Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


-MAVZU. MOLIYA, MOLIYA TIZIMINING MOHIYATI VA VAZIFALARI



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

13-MAVZU. MOLIYA, MOLIYA TIZIMINING MOHIYATI VA VAZIFALARI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda moliyaning  mohiyati  va  vazifalari,  moliya  tizimi, 
byudjet  taqchilligi  va  davlat  qarzlari,  soliq  tizimi  va  uning  vazifalari  to‗g‗risida  tushuncha 
hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Moliya,  moliya  tizimi,  davlat  byudjeti,  byudjet  taqchilligi,  davlat  qarzlari,  soliqlar, 
soliq stavkasi, Laffer egri chizig‗i. 
Asosiy savollar 
1. 
Moliyaning mohiyati va vazifalari.  
2. 
Moliya tizimi. 
3. 
Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari.  
4. 
Soliq tizimi va uning vazifalari. 
1.Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi. 
Moliyaviy munosabatlar ko‗p qirrali bo‗lib, iqtisodiy munosabatlarning muhim sohasini 
tashkil  qiladi.  Moliya  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  pul  mablag‗laridan  foydalanish  va  uning 
xarakatini tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar tizimi bo‗lib, uning vositasida turli 
darajada pul mablag‗lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va 
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. 
Moliya iqtisodiyot doirasida o‗zaro bog‗liq bo‗lgan bir qator vazifani bajaradi. 
1.Moliyaning  iqtisodiy  jarayonlarni,  tadbirlarni  moliyaviy  ta‘minlash  va  unga  xizmat 
ko‗rsatish  vazifasini  bajaradi.    2.Moliyaning  taqsimlovchi  vazifasi,  moddiy  ishlab  chiqarish 
sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi 
qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, 
moddiy  ishlab  chiqarish  sohalari,  mamlakat  hududlari  o‗rtasida  taqsimlash  va  qayta 
taqsimlashda  namoyon  bo‗ladi.  Bundan  milliy  daromadning  bir  qismi  korxona  va  aholi 
daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‗lovlari, aksiz yig‗inlari kabilar orqali 
davlat  qo‗lida  to‗planadi.  O‗z  qo‗lida  to‗plangan  milliy  daromadning  katta  qismini  davlat 
moliya  vositasida  aholining  ijtimoiy  madaniy  ehtiyojlariga  (uy  joy  qurilishi,  tibbiyot  xizmati, 
maorif,  nafaqa,  stipendiya  va  shu  kabilar  to‗plashga),  daromadlar  darajasini  ushlab  turishga, 
milliy mudofaaga, atrof muritni murofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 
3.Moliyaning  rag‗barlantiruvshilik  vazifasi,  birinchidan,  yaratilgan  mahsulot  qiymatini 
taqsimlash  jarayonida,  ikkinchidan,  pul  fondlarini  tashkil  qilish  va  sarflash  mexanizmi 
vositasida  amalga  oshiriladi.  Ikki  holda  ham  moliya  ishlab  chiqarish  samaradorligiga,  uning 
pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.  
4.Moliyadan  ishlab  chiqarish,  taqsimlash  va  iste‘mol  ustidan  nazorat  qilish  vositasi 
sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomga rioya qilish 
uchun  moddiy  javobgar  bo‗lish  tizimi,  turli  soliqlar  undirib  olish  va  mablag‗  bilan  ta‘minlash 
tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.  Moliyaviy  munosabatlar  va  ularga  xizmat  qiluvchi  maxsus 
muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi korxonalar (tarmoqlar) va 
umumdavlat moliyasini o‗z ichiga oladi. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab 
chiqarish  jarayonida  hamda  alohida  fondlar  yaratish  yo‗li  bilan  xodimlarning  ijtimoiy 
ehtiyojlariga  xizmat  qiladi.  Umumdavlat  moliyasi  davlat  byudjetini,  ijtimoiy  sug‗urta  fondini 
hamda  davlat  mol-mulkiy  va  shaxsiy  sug‗urtasi  fondini  o‗z  ishiga  oladi.  Davlat  pul 
mablag‗larining asosiy markazlashgan fondi bo‗lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy 
bo‗g‗ini bo‗lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti - bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash 
manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti 
orqali  o‗tadi.  Uning  asosiy  vazifasi  moliyaviy  vositalar  yordamida  iqtisodiyotni  samarali 
rivojlantirish  va  umumdavlat  miqyosidagi  ijtimoiy  vazifalarni  ral  qilish  uchun  sharoit 
yaratishdir.  O‗zbekistonda  davlat  byudjetining  tuzilishi,  daromadlari  va  xarajatlarining  tarkibi 
quyidagi ma‘lumotlar bilan xarakterlanadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish