Mavzular. Tat fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxiterturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari. Ma’ruza rejasi


  Mexanik hisoblash qurilmalari



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/38
Sana01.07.2021
Hajmi1,04 Mb.
#106012
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
1-mavzu. TAT fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxiterturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari

2. 

Mexanik hisoblash qurilmalari. 

Bugungi  kunda  hayotimizni  kompyutersiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Ular  bizga  yozish,  o‘qish, 

musiqa tinglash, film tomosha qilishimizga, ob-havo ma’lumotlari, internetdan foydalanish va hatto 

tibbiy  tashhislar  qo‘yishga  yordam  beradi.  Kompyuterlar  turlari  shunchalik  ko‘pki,  yaqinda  hatto 




12 

 

muzlatgich  yoki  gaz  plitasi  ham  to‘laqonli  kompyuter  bo‘lib  qoladi.  «Kompyuter»  so‘zining  o‘zi 



insoniyat  tomonidan  mana  115  yildan  ortiq  vaqt  davomida  foydalanilib  kelishini  ko‘pchilik 

bilmaydi. 

Kompyuter  (ingl.  computer,  «hisoblagich»)  —  berilgan,  aniq  belgilangan  ketma-ketlikda 

operatsiyalarni  bajarishga  qodir  qurilma  yoki  tizimdir.  Bu  ko‘pincha  raqamli  hisoblashlar  va 

ma’lumotlarni ishlab chiqish operatsiyalaridan iborat, biroq bunga kiritish-olish operatsiyalari ham 

kiradi. Operatsiyalar ketma-ketligi ta’rifi dastur deb ataladi. 

Elektron hisoblash mashinasi, EHM — hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida 

axborotni avtomatik ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi. 

O‘zbek tili ilmiy adabiyotida qabul qilingan «EHM» nomi, kompyuter sinonimi hisoblanadi. 

Hozirgi  kunda  ushbu  nom  turmushda  foydalanishdan  deyarli  siqib  chiqarilgan  va  asosan  raqamli 

elektronikada  muhandislar  tomonidan,  yuridik  hujjatlarda  huquqiy  termin  kabi  hamda  tarixchilik 

mazmunida,  1940–1980  yillarda  kompyuter  texnikasini  va  shaxsiy  qurilmalardan  farqli  ravishda, 

katta hisoblash qurilmalarini ifoda etish uchun foydalaniladi. 

Elektron  hisoblash  mashinasi  funksional  qismlari  sifatida  elektron  komponentlaridan 

foydalanishni nazarda tutadi, biroq kompyuter boshqa prinsiplarda ham  qurilgan bo‘lishi mumkin 

— u mexanik qismlari holati o‘zgarishi, elektronlar, fotonlar harakatlari yoki boshqa fizik hodisalar 

hisobiga ishlab mexanik, biologik, optik, kvantli va shu kabi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ish 

bajarishi turiga qarab hisoblash mashinasi raqamli va analogli bo‘lishi mumkin. 

Kompyuter so‘zi inglizcha compute, computer so‘zlari hosilasi hisoblanib, ular  «hisoblash», 

«hisoblagich»  (inglizcha  so‘z  o‘z  navbatida  lotincha  computare  —  «hisoblash»  so‘zidan  kelib 

chiqadi) kabi tarjima qilinadi. Dastavval ingliz tilida ushbu so‘z mexanik qurilmalardan foydalanib 

yoki  foydalanmasdan  arifmetik  hisoblashlarni  amalga  oshiruvchi  insonni  anglatgan.  Keyinchalik 

uning  mazmuni  mashinalarning  o‘ziga  ko‘chiriladi,  biroq  zamonaviy  kompyuterlar  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri matematika bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab vazifalarni bajaradi. 

Birinchi  bor  kompyuter  so‘zi  talqini  1897-yilda  Oksford  ingliz  tili  lug‘atida  paydo  bo‘ldi. 

Uning  tuzuvchilari  o‘sha  davrda  kompyuterni  mexanik  hisoblash  qurilmasi  kabi  tushunganlar. 

1946-yilda  lug‘at  raqamli,  analogli  va  elektron  kompyuter  tushunchalarini  farq  qilishga  imkon 

beruvchi qo‘shimchalar bilan to‘ldirildi. 

Kompyuterning qisqacha tarixi 

Eramizdan  3000  yil  avval  —  Qadimiy  Vavilonda  birinchi  hisoblagich  —  abak  kashf  etildi. 

Eramizdan  500  yil  avval  —  Xitoyda  abakning  yanada  «zamonaviy»  varianti,  cho‘plarda  danaklar 

bilan — suanpan paydo bo‘ldi. Eramizdan 87 yil avval — Yunonistonda «antikiter mexanizmi» — 

ixtisoslashtirilgan  astronomik  hisoblagichdan  iborat  bo‘lgan  tishli  uzatish  asosidagi  mexanik 

qurilma yaratildi. 




13 

 

Dastlab  odamlar  barmoqlarida  sanar  edilar.  Savdo-sotiqning  rivojlanishi  bilan  barmoqlarda 



sanash  etarli  bo'lmay  qoldi  va  taxminan  eramizdan  avvalgi  beshinchi  ming  yillikda  bu  ish  uchun 

abak deb ataluvchi va XX asrdagi cho'tlarga o'xshab ketadigan mexanik hisoblagich paydo bo'ldi. 

Abakda  to'g'ri  chiziq  kesmasi  ko'rinishidagi  bir  necha  izlar  bo'lib,  ulardagi  toshchalarni  bir 

tomondan  ikkinchisiga  surish  mumkin  edi.  Har  bir  izning  o'z  quvvati  bo'lib,  u  o'nli  sanoq 

sistemasining  mos  xonasiga  to'g'ri  kelar  edi.  Bu  qurilma  yordamida  qo'shish  va  ayirish  amallarini 

ham bajarish mumkin edi. Abak olti ming yildan ortiq yil davomida insoniyatga xizmat qilib keldи.  

1492-yil  —  Leonardo  da  Vinchi  o‘zining  kundaliklaridan 

birida  o‘nta  tishli  halqalar  bilan  13-razryadli  yig‘indi  qurilmasi 

eskizini  keltiradi.  Ushbu  chizmalar  asosida  ishlovchi  qurilma 

faqatgina  XX  asrda  yaratilgan  bo‘lsa  ham  Leonardo  da  Vinchi 

loyihasi haqiqatda amalga oshirilishi mumkinligi tasdiqlandi. 


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish