Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta‟siri



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

3.Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta‟siri. 
Hozirgi  zamon  iqtisodiy  fanida  iqtisodiy  sikl  va  siklli  rivojlanishga  mingdan  ortiq 
qarashlar mavjudligi ta‘kidlanadi. 
 Biz  ularning  ko‗pchilik  iqtisodchilar  tomonidan  tan  olingan  asosiylariga  tavsif 
behamiz.  Kitchin  sikli  -  zahiralar  sikli  deb  ham  nomlanadi.  Bunda  Kitchin  (1926  y.) 
moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari xarakatida sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 
4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‗lqinlarni tadqiq qilishga o‗zining e‘tiborini qaratadi. 
Juglar sikli - biznes-sikl, sanoat sikli, o‗rtacha sikl va katta sikl kabi nomlar bilan ham 
ataladi.  Oldingi  davrlarda  iqtisodiy  fan  7-12  yillik  sikllarni  ajratib  ko‗rsatganligi  tufayli, 
aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy 
tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‗rganishga katta hissa qo‗shgan K.Juglar (1819-
1905 yy.) nomi bilan ataladi. 
Birinchi  sanoat  sikli  1825  yil,  mashinali  ishlab  chiqarish,  metallurgiya  va  boshqa 
yetakchi tarmoqlarda hukmron mavqeni egallagan davrda Angliyada kuzatiladi. 1836 yildagi 
krizis  dastlab Angliyada  boshlanib,  keyin AQShga  ham  tarqaladi,  1847-1848  yillarda AQSh 
va  qator Yevropa  davlatlarida  boshlangan  krizis,  tub  mohiyatiga  ko‗ra  birinchi  jahon  sanoat 
krizisi bo‗lgan. 
Agar  XIX  asrda  sanoat  sikli  10-12  yilni  tashkil  qilgan  bo‗lsa,  XX  asrda  uning 
davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan. 
AQSh  va  Yevropaning  rivojlangan  davlatlari  XX  asrda  12  ta  sanoat  siklini  boshdan 
keshirgan bo‗lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‗y bergan. 
Kuznes  sikli  -  ko‗p  xollarda  «qurilish  sikli»  deb  nomlanib,  20  yilgacha  bo‗lgan 
iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. S.Kuznes  o‗zining  «Milliy daromad» (1946  y.) nomli 
kitobida,  milliy  daromad,  iste‘molchilik  sarflari,  ishlab  chiqarish  maqsadidagi  uskunalar, 
hamda  bino  va  inshoatlarga  yalpi  investitsiyalar  ko‗rsatkishlarida  20-yillik  o‗zaro-bog‗liq 
tebranishlar  mavjud  bo‗lishini  aniqlaydi.  1955  yilda  amerikalik  iqtisodchining  xizmatlarini 
tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznes sikli deb nomlashga qaror qilinadi. 
Kondratev sikli - «uzun to‗lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini 
ishlab  shiqishga  rus  olimi  N.D.Kondratev  katta  rissa  qo‗shadi.  Uning  tadqiqoti  Angliya, 
Fransiya va AqShning, 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy 
o‗sishning ko‗p omilli tahlilini o‗tkazib, ya‘ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish 
haqi,  tashqi  savdo  aylanmasi  kabi  makroiqtisodiy  ko‗rsatkishlarning  o‗rtacha  darajasini 
umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‗rsatadi. 

  I-sikl: 1787-1814 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin, 1814-1851 yy. Pasaytiruvshi to‗lqin. 

  II-sikl: 1844-1851 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin, 1970-1896 yy. - pasayuvshi to‗lqin. 

  III-sikl: 1896-1920 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin. 
Kondratev  siklining  davomiyligi  o‗rtacha  40-60  yilni  tashkil  qiladi  va  uning  asosiy 
xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‗zgarishlarni o‗zida aks ettirishi hisoblanadi. 
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, 
ikkinchisini - temir yo‗l transportining rivojlanishi, uchinchisini - elektroenergiyasi, telefon va 
radioning  kashf  etilishi,  to‗rtinshisini  -  avtomobil  sanoatining  rivojlanishi  bilan  bog‗laydi. 
Hozirgi  zamon  tadqiqotchilari  beshinchi  siklni  elektronika,  gen  injenerligi  va 
mikroprotsessorlar rivojlanishi taqoza qilishini ko‗rsatadi. 


 
 
90 
 
Iqtisodiy  sikl  barcha  tomonlari  bilan  namoyon  bo‗lib, amalda iqtisodiyotning  hamma 
sohalariga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Iqtisodiyot  tarkibiy  qisimlarning  o‗zaro  bog‗liqligi 
sababli uning  hech bir  sohasiga inflyatsiya  to‗lqini  yoki  turg‗unlikning nohush  oqibatlaridan 
chetda qolmaydi. Ammo shuni e‘tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush 
darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta‘sir ko‗rsatadi. 
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli 
foydalaniladigan  iste‘molchilik  tovarlari  ishlab  chiqaradigan  tarmoqlari  ko‗proq  yo‗qotishga 
uchraydi.    Uy-joy  va  sanoat  binolari  qurilishi,  og‗ir  mashinasozlik  hamda  investitsion 
tovarlar,  avtomobillar,  maishiy  xo‗jalik  buyumlari  va  shunga  o‗xshash  tovarlar  ishlab 
chiqarish  bilan  bog‗liq  sanoat  tarmoqlari  va  ularda  band  bo‗lgan  ishchilar  siklning  inqiroz 
fazasida  og‗ir  oqibatiga  uchraydi.  Biroq,  bu  tarmoqlar  siklning  yuksalish  fazasida  o‗zining 
rivojlanish uchun yuqori darajada rag‗bat oladi.  
Iqtisodiyot  qiyinchilikni  boshdan  kechira  boshlaganda,  ishlab  chiqaruvchilar 
ko‗pincha  zamonaviy  uskunalarni  sotib  olishni  va  yangi  zavodlar  qurishni  to‗xtatadi  yoki 
qandaydir  muddatga  keshiktirishi  mumkin.  Bunday  kon‘yuktura  sharoitda  investitsion 
tovarlar  zayiralarni  ko‗paytirish  resh  qanday  iqtisodiy  mazmunga  ega  emas,  aksincha 
korxonalar  mavjud  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  ancha  to‗laroq  foydalanishlari  mumkin 
bo‗ladi.  
Iqtisodiy  jihatdan  qulay  davrlarda  ya‘ni  siklning  jonlanish  va  yuksalish  fazalarida 
ishlab  chiqarish  vositalari  odatda  ular  to‗liq  eskirganisha  almashtiriladi.  Ammo    tanazzul 
davri  kelganida,  korxonalar  o‗zining  eskirgan  uskunalarini  ta‘mirlab,  ularni  ishga  tushiradi. 
Shu  sababli  bu  davrda  ishlab  chiqarish  vositalariga  investitsiyalar keskin  qisqaradi. Ortiqsha 
ishlab  chiqarish  quvvatlari  mavjud  bo‗lgan  ayrim  korxonalar,  ratto  iste‘mol  qilingan  asosiy 
kapitalining o‗rnini qoplashga ham xarakat qilmaydi.  
qisqa  mudatli  foydalaniladigan  iste‘molchilik  tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  sanoat 
tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. 
Aholi  yoki  keng  iste‘molchilar  qatlamiga  iqtisodiy  sikl  turlisha  ta‘sir  ko‗rsatadi. 
Tanazzul  davri  boshlanganda,  doimiy  daromad  oluvchi  iste‘molchilar  oila  byudjetini 
qisqartirishga  to‗g‗ri  keladi,  maishiy  texnika  va  avtomashina  kabi  uzoq  muddat 
foydalaniladigan  tovarlarni  xarid  qilishini  to‗xtatadi.  Har qanday  sharoitda  ham  oila  a‘zolari 
yeb-ishishi  va  kiyinishi  zarurligi  tufayli,  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  kiyim-keshaklar,  ya‘ni 
qisqa  muddatda  foydalanadigan  iste‘molchilik  tovarlarini  xarid  qilishni  to‗xtatish  mumkin 
emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.  
Investitsion  tovarlar  va  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste‘molchilik  tovarlari  ishlab 
chiqaruvchi  ko‗pshilik  sanoat  tarmoqlari    yuqori  darajada  monopol  mavqega  egaligi  bilan 
farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‗p bo‗lmagan yirik firmalar ma‘lum davr davomida 
narxning  pasayishiga  qarshi  turishi,  talabning  kamayishi  sababli  mahsulot  chiqarish  hajmini 
sheklash  uchun  yetarlisha  monopol  rukumdorlikka  ega  bo‗lishi  mumkin.  Shu  sababli 
talabning  kamayishi  birinchi  navbatda  ishlab  chiqarish  va  bandlilik  darajasiga  ta‘sir 
ko‗rsatadi.  Bunga  teskari  bo‗lgan  rolatni  qisqa  muddatli  foydalaniladigan  iste‘molchilik 
tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  sanoat  tarmoqlarida  kuzatish  mumkin.  Bu  tarmoqlarning 
ko‗pchiligi  o‗zlarining  raqobatga  layoqatsizligi  va  ishlab  chiqarishi  markazlashuv 
darajasining pastligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi 
tura  olmasligi  mumkin  va  mahsulotlariga  talabning  pasayishi  ishlab  chiqarish  darajasiga 
qaraganda  narxlarda  ko‗proq  aks  etadi.    Demak,  kapitalning  to‗planishi  yuqori  darajada 
bo‗lgan  tarmoqlarda  ishlab  chiqarish  xajmining  keskin  pasayishi  va  narxlarning  nisbatan 
sekin  tushishi,  to‗planish  darajasi  past  bo‗lgan  tarmoqlarda  narxlarning  sezilarli  tushishi  va 
maxsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish