Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

2.Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.  
Iqtisodiyotdagi  inqirozlardan  bir  ko‗rinishi  yoki  uning  bir  turi  tarkibiy  inqirozlardir. 
Bu  inqirozlarni  ishlab  chiqarishning  ayrim  sohalari  bilan  tarmoqlar  rivojlanishi  o‗rtasidagi 
chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. 
Tarkibiy  inqirozlar  bilan  iqtisodiy  tebranishlar  va  shu  jumladan  iqtisodiy  faollikning 
mavsumiy  tebranishlari  ham  mavjud  bo‗ladi.  Masalan,  bayhamlar  arafasidagi  xarid  qilish, 
iste‘molchilik  tovarlarining  faollik  sur‘atida,  asosan  chakana  savdoda  sezilarli  har  yillik 
tebranishlarga  olib  keladi.  qishloq  xo‗jaligi,  avtomobil  sanoati,  qurilish  ham  qandaydir 
darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‗ladi. 
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya‘ni uzoq muddatli davr, 
masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog‗liq. Bu 
yerda shuni ta‘kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AqSh) uzoq muddatli tamoyil 
sezilarli  iqtisodiy  o‗sish  bilan  xarakterlansa,  boshqalari  uchun  iqtisodiy  o‗sishning 
sekinlashuvi xos. 
Iqtisodiy  faollikning  tebranishini  tushuntiruvshi  ko‗plab  qarashlar  mavjud  bo‗lishiga 
qahamasdan  ko‗pshilik  iqtisodchilar,  ishlab  chiqarish  va  bandlik  darajasini  bevosita 
aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi. 
Qishloq xo‗jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar 
quyidagi  shakllarda  namoyon  bo‗ladi:1)  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlarining  nisbiy  ortiqcha 
ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to‗planishi.2) Narxlarning 
pasayishi,  daromadlar  va  foydalarning  kamayishi.3)  Fermerlarning  ommaviy  ravishda 
xonavayron  bo‗lishi,  ularning  qarzlarining  ortishi.4)  qishloq  aholisi  o‗rtasida  ishsizlarning 
ko‗payishi.  Qishloq  xo‗jaligida  takror  ishlab  chiqarish  o‗ziga  xos  xususiyatlarga  ega 
bo‗lganligi  sababli,  agrar  inqirozlar  o‗ziga  xos  xarakter  kasb  etadi.  Agrar  inqirozlar  sanoat 
sikllariga  qaraganda  odatda  ancha  uzoqroqqa  cho‗zilib  boradi.  Birinchi  agrar  inqiroz  o‗tgan 
asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‗rtasigacha davom qilgan edi. 
Birinchi  jahon  urushidan  keyin,  aholining  xarid  qobiliyati  juda  pasayib  ketgan 
sharoitda,  1920  -  yil  bahorida  keskin  agrar  inqiroz  boshlanib  ketdi  va  ikkinchi  jahon 
urushining  boshlanishga  qadar  davom  etdi.  Uchinchi  agrar  inqiroz  1948  -  yildan  boshlanib, 
80-yillargacha  davom  etdi.  Agrar  inqirozlarning  cho‗zilib  ketishining  asosiy  sabablari 
quyidagilar:  a)  yerga  xususiy  mulk  monopoliyasi  sharoitida,  u  qishloq  xo‗jalik  ishlab 
chiqarishining  rivojlanishida  sanoatga  nisbatan  orqada  qolishni  taqozo  etadi;  b)  yer 
rentasining  mavjud  bo‗lishi  va  uning  uzluksiz  sur‘atda  o‗sib  borishi.  yer  rentasining,  avvalo 
absolyut  rentaning  ko‗payishi  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlarini  qYAIMatlashtirib  yuboradi, 
buning  natijasida  uni  sotish  qiyinlashadi.  v)  Ko‗plab  mayda  dehqon  xo‗jaliklarning  mavjud 


 
 
89 
 
bo‗lishi.  Mayda  ishlab  chiqaruvchilar  xo‗jalikni  asosan  o‗zi  va  oilasi  uchun  zarur  tirikchilik 
vositalarini  topish  maqsadida  yuritadi.  Inqiroz  sharoitida  ham  ular  ishlab  chiqarishni 
qisqartira  olmaydilar.  Tirikchiliklarini  o‗tkazish  va  ijara  haqini  to‗lash  uchun  ishlab 
chiqarishni  ilgarigi  miqiyoslarda  olib  boraveradi.  Bu  hol  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlarini 
ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko‗paytirib yuboradi. 
Agrar  inqirozlar  siklli  xarakterga  ega  bo‗lmaydi.  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlarini 
ortiqcha  ishlab  chiqarish  absolyut  xarakterga  emas,  balki  nisbiy  xarakterga  ega.  Chunki 
inqiroz ro‗y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish