5. Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti
Nafaqat dunyo hamjamiyatida balki mamlakatimizda ham iqtisodiyot sub’ektlari
o‘z faoliyatlari davomida riskka duch kelishadi. Riskning zarar keltirish ehtimolligi
mavjudligi sababli, u iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan boshqarilishi va nazorat
qilinishi kerak.
Moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish tizimi korxonaning
strategik boshqarishning markaziy qismi hicoblanadi.
39
Moliyaviy risklarni
boshqarishning asosiy maqsadi – kompaniya qiymatini maksimallashtirish jarayoniga
hissa qo‘shish, ya’ni o‘zining moliyaviy resurslarini to‘liq (qisman) saqlab qolish
yoki kutilayotgan foydaga erishish hisoblanadi. Bu korxonaning moliyaviy xolatiga
ta’sir etuvchi potentsial “salbiy” va “ijobiy” omillarni aniqlashni anglatadi; korxona
oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun yutuq ehtimolini oshiradi va yo‘qotishlar
ehtimolini minimallashtiradi.
Moliyaviy risklarni boshqarish boshqaruv organi tomonidan qabul qilinib
tasdiqlanishi kerak hamda korxonaning har bir xodimiga joylarda konkret vazifalarni
belgilash orqali umumiy rivojlanish dasturi sifatida etkazilishi kerak.
Moliyaviy risklarni boshqarish yaxlit tizim sifatida qo‘yilgan vazifalarni
bajarilishi ustidan nazorat dasturini, olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini
baholashni, shuningdek korxonaning har bir bo‘g‘inida rag‘batlantirish tizimini o‘z
ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish sohasi keng bo‘lib, turli rivojlanayotgan
komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat va ulardan eng muhimi – bu riskni
baholash hisoblanadi.
Qiymat risk va daromadlilikning funksiyasi hisoblanadi, ya’ni naoniqlik
sharoitida har bir qabul qilinadigan qaror qiymatni oshirishi, o‘zgarishsiz saqlab
qolishi yoki pasaytirishi mumkin. Shundan kelib chiqib risk qiymatga erishish uchun
katta ahamiyatga ega sanaladi va strategik yo‘naltirilgan kompaniyalar an’anaviy
riskka yondashuvdan farqli ravishda riskni bartaraf etishga va hatto uni
minimallashtirishga ham intilishmaydi. Aksincha bunday kompaniyalar o‘zlarini
barcha tashkiliy qismlari bo‘ylab riskka uchrashni boshqarishga harakat qilishadi,
ya’ni ma’lum bir davr uchun ular strategik maqsadlarga samarali erishishga kerakli
39
Ступаков В.С. Риск-менеджмент: учебное пособие. М.: Финансы и статистика, 2005. 288с.
187
riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi
deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan.
Ushbu riskni qabul qilish zonasini aniqlash zarurati esa riskni baholash
muhimligini ifodalaydi. Shu yo‘l bilan korxonalar har bir riskni korxonaning umumiy
maqsadiga erishish uchun ta’siri qanday bo‘lishini tushunadi va nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |