Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Soliq tizimi va uning vazifalari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

3.Soliq tizimi va uning vazifalari 
Soliq  iqtisodiy  kategoriya  sifatida,  sof  daromadning  bir  qismini  byudjetga  jalb  qilish 
shakli bo‗lib, moliyaviy  munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq - bu byudjetga 
majburiy  to‗lovlar  shakli.  Soliq  yordamida  milliy  daromadning  tegishli  qismi  taqsimlanadi  va 
qayta taqsimlanadi. 
Davlat  tomonidan  olinadigan  soliqlar  hamda  ularning  tashkil  qilinish  shakl  va  usullari 
birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. 
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: 
-davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); 
-ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); 
-iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). 
Davlat  sarflari  soliq  tushumlari  hisobiga  amalga  oshsa-da,  davlat  sarflari  miqyosining 
o‗sishi o‗z navbatida soliqlarning o‗sishini taqazo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. 
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‗lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda 
soliq hajmining o‗sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.  
1. Aholi sonining o‗sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o‗zgarmay qolgan 
taqdirda  ham,  aholining  o‗sgan  qismini  ijtimoiy  ne‘matlar  va  xizmatlar  bilan  ta‘minlash 
qo‗shimcha mablag‗larni zarur qilib qo‗yadi. 
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush 
darajasining ortishi ijtimoiy soxa xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi. 
3.Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o‗sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi 
atrof  muhitning  sifati  muammosini  keskinlashtiradi.  Juda  ko‗p  miqdordagi  moddiy 
ne‘matlarni  ishlab  chiqarish  va  iste‘mol  qilish  havo,  suv  va  yerning  ifloslanishi  shaklidagi 
qo‗shimsha  xarajatlarning  o‗sishini  keltirib  chiqaradi.  Atrof-murit  muammosini  ral  qilishda 
asosiy rol davlat YAIM zimmasiga tushadi. 
4.Daromadlar  tengsizligini  qisqartirish  dasturlarini  amalga  oshirish.  Bularga  xususan 
ijtimoiy  sug‗urtani  rivojlantirish,  ishsizlik  bo‗yicha  nafaqalar,  ijtimoiy  ta‘minot,  tekin 
meditsina  yordamlari  davlat  dasturi,  oziq-ovqat  mahsulotlariga  dotatsiyalar,  davlat  uy  joy 
qurilishi kiradi.  
5.Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta‘minlash xarajatlari hajmining o‗sishi. 
Hozirgi  davrda  davlatning  soliq  siyosatini  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq 
qo‗mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi. 
Respublika  hududida  amal  qiluvchi  soliqlar,  uning  to‗lovlari  soliq  undirishning 
ob‘ektlari,  soliq  to‗lash  tartibi,  soliq  to‗lash  bo‗yicha  imtiyozlar,  soliq  to‗lash  bilan  bog‗liq 
ravishda  kelib  chiqadigan  munozaralarni  ral  qilishning  umumiy  tartibi  O‗zbekiston 
Respublikasining soliq to‗g‗risidagi qonunlari bilan aniqlanadi. 
Korxonalar  faoliyatini  soliq  yordamida  tartibga  solish  quyidagi  umumiy  prinsiplari 
asosida amalga oshiriladi: 
-barcha  daromadlardan,  ularning  manbalariga  bog‗liq  bo‗lmagan  holda  soliq 
undirishning majburiyligi; 
-soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; 
-samarali  ishlovshi  korxonalarda  hamda  xo‗jalik  yuritishning  progressiv  shakllari 
uchun soliq normalarining rag‗batlantiruvshi rolini ta‘minlash; 
-soliq to‗lovi bo‗yicha barcha sub‘ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat. 
Soliq stavkasini belgilash bir qator prinsiplarga asoslanadi.   
1. 
Naflilik 
prinsipi 

har 
xil 
kishilardan, 
ularning 
soliqlar 
hisobiga 
moliyalashtiriladigan  dasturlardan  foydalanishi  darajasiga  qarab  turlisha  soliq  undirilishi 
kerakligini bildiradi. 


 
 
96 
 
Soliq  summasining  (R)  soliq  olinadigan  summaga  (D)  nisbatining  foizdagi  ifodasi 
soliq stavkasi (R)‘ deyiladi yoki, 
%
100
`


D
R
R
 
2. To‗lovga layoqatlilik prinsipi - soliq miqdori soliq to‗lovshining boyligi va daromadlari 
darajasiga  mos  kelishi  zarur.  Boshqasha  aytganda,  soliq  solish  daromadlarning  adolatli 
taqsimlanishini taqozo qilish zarur. 
3.  Adolatlilik  prinsipi  -  daromadlari  va  rukumat  dasturlaridan  foydalanish  darajasi 
bo‗yicha teng bo‗lgan kishilar teng miqdorda soliq to‗lashi zarur. 
Soliq bo‗yicha imtiyozlar qonunshilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida 
o‗rnatiladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan: 
-  ob‘ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; 
- soliq to‗lashdan alohida shaxs yoki ma‘lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod 
qilish; 
-  soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish; 
-  soliq olinadigan summadan shegirish; 
-    soliqli  kredit  (soliq  olishni  keshiktirish  yoki  soliq  summasini  ma‘lum  miqdorga 
kamaytirish). 
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. 
Soliq  stavkasi  va  daromadlar  o‗rtasidagi  nisbatga  asoslanib,  soliqlar  odatda  progressiv 
(o‗sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‗linadi. 
1. Agar soliqning o‗rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o‗sib borsa, progressiv soliq 
hisoblanadi. 
2.  Daromadlar  o‗sib  borishi  bilan  o‗rtacha  stavkasi  pasayib  boruvchi  soliqlar  regressiv 
soliqlar deyiladi. 
3.  Proporsional  soliq  o‗rtacha  soliq  stavkasi  daromad  hajmiga  bog‗liq  bo‗lmagan  holda 
o‗zgarishsiz qolishini taqazo qiladi. 
Bunda  davlat  butun  xo‗jalik  kon‘yunkturasiga  umumiy  ta‘sir  ko‗rsatish  maqsadida, 
soliq  mexanizmidan  keng  foydalaniladi.  Davlat  iqtisodiyotdagi  turg‗unlik  holatini  bartaraf 
qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital quyilmalarning rag‗barlantiradi, hamda shu 
orqali  iste‘molchilik  va  investitsion  tovarlarga  yalpi  talabni  kengaytirish  uchun  ancha  kulay 
sharoit yaratadi. Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‗sishiga 
olib  kelishini  birinchi  bo‗lib  amerikalik  iqtisodshi  A.Loffer  asosladi.  A.Lofferning 
mulorazalariga ko‗ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish, 
ularning  kapital  qo‗yilmalariga  bo‗lgan  rag‗batini  susaytiradi,  fan  texnika  taraqqiyotini 
to‗xtatadi,  iqtisodiy  o‗sishni  sekinlashtiradi  va  bular  oxiri  oqibatda,  davlat  byudjeti 
tushumlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Davlat  byudjetining  daromadlari  va  soliq  stavka  (norma)si  o‗sishi  o‗rtasidagi 
bog‗liqlikning grafikda tasvirlanishi ―Loffer egri chizig‗i‖ nomini oldi. (7-rasm). 
 
7-chizma. Laffer egri chizig„i. 
Grafik tik o‗qida soliq stavkasi (R), yotiq o‗qida - davlat byudjetiga tushumlar (V) aks 
etgan.  Soliq  stavkasining  optimal  miqdori  (R1)  davlat  byudjetiga  eng  yuqori  tushum  (V1)ni 


 
 
97 
 
ta‘minlaydi. Soliqlar  yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish  susayadi, 100 
foizli  soliq  olishda  davlat  daromadi  nolga  teng  bo‗ladi,  chunki  rech  kim  tekinga  ishlashni 
xorlamaydi.  Boshqacha  aytganda,  uzoq  muddatli  istiqbolda  haddan  tashqari  yuqori 
o‗rnatilagan  soliqlarni  pasaytirish  jamg‗armalar,  investitsiyalar,  bandlilikning  ortishi  orqali 
soliq  undiriladigan  yalpi  daromad  hajmining  o‗sishini ta‘minlaydi.  Natijada  soliq  tushumlari 
summasi  ko‗payadi,  davlat  daromadlari  hajmi  o‗sadi,  taqchillik  kamayadi  va  inflyatsiyaning 
susayishi  ro‗y  beradi.  Lekin  o‗z-o‗zidan  tushinarliki,  Laffer  samarasi  faqat  erkin  bozor 
mexanizmi me‘yorida amal qilgan holdagina namayon bo‗ladi. 
Laffer  nazariyasining  haqiqatga  yaqinligi  shundaki,  soliq  normasining  oshishi  yoki 
tushishi  shubrasiz  kapital  qo‗yilmalar  o‗sish  sur‘atiga  to‗siq  bo‗luvshi  yoki  aksincha 
rag‗barlantiruvshi  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Ammo,  umuman  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 
investitsiyalarga soliq stavkasidan tashqari ko‗plab omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Bu omillar ishida 
muxim  o‗rinni  siklning  xususiyatlari,  u  yoki  bu  korxona  mahsulotiga  talab  va  taklif  nisbati, 
ular foydasining darajasi egallaydi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish