Normal taqsimot kvantillari
Ehtimollilik α, % 99,99 99,00 97,72 95,00
90,00
84,13
50,00
Kvantil i
α
3,715 2,326 2,000 1,645
1,282
1,000
0,000
Ushbu ko‘rsatkichdan α ehtimollikdan ortmaydigan yoki 1–α ehtimollikdan
ortishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar yoki zarar ko‘rishning chegaraviy qiymatini
aniqlash uchun foydalanish mumkin. Qayd etish qiyin emaski, oxirgi holat uchun
masala qiymatini topish quyidagicha bo‘ladi:
p(X ≥ 𝑢
𝛼
) = 1 − F(𝑢
∝
)(5.10)
Kvantil tushunchasi moliya bozori ishtirokchilari orasida, shuningdek, uning
faoliyatini tartibga soluvchi tashkilotlar va xizmatlar orasida keng tarqalgan risk narxi
(qiymati) (Value at Risk — VaR)
37
ko‘rsatkichining asosida yotadi. VaR (Value at
Risk – riskning qiymatdagi o‘lchovi) ko‘rsatkichi ma’lum shartlar ostida t vaqt
oralig‘ida investorning maksimal yo‘qotishlarini ifodalaydi.
38
Rasman bu ko‘rsatkich t davr uchun va berilgan α aniqlik darajasi bilan ma’lum
aktiv yoki aktivlar portfeliga egalik qilishdan kutilayotgan maksimal yo‘qotishlar
VaR qiymatidan oshmaslik ehtimolligi α-ga teng bo‘lgan qiymatni baholaydi.
Boshqacha aytganda, α ehtimollik bilan V
t
aktiv (portfel) qiymatit vaqtda o‘zining
V
0
dastlabki qiymatidan [0; t]davr oralig‘ida VaR dan ortmaydigan qiymatga
og‘maydi:
𝑝(𝑉
𝑡
− 𝑉
0
< 𝑉𝑎𝑅) = 𝛼(5.11)
Agar, ehtimollik VaR dan ortiq bo‘lsa, u holda zarar ko‘rish ehtimolligi 1–
𝛼 ga
teng bo‘ladi, ya’ni:
𝑝(𝑉
𝑡
− 𝑉
0
> 𝑉𝑎𝑅) = 1 − 𝛼(5.12)
E’tibor qilsak, matematik nuqtai nazardan VaRko‘rsatkichi α tartibdagi tasodifiy
ifoda taqsimotining kvantili hisoblanadi.
Agar narx(daromad)lar o‘zgarishining ehtimolli taqsimoti normal taqsimot
qonuniga bo‘ysunsa, VaRmiqdorini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
VaR = V
0
∗ 𝑢
𝛼
∗ 𝜎
𝑡
(5.13)
Bu erda
V
0
– aktiv (portfel)ning dastlabki qiymati;
t – ko‘rilayotgan davr;
𝛼
𝑡
– t vaqt davomida aktiv (portfel) qiymati yoki daromadining standart
chetlanishi;
α – ishonchlilik (haqqoniylik)ning tanlangan darajasi.
Ehtimolli yo‘qotishlarni baholashdan tashqari VaR ko‘rsatkichi va uning
analoglari moliyaviy tashkilotlar tomonidan kapitalni boshqarishda, shuningdek,
37
VaR
ko‘rsatkichi Bazel qo‘mitasi, Xalqaro svop va hosilaviy instrumentlar assotsiatsiyasi, AQSh milliy sug‘urtachilar
assotsiatsiyasi tomonidan tartibga solish instrumenti sifatida foydalanish tavsiya etilgan.
38
Crouhu M., Galai D., Mark R. Risk management. – N.Y.: McGraw Hill, 2001
186
riskni hisobga olgan holda korrektirovka qilingan samaradorlik mezonlari (Risk-
adjusted Performance Measurement — RAPM)ni aniqlash uchun foydalaniladi.
Bularni orasidan eng ko‘p tanilgani – bu kiritilgan kapital daromadliligining risk
bo‘yicha korrektirovka qilingan ko‘rsatkichi (Risk-adjusted Return On Capital —
RAROS) hisoblanadi. Birinchi bor Bankers Trust guruhi tomonidan taklif qilingan.
Eng sodda ko‘rinishida RAROS sof foydani uning VaRiga nisbati sifatida aniqlanadi:
𝑅𝐴𝑅𝑂𝐶 =
𝑁𝑃
𝑉𝑎𝑅
(5.14)
Hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich amaliyotda keng tadbiq qilinmoqda. Moliyaviy
risklarni baholashning miqdoriy ko‘rsatkichlardan tashqari amaliyotda maxsus
usullarga asoslangan sifatiy ko‘rsatkichlari ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |