Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi.  
Iqtisodiy inqirozlar. 
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy 
o‗sishga, hamda to‗liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga xarakat qiladi, 
ammo  uzoq  muddatli  iqtisodiy  o‗sish  bir  tekis  va  uzluksiz  bormaydi,  u  iqtisodiy  beqarorlik 
davrlari  bilan  uzulib  turadi.  Iqtisodiy  o‗sish  ketidan  doimo  tanazzul  kelib  turadi. Vaqti-vaqti 
bilan  ob‘ektiv  qonunlarning  o‗zgartirib  bo‗lmaydigan  ta‘siri  ostida  takror  ishlab  chiqarish 
xarakatida  uzilishlar  paydo  bo‗ladi  va  bu  uzilish  iqtisodiyot  nomutanosibliklarining  keskin 
shaklda namoyon bo‗lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy 
holatidan,  yoki  bir  inqirozdan  ikkinchisi  boshlangunga  qadar  takrorlanib  turadigan 
to‗lqinsimon xarakati  tuchuniladi.  Sikl  inqiroz, turg‗unlik,  jonlanish,  yuksalish  fazalarini  o‗z 
ishiga  oladi.  Ana  shu  fazalarning  har  biri  rivojlanishi  jaryonida  navbatdagi  fazaga  o‗tish 
uchun sharoit yuzaga keladi. 
Inqiroz  ishlab  chiqarishning  pasayishida  ifodalanadi  va  siklning  qayd  etuvchi 
ifodasidir.  U  bir  siklni  niroyasiga  yetkazib,  yana  muqahar  ravishda  inqiroz  bilan  tugaydigan 
yangisining  boshlanishiga  asos  soladi;  inqiroz  vaziyatda  asosiy  kapitalning  ortiqsha 
jamg‗arilishi  uning  hamma  funksional  shakllarida  namoyon  bo‗ladi.  Inqirozdan  keyin 
turg‗unlik  keladiki,  uning  davomida  iqtisodiy  faollik  jonlanishi  uchun  sharoitlar  vujudga 
kelishi nihoyasiga yetadi. 
Jonlanish  fazasining  boshlanishi  ozmi-ko‗pmi  darajada  barqaror  ishlab  chiqarishning 
kengayishiga o‗tishni bildiradi. 
Ish  bilan  ta‘minlanish  darajasining  ortishi  va  foydalarning  tez  o‗sishi  jonlanishning 
yuksalish  bosqichiga  o‗sib-o‗tishiga  ko‗maklashadi.  YAngi  sikl  yuksalishning  boshlang‗ish 
nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo‗lgan talabning kengayishi ishsizlikning 
birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‗sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste‘mol 
tovarlariga to‗lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‗z navbatida, iste‘mol 
tovarlari  ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga,  bozorni kengaytirishga  jadal  turtki  beradi. Raqobat 
va  foyda  ketidan  quvish  oqibatida  nomutanosibliklarning  to‗planib  borishidan  iborat  zanjirli 
reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarhar bo‗lib qoladi. 
Alohida  iqtisodiy  sikllar  bir-biridan  davomiyligi  va  intensivligi  bo‗yicha  keskin 
farqlanadi.  Shu  bilan  birga  ularning  hammasi  bir  xil  fazalarga  ega  bo‗ladi  va  har  xil 
tadqiqotshilar tomonidan turlisha nomlanadi. 6-chizmada ko‗pshilik iqtisodshilari tomonidan 
tan  olingan  iqtisodiy  sikl  ko‗rsatilgan.  Siklning  eng  yuqori  nuqtasida,  iqtisodiyotda  to‗liq 
bandlilik  kuzatiladi  va  ishlab  chiqarish  to‗liq  yoki  deyarli  to‗liq  quvvat  bilan  ishlaydi. 
Siklning bu fazasida narx darajasi o‗sish tamoyiliga ega bo‗ladi, iqtisodiy faollikning o‗sishi 
to‗xtaydi. 
 


 
 
87 
 
 
chizma. Iqtisodiy sikl 
 
Tanazzul  fazasida  ishlab  chiqarish  va  bandlilik  qisqaradi,  ammo  narxlar  pasayish 
tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o‗zining eng 
past darajasiga erishishi bilan xarakterlanadi. 
Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. 
Inqirozning  sababi  shundan  iboratki,  jamiyatda  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  massasi 
to‗lovga  qobil  talabga  mos  kelmay  (undan  oshib  ketadi  yoki  kam  bo‗ladi)  qoladi.  Natijada 
ishlab  chiqarishning  bir  qismi  to‗xtab  qoladi,  tovarlar  ishlab  chiqarish  kamayadi,  ishlab 
chiqarishning  o‗sish  davri  uning  tushkunligi  bilan  almashinadi.  Iqtisodiyotning  tez  o‗sish 
davrlari  ko‗pincha  inflyatsiya,  ya‘ni  narx  darajasining  ko‗tarilishi  bilan  orqaga  ketadi. 
Shunday davrlar ham bo‗ladiki, bunda iqtisodiy o‗sish bandlilik va ishlab chiqarishning past 
darajasiga o‗rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‗tarilishi bilan birga ishsizlik ham 
keskin  o‗sadi.  qisqacha  aytganda,  iqtisodiy  o‗sishning  uzoq  muddatli  tamoyillari  ham 
ishsizlik,  ham  inflyatsiya  oqibatida  uzilib  qoladi  va  murakkablashadi.  Inqirozlarning  asosiy 
sababi  —  takror  ishlab  chiqarishdagi  beqarorlik  va  nomutanosibliklardir.  Bu  avvalo  ishlab 
chiqarish  va  uning  natijalarini  o‗zlashtirish  o‗rtasidagi  nomutanosiblik  bo‗lib,  u  turli  ishlab 
chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‗ladi. 
Ishlab chiqarish bilan iste‘mol, talab va taklif o‗rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib 
turadigan  nomutanosibliklar  ham  iqtisodiy  inqirozlarning  yuzaga  shiqish  imkoniyatini 
saqlaydi.  Kapitalizmgacha  bo‗lgan  davrlarda  ishlab  chiqarishning  keskin  qisqarishi,  odatda 
tabiiy  ofatlar  (qurg‗oqshilik,  toshqinlar  va  x.k.)  yoki  urushlar  va  ularning  keltiradigan 
vayronagarshiliklari  bilan  bog‗liq  bo‗lgan.  Yirik  mashinali  ishlab  chiqarishga  o‗tilgan 
davrdan  keyingi  vaqti-vaqti  bilan  iqtisodiyotni  larzaga  solib  turuvchi  iqtisodiy  inqirozlar 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik xarakterni kasb etadi.  
Ko‗pchilik  hozirgi  zamon  iqtisodchilari  iqtisodiy  sikllarning  ob‘ektiv  xarakterini  tan 
olib,  bu  hodisani  unga  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  ichki  va  tashqi  omillarni  tahlil  qilish  orqali 
o‗rganishni tavsiya qiladi. 
Tashqi  omillarga  iqtisodiy  tizimdan  tashqarida  yotuvshi  va  iqtisodiy  rodisalarning 
davriy  takrorlanishini  keltirib  chiqaradigan  omillar  kiritiladi.  Bu  tashqi  omillar  ichidan 
quyidagilarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 
– urushlar, inqilobiy o‗zgarishlar va boshqa siyosiy lahzalar; 
– oltin, uran, neft va boshqa YAIMatli resurslar yirik konlarning ochilishi; 
–  yangi  hududlarning  ochilishi  va  bu  bilan  bog‗liq  ravishda  aholi  migratsiyasi,  yer 
shari aholisi sonining o‗zgarib turishi; 
–  ijtimoy  ishlab  chiqarish  tarkibini  tubdan  o‗zgartirishga  qodir  bo‗lgan  texnologiya, 
tadqiqotlar  va innovatsiyalardagi qudratli o‗zgarishlar. 


 
 
88 
 
Iqtisodiy  sikllarni  tashqi  omillarning  mavjudligi  bilan  tuchuntiruvshi  nazariyani, 
eksternal  nazariya  deb  atash  qabul  qilingan.  Internal  nazariya  iqtisodiy  sikllarni  iqtisodiy 
tizimning o‗ziga xos ishki omillar tug‗diradi deb hisoblaydi. 
Asosiy  kapitalning  jismoniy  xizmat  muddati,  ko‗pchilik  iqtisodchilar  tomonidan 
iqtisodiy siklni tug‗diruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. 
Agar  bir  yoki  bir  necha  tarmoqda,  mashina  -uskunalarga  talabning  keskin  ortishi 
keltirib  chiqaradigan iqtisodiy  o‗sish  boshlansa,  to‗liq tabiiyki,  bu  hol mashina  va  uskunalar 
to‗liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. 
Boshqa ichki omillardan qo‗yidagilar ajratib ko‗rsatiladi: 
– Shaxsiy iste‘molning o‗zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);  
–  investitsiyalar,  ya‘ni  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  uni  yangilash  va  yangi  ish 
joylarini vujudga keltirishga yo‗naltiriladigan mablag‗lar hajmi;  
– ishlab chiqarish, talab  va takliflar hajmiga ta‘sir ko‗rsatishga qaratilgan davlatning 
iqtisodiy siyosatining o‗zgarishi; 
Iqtisodiy  sikllarning  kelib  chiqishini  faqat  eksternal  yoki  internal  nazariya  orqali 
tushuntirish  ko‗pam  to‗g‗ri  emas.  Iqtisodiy  sikl  va  umuman  iqtisodiy  tizimdagi  miqdoriy  va 
sifat o‗zgarishlar tashqi va ishki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish