga
yuborsinlar yoki haydasinlar. SHundagina gado zoti mamlakatimizdan yo’qoladi.
Hozirgi murakkab tarixiy vaziyatda jahon siyosati markazida ekologik
muammolar birinchi darajali masalalardan biri bo’lib, insonning atrof muhitning
holati uchun ijtimoiy va ma’naviy javobgarligi muammosi ilgari surilmoqda.
Bugun tabiat va jamiyat oldida har bir inson nafaqat javobgar, balki uni ehtiyot
bilan muhofaza qilish hayot-mamot masalasiga aylangan. Amir Temur ichki va
tashqi siyosatida etnoekologiya masalasi muayyan o’rin olgan bo’lib, bu tarixiy
tajriba inobatga olinsa foydadan xoli bo’lmas edi. Endilikda nafaqat tabiatga,
madaniy obidalarga ham ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularga vaxshiylarcha
munosabatni yo’qotish va bu ishda izchil nazorat o’rnatish zaruriyati yaqqol
namoyon bo’lmoqda. SHuni mamnuniyat bilan qayd qilish lozimki, Amr Temur va
temuriylar hukmronligi davrida shakllangan o’ziga xos etnomadaniy va etnosotsial
an’analar ma’lum darajda hozirgacha saqlanib kelgan. Ularni chuqur o’rganib,
avaylab, saqlab davr talabiga moslashtirib takomillashtirish va yosh avlod ongi va
shuuriga singdirish barcha ijtimoiy fan olimlarining, o’qituvchilarining eng dolzarb
va amaliy jihatdan muhim vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |