Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni
tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma tushuniladi.
Ta’limda axborot texnologiyalari axborotni kompyuter yordamida ishlov berishni o’rganadi.
Hammaga ma‘lumki kompyuter hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasidir.Hisoblash
mashinasi keng ko’lamdagi masalalarni: fan, texnika, tibbiyot, aloqa va boshqalarni hisoblashda
ishlatiladi.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, ular
yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz.
Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha
soxalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish
va boshqarish bilan bog`lik bo`lgan yagona sohadir.
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan bevosita
bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar ustida
bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo`lgan
tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi
omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan
turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar
bilan turli vazifalarni amalga oshirish vositalari.
Har qanday texnologiyaning asosida ma’lum nazariy va amaliy fanlar yotadi. Xuddi shunday,
kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi ham ko‘p jihatdan "informatika" fanining yutuqlariga
bog‘liqdir.
Hozirgi paytda informatika - jamiyatimiznig barcha sohalariga chuqur kirib borayotgan
hamda katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan fanga aylandi. Birorta fan sohasida qo‘lga kiritilgan
yutuqlar, informatika sohasidagi kashfiyot va yangiliklarchalik ishlab - chiqarishga tez tadbiq
qilinmagan.
Buni quyidagi misoldan ham ko‘rish mumkin:
Kashfiyotning nomi
Amaliyotga tadbiq qilinguncha o‘tgan davr
qog‘oz
1000 yil
Bug‘ mashinasi
80 yil
Telefon
50 yil
Samolyot
20 yil
3
Tranzistor
3 yil
Elektron mikrosxemalar
6 oy
Informatikaning barcha usullari va vositalari istemolchiga "zamonaviy kompyuter
texnologiyalari" ko‘rinishida yetib keladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari deganda -
zamonaviy hisoblash texnikalari; aloqa uzatish vositalari hamda elektron xotiralash qurilmalari
yordamida informatsion xizmat kursatishning zamonaviy usullari tushuniladi.
Jamiyatimizda kompyuter texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoj qancha kuchli bo‘lmasin, uning
taraqqiyotiga mos keluvchi zamonaviy kompyuter texnologiyalarini yaratishga faqat keyingi
yillardagina imkon tug‘ildi. Bunga o‘tgan asrimizning so‘nggi choragida jahon fan va texnikasida
qo‘lga kiritilgan quyidagi yutuqlar asos bo‘ldi:
Informatsiyalarni maxsus programmalar yordamida qayta ishlovchi qudratli kompyuterlar va
elektron qurilmalar yaratildi;
Kompyuter o‘qiy oladigan hamda katta hajmdagi informatsiyalarni o‘zida saqlay oladigan
xotiralash vositalari (magnit disklar,optik va lazer disklar, magnit lentalar, mikroformalar va h.k.)
yaratildi;
Informatsiyalarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez va ishonchli yetkazib beruvchi aloqa
vositalari (telefon, telegraf, radio, televideniye, aloqa uzatish to‘rlari, kosmik aloqa vositalari va
h.k.) yaratildi.
Albatta bu yutuqlar o‘z - o‘zidan qo‘lga kiritilmadi. Ularning zaminida olimlarning hamda
muhandis-texnik xodimlarning asrlar davomida olib borgan izlanishlari, kashfiyot va ixtirolari
yotibdi. Bunday kashfiyot va ixtirolarning eng asosiylari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |