1. O‘LCHASHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1. Fizika fani va fizikaviy bilimlarning paydo bo‘lishi haqida
“Fizika” so‘zini birinchi marta Aristotel (eramizdan oldin 384 – 322 yy.)
ishlatgan. Uning birinchi kitobi tabiat haqida bo‘lib, “Fizika” deb nomlangan.
Ikkinchi kitobi falsafaga bag‘ishlangan va “Metafizika”, Ya`ni “Fizikadan
keyin” deb atalgan. Fizika o‘zbek tilida XX asr boshlarigacha “Ilmi hikmat”,
“Hikmat”deb Yuritilgan.
Ma’lumki, fizika, kimyo va biologiya tabiat haqidagi asosiy fanlar
hisoblanadi. Bu fanlarning har birining o‘z tadqiqot doirasi va usullari bor. Katta
jismlar (makrodunyolar) zaminida moddiy zarrachalar (mikrodunyolar)
yotganidek, kimyo va biologiya asosida fizik jarayonlar yotadi.
Fizika fani jonsiz tabiatning mikro, makro va megadunyolar deb ataluvchi
katta va kichik moddalar hamda har xil fizikaviy maydonlar harakati bilan
shug‘ullanadi. Bu moddiy narsalar: elektron, proton kabi elementar zarralar va
qum-tosh, raketa, sayyoralar, yulduzlar kabi katta jismlar hamda galaktikalar,
kvazalar, pulsarlar kabi uzoq-uzoqdagi mega samoviy jismlar, gravitatsion,
elektromagnit kabi fizikaviy maydonlar va boshqalar. Bularning hammasi
materiyaning har xil shakllari bo‘lib, ularning mavjudligi bizga, bizning
hohishimizga bog‘liq bo‘lmagan, ob’ekiv moddalardir. Ularning fizikaviy
harakati va odamlar uchun foydali va zararli xususiyatlarini bilib olish –
fizikaning vazifasiga kiradi.
Materiya va harakat esa – falsafaning yirik tushunchalari, ya`ni
kategoriyalaridir. Umuman, materiyaning massasi, tezligi, tezlanishi, energiyasi,
impulsi, bosimi, xarakat qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi va bu
sohalardagi yutuqlardan odamlar uchun foydalanish haqidagi tavsiyalarini
beruvchi fan fizikadir.
Gap materiya, harakat va qonuniyat haqida ketar ekan, - bu
tushunchalarning hammasi fizikaniki emas, balki falsafaning kategoriyalaridir.
9
Fizika rivojini ham tarixiy, ham mantiqiy jihatdan to‘rt davrga bo‘lish
mumkin: qadimgi fizika, o‘rta asrlar fizikasi, klassik fizika, va hozirgi zamon
fizikasi.
Odamlarda dastlabki fizikaviy tasavvurlar qadimgi Gretsiyada bundan
Yigirma etti asr ilgari paydo bo‘lgan va keyinchalik rivojlana boshlagan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy kabi olimlarning jismlar atomlardan tuzilgan degan
g‘oYasi, Arximedning gidrostatikasi, Aristotelning harakat sohasidagi fikrlari,
Ptolemeyning geosentrizm kabi tamoyillari fan sifatida fizikani shakllanishiga
xizmat qildi.
O‘rta asrlar fizikasi Sharqdan boshlangan. Kanallarni qurishda
gidromexanika, gidrotexnika, gidravlika, geodeziYa va statika usullarining
ishlatilishi – texnik fizikaning paydo bo‘lishidan darak beradi.
Al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, Ulug‘bek, G‘iyosiddin
Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi olimlar osmon mexanikasi sohasida
kinematikani yaratdilar va rivojlantirdilar. Tezlik, tezlanish, trayektoriya
tushunchalarini boyitdilar.
Klassik fizika, asosan, Galiley va Nyutondan boshlandi. XVII- XIX
asrlarda gurkirab rivojlandi. U klassik mexanika, termodinamika, optika, elektr
va magnetizmdan tarkib topgan.
Hozirgi zamon fizikasi XX asrda klassik fizikani o‘zgartirilgan davomi
sifatida nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi va sinergetika sifatida asosan
Albert Eynshteyn, Nils Bor, Ilya Prigojindan boshlangan.
Eynshteynning kashfiyotlari tabiatshunoslik bilan falsafa orasidagi
bog‘lanishni yanada mustahkamladi. Hatto, A.Nerst shunday qiziq fikrlarni
aYtdi: “Nisbiylik nazariyasi fizika nazariyasi emas, falsafa nazariyasidir”. Bu
fikrga javoban Eynshteyn shunday dedi: “Hech qanday fizik olim olamni g‘oya
yaratganligiga ishonmaydi, shuning uchun ham fizik-da. Shu bilan birga,
bizning zamonamizda fiziklar falsafa bilan ilgarilarga qaraganda ko‘proq
darajada shug‘ullanmoqlari kerak. Bunga fiziklarning o‘z fani qiynchiliklari
majbur qilyapti”. Mashhur fizik, Nobel mukofotining laureanti P. Brijmen (1882
10
- 1961) shunday fikrni aytgan: “Meni Eynshteynning fizikasi emas, falsafasi
qiziqtiradi”.
Falsafa fizikadan ilmiy ozuqa oladi, fizika esa doim falsafiy
metodologiyaga muhtoj.
Do'stlaringiz bilan baham: |