P. M. Matyakubova, P. R. Ismatullayev, A. K. Miraliyeva, U. A. Maxmonov


II BOB. FIZIK OLAMINING  ZAMONAVIY QIYOFASI



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/104
Sana06.07.2021
Hajmi3,16 Mb.
#110041
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
OFA Oquv qollanma

II BOB. FIZIK OLAMINING  ZAMONAVIY QIYOFASI 
2.1. Materiya va harakat tushunchalari 
Materiya (lot. materia - modda) - borliqning moddiy shaklini ifodalovchi 
umumiy  tushuncha.  Olamda  "umuman  odam"  bo‘lmaganidek  "umuman 
materiya"  ham  bo`lmaydi,  balki  materiyaning  aniq  ko‘rinishlari  uchraydi.  Shu 
tarzda  fikr  Yuritgan  faylasuflar  barcha  moddiy  ob’yektlarga  xos  xususiyatlarni 
umumlashtirib ifodalash uchun  “materiya” tushunchasini qo‘llashgan. Materiya 
tushunchasini  moddiy  olamning  substrati  (asosi)  sifatida  Platon  va  Aristotel 
ishlab chiqqan, shu bilan birga materiya sof potensiya (yashirin imkoniy at) deb 
tushunilgan.  Materiyani  R.Dekart  fazoviy  ko‘lam  va  bo‘linadigan  moddiy 
substansiYa  deb  ta’riflagan  va  u  XVII  -  XVIII  asr  materializmning  asosi 
bo‘lgan.  Materiya  dialektik  materializmning  asosiy  tushunchasidir.  Materialist 
faYlasuflar  materiya  tushunchasini  bir  yoqlama  bo‘rttirib,  borliq  tushunchasi 
bilan  aynanlashtirib  talqin  etishadi.  Tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkurining 
asosida  yotuvchi  va  ularni  umumlashtiruvchi  tushuncha  substansiya  (mohiyat) 
deb  ataladi.  Olamning  asosida  bitta  substansiya  yotadi  deb  hisoblovchi  oqim 
monizm,  ikkita  substansiya  yotadi  deb  hisoblovchi  oqim  dualizm,  ko‘p 
substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan. 
Materiya  -  dunyodagi  cheksiz  barcha  ob’yekt  va  sistemalar  bo‘lib,  har 
qanday xususiyat, aloqa, munosabat va harakat shakllarining substrati (asosi)dir. 
Materiya  tabiatda  bevosita  ko‘z  bilan  ko‘riladigan  ob’yektlar  va  jismlarnigina 
emas,  balki  kuzatish  vositalari  va  eksperimentning  takomillashishi  asosida 
kelgusida  bilinishi  mumkin  bo‘lgan  narsalarni  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Materiya 
o‘zining  xossalari,  xususiyatlari  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Hozirgi  zamon 
fanlarining  xulosalariga  ko‘ra,  har  qanday  jism  molekulalardan,  molekulalar 
atomlardan, atomlar proton va neytronlardan tashkil topgan va h.k. Sifat jihatdan 
Materiya  ikki:  moddasimon  va  nomodda  ko‘rinishida  uchraydi.  Moddasimon 
ko‘rinishi  modda  va  antimoddaga  ajraladi.  Bular  bir-biri  bilan  chambarchas 
bog‘langan  bo‘lib,  ular  to‘qnashganda  keskin  sifat  o‘zgarishi  ro‘y  beradi,  ya`ni 
modda  nomoddiy  ko‘rinishga,  nomodda  esa  moddiy  ko‘rinishga  aylanadi. 


23 
 
Materiyaning  nomoddiy  ko‘rinishi  ham  ikki:  maydon  va  nurlanish  shaklida 
uchraydi.  Muayyan  maydondagi  nurlanishlar  fizik  vakuumda  moddiy 
zarralarning hosil bo‘lishiga imkon beradi.  Materiyaning yuqorida qayd etilgan 
ko‘rinishlaridan boshqacha ko‘rinishdagi turlari ham bo‘lishi mumkin. Ularning 
tabiati  hali  fanga  ma’lum  emas.  Materiya  tuzilish  darajalariga  ko‘ra, 
mikrodunyo,  makrodunyo  va  megadunyoga  bo‘linadi.  Mikrodunyo  - 
molekuladan  kichik  zarralar  (masalan  atom,  Yadroi,  elementar  zarra  va 
boshqalar).  Makrodunyo  -  molekuladan  katta  jismlar  (masalan  qum,  tosh,  Yer, 
planeta, Quyosh, haYvon, odam va boshqalar). Megadunyo - Yerdan to Koinot 
miqyosigacha  bo‘lgan  o‘lchovdagi  dunyo.  Bu  uchala  dunyo  bir-biri  bilan 
bog‘liq, shuningdek, ular bir-biriga almashinishi mumkin. 
Fizika  bilan  falsafaning  uzviy  aloqadorligi  haqidagi  mulohazalar  aslida 
materiya  tushanchasining  talqinidan  kelib  chiqqan.  Materiya  nima?  Fiziklar 
bunga  ilgari  javob  berganlar:  suv,  havo,  tuproq,  olov.  Hozir  mikrozarralar, 
makromoddalar,  maydonlar,  to‘lqinlar,  megadunyolar.  Fiziklar  uchun  –  bu 
to‘g‘ri. Faylasuflar uchun bu yetarli emas. Falsafada aytiladi: fizikaviy materiya 
– bu falsafiy materiyaning bir namoyon bo‘lishi, xolos. Fizikadagi materiyaning 
asosiy xossasi- massasiga ega bo‘lishdir. Massa kichik bo‘lib, tezlik katta bo‘lsa 
–  bu  fizika;  massa  katta  bo‘lib  tezlik  kichik  bo‘lsa  –  bu  mexanika;  mexanika 
fizikaning  tarixiy  asosi  va  mantiqiy  bir  qismi.  Materiyaning  kimyodagi 
ko‘rinishlari  –  kimyoviy  elementlari,  biologiyadagi  ko‘rinishlar  –  nuklein 
kislotalar,  xo‘jayralar.  Bularning  hammasi  – 
materiyaning  har  xil 
ko‘rinishlaridir. 
 
Materiya mavjudligining asosiy shakllari (ko‘rinishlari) : 
1.  Jonsiz  tabiat  tizimlari  (elementer  zarralar,  atomlar,  molelkulalar,  jism, 
kosmik tizimlar, …); 
2.  biologik  tizimlar  (butun  biosfera  olami  –  mikroorganizmlardan  toki 
insongacha); 
3. Sotsial - tashkiliy tizimlar. 
 


24 
 
Materiyaning  muhim  atributi  -  harakatdir.  Harakat  nima?  Masalan, 
sayyoralar harakati – mexanik harakat, elektroning atom ichidagi joy almashishi 
– fizik harakat. Bu yerda ham, harakat, aslida falsafaga tegishli bo‘lib dastlabki 
ta’rifini Ibn Sino bergan: «nima bo‘lsa bo‘lsinki o‘zgarish bo‘lsa, u harakatdir”. 
Bu  ta’rif  hanuz  o‘z  kuchini  yo‘qotgani  yo‘q.  Fazo,  vaqt  va  fazo  –  vaqtda 
joYning o‘zgarishi hamda sifat o‘zgarishlari harakatni ifodalaydi. 
 Harakat  qayerdani  paydo  bo‘ladi?  Bu  savolga  javob  berish  maqsadida 
tarixda ikki xil qarash  bo‘lgan: biri  – harakat  sababchisi  Xudodir, ikkinchisi  – 
sababni  tabiatning o‘zidan qidirish kerak deb bilishgan. 
 O‘zidan qidiruvchilar ikki toifadagi fiziklar bo‘ldi:  
1) modda boshqa modda ta’sirida harakatga keladi; 
 2)  materiya  o‘z  –o‘zidan  harakatga keladiki, undagi  tezlik  o‘zgaruvchan 
yoki o‘zgarishsiz bo‘lishi mumkin.  
Tashqi ta’sir kuchsiz bir xildagi harakat yoki sokinlik inertsiyasi deyiladi. 
Inertsiya haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo‘lganlardan biri, Beruniy bo‘lgan. 
Uningcha  yerga  tushayotgan  jism  o‘z  tezligini  saqlab  qolishi  natijasida 
sharqroqqa  tushadi.  So‘ngra  fizikadagi  inertsiyai  qonunini  Galiley  va  Nyuton 
kashf  etishgan.  Intertsiya  tushunchasi  Eynshteyn  fizikasida  to‘ldirildi  va 
chuqurlashtirildi. 
Olamdagi  barcha  narsalar  doim  harakatda,  o‘zgarishda,  bir-birlariga 
nisbatan  o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladi.  Har  qanday  narsalarning  mavjud  bo‘lishining 
o‘zi  avvalombor  uni  tashkil  etuvchi  elementlarning  o‘zaro  ta’sirida  bo‘lishini 
taqozo  etadi.  Masalan,  atom  qobig‘ini  tashkil  etuvchi  yadro  va  elektonlar 
o‘rtasida  muayyan  o‘zaro  ta’sir  bo‘lgani  sababligina  atom  mavjuddir;  tirik 
organizmlarda  ham  uni  tashkil  etuvchi  molekulalar,  xujayra  va  to‘qimalar 
o‘rtasida  o‘zaro  ta’sir  jarayonlari  sodir  bo‘ladi;  jamiyatning  mavjud  bo‘lishi 
uchun ham kishilar faoliyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘lishi zarurdir. 
Demak,  o‘zaro  ta’sir  materiya  xossalarini,  munosabat  va  holatlarning 
o‘zgarishga  olib  keladi.  Materiyaning  harakati  deganda  jismlarning  na  faqat 
fazodagi  oddiy  o‘rni  almashuvlari,  balki  har  qanday  o‘zaro  ta’sirlar  va  shular 


25 
 
orqali  yuzaga  keluvchi  ob’ektlar  holatidagi  o‘zgarishlar  ham  tushuniladi. 
Zarrachalarning  o‘zaro  bir-birlariga  aylanishlari  ham,  Metagallaktikaning 
kengayishi  ham,  ijtimoiy  hayot  jarayonidagi  kishilar  faoliyatlari  o‘rtasidagi 
o‘zaro almashuvlar ham harakatdir. Harakat narsa va hodisalarning o‘sishi, katta 
yoki kichiklashishi, bir-biriga ta’sir etishi, xullas olamda yuz beradigan umuman 
har qanday o‘zgarishdir. 
Harakat materiyadan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Ular bir - 
biri  bilan uzviy  bog‘liqdir.  Har  qanday  narsa  ob’ektning  mavjud  bo‘lishi,  unda 
muayyan  harakat  shakllarining  namoyon  bo‘lishidir.  Mabodo  harakat  yo‘qolsa 
narsa yoki ob’ekt o‘z mavjudligini yo`qotadi. 
Harakat  shakllarini  materiya  taraqqiyotining  uchta  asosiy  bosqichga 
moslashtirgan  holda  uchta  turga  bo‘lish  mumkin:  notirik  (jonsiz)  tabiatdagi 
harakat shakllari, tirik tabiatdagi va jamiyatdagi harakat shakllari. 
1.  Notirik  (jonsiz)  tabaitdagi  harakatlar  -  bu  elementar  zarrachalar  va 
maydonlar  harakati  ,  atom  va  molekulalarning  harakati,  makroskopik  jismlar 
harakati, turli xil tartibdagi kosmik tizimlardagi harakatlardir. 
2. Tirik tabiatdagi harakatlar – bu barcha biologik jarayonlar, ya`ni turli 
mikroorganizmlarda,  bir  xujayrali,  ko‘pxujayrali  turlarda,  biotsenoz  va 
biosferadagi bo‘ladigan o‘zgarishlar. 
3.  Jamiyatdagi  harakatlar  -  insonlar  tafakkuri,  shuningdek,  kishilarning 
ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatining hamma xildagi ko‘rinishlarini, barcha 
ijtimoiY  o‘zgarishlarni  hamda  insondan  tortib  to  davlatgacha  va  umuman 
jamiYatgacha turli ijtimoiy tuzumlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir turlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Olam harakat qiluvchi materiyadan iborat ekan, harakat qiluvchi materiya 
esa fazo va vaqtdan tashqarida harakatlana olmaydi. 
Umumiy  holda  harakat  –  bu  umuman  o‘zgarishdir,  jumladan  materiya 
ob’ektlarining istalgancha o‘zaro ta’siri va ular holatlarining almashinuvidir. Bu 
olamda harakatsiz materiya yo‘qdir, chunonchi harakatning materiyasiz mavjud 
bo‘lishi  ham  mumkin  emas.  Materiya  harakati  absolyutdir,  chunki  har  qanday 


26 
 
tinchlanish  nisbiy    va  ma‘lum  bir  harakat  momentidan  iboratdir.  Materiya 
harakati o‘z yo‘nalishida ko‘p qirralidir va har xil turlarda mavjud bo‘la oladi. 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish