O‘lchashlar tor ma’noda bitta o‘lchanadigan kattalikni boshqa, birlik
sifatida qabul qilingan shu turdagi qiymati ma’lum bo‘lgan kattalik bilan
eksperimental solishtirishdir. Misol sifatida fizik kattalikni o‘lchash va
proporsional shkalalarni qo‘llashni keltirish mumkin.
O‘lchashlar keng ma’noda ob`yektlar, ularning holati yoki qandaydir
qoida bo`yicha jarayonlarni va soni o‘rtasida mosligini aniqlash demakdir.
O‘lchashlarni keng ma’noda nafaqat real ob`yektlar (hodisalar, jarayonlar va
h.k.) to‘g‘risida bilim to‘plash, balki tekshirilayotgan hodisa va jarayonlarning
qonuniyatlarini, o‘zaro bog‘liqligini va ularni tavsiflovchi malumotlarini nazariy
jihatdan asoslash va nihoyat kishilik jamiyatining taraqqiyotidagi asosiy vosita
deb tushunmoq kerak.
O‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi
sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi nisbatni (tafovutni) topishdir. Bunda
o‘lchash ob`yekti ishtirok etadi.
O‘lchash ob`yekti – bir yoki bir nechta o‘lchanadigan kattaliklar bilan
tavsiflanadigan jism (tizim, jarayon, hodisa va h.k.).
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak: o‘lchash,
12
o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul
qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son
qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir
(solishtirish qanday usulda bo‘lmasin) (1.1-rasm).
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan
kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz
qilish asosida bevosita o‘lchash ob`yekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi.
O‘lchash jarayoni yordamida esa shu o‘lchash ob`yekti to‘g‘risida informatsiya
hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash
maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash
natijasi) olinadi (1.1-rasm).
1.1-rasm. Kattalikni o‘lchash jaroYoni sxemasi.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq
nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.
Fizik kattaliklarni o‘lchash ikkiga bo‘linadi: texnik va laboratoriYa
usulidagi o‘lchash.
Texnik o‘lchashlar ishlab chiqarish korxonalarida bajarilib, uncha Yuqori
aniqlikka ega emas, ammo texnologik jarayon uchun qoniqarli hisoblanadi va
13
korxona ish sharoiti talabalariga javob beradigan o‘lchash vositalari yordamida
amalga oshiriladi.
Laboratoriya usulidagi o‘lchash amallari maxsus sharoitga ega bo‘lgan
laboratoriYa xonalarida zamonaviy, aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘lchash
vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu usuldagi o‘lchash amallari ilmiy-
tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida, o‘lchash vositalarini tekshirish (qiyoslash)
va detallarga yuqori aniqlik bilan ishlov berish talab etilganda, dastgohlarni
ishga sozlash jarayonlarida bajariladi.
Quyidagi 1.2-rasmda o‘lchashlarning turlarga ajralishi tasvirlab berilgan.
1.2-rasm. O‘lchashlarning klassifikatsiyalanishi
14
Do'stlaringiz bilan baham: |