- yangi axborotni matematik xisoblashlar yoki mantiqiy fikrlash orqali olishimiz mumkin.
- axborotni tartiblash (saralash). Masalan, guruh talabalari familiyasini alifbo bo`yicha
- bir necha axborotlar to`plamidan kerakli axborotni topish. Masalan, telefon raqamlari
xorijiy so`zni lugatdan foydalanib topish, aeroportda samolyotlarni qatnash jadvalidan
Bajarilayotgan axborot ustida ishlash axborotli jarayon deb ataladi. Axborotli jarayonning
Inson o`zini urab turgan borlikdan axborotni quyidagi beshta sezgi organlari, ya‘ni ko`rish,
9
Xo`sh axborot nima o`zi? Bu savolga javob berish uchun e‘tiborni dastlab o`zaro bir-biri bilan
bog`liq bo`lgan quyidagi ikki ob‘ektga, ya‘ni axborot manbaasi va axborot iste‘molchisiga qaratish
zarur. Tabiiy ob‘ektlar - planetalar, yulduzlar, insonlar, xayvonlar, o`simliklar dunyosi, o`rmonlar,
ilmiy tadqiqotlar, mashinalar va xakozalar axborot manbaaidir. Odamlar, xayvonlar, o`simliklar,
turli xil texnikalar va shu kabilar axborot iste‘molchisidir. Shuning uchun xam xozirda axborot
tushunchasi sezilarli darajada kengaymoqda.
Axborot ob‘ektlar, xodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir.
Olingan axborotlar belgili, matnli va grafikali ko`rinishda ifodalanadi.
Belgili ko`rinishdagi axborot asosan xarflar, raqamlar, kabi belgilar ko`rinishdan iborat
bo`ladi. Undan turli xodisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi.
Masalan, ko`chadagi svetoforning yashil chirog`i transport va odamlar xarakatlanishini bildirsa,
qizil chiroq esa, aksincha xarakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chiroq esa ko`cha xarakatini
almashinishi haqida xabar beradi.
Matnli ko`rinish axborotni tasvirlashning deyarli murakkab ko`rinishidir. Bunda xam
yuqorida keltirilganidek xarflar, raqamlar, matematik belgilardan foydalaniladi. Lekin, axborotni
tasvirlashda nafakat mazkur belgilardan foydalanamiz, balki ularni tutgan o`rni xam muxim
axamiyatga egadir. Masalan, "nok" va "kon" so`zlari bir xil xarflardan iborat bo`lsada, lekin turli xil
axborotni bildiradi. Matnli belgilardan amalda juda keng foydalaniladi. Jahonda juda ko`plab
kitoblar, oynomalar, kundalik ro`znomalar va xakozalar matnli ko`rinishda chop etilmoqda.
Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkabli ko`rinishi grafikali ko`rinish xisoblanadi.
Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi, fotografiya, chizmalar, sxemalar. rasmlar va
xakozalar kiradi.
Bir-birimiz bilan o`zaro almashinaetgan axborotlar nutq yoki yozma shaklda bo`lib, belgili
axborotlar deb ataladi. Ular yezma matnlar, xarflar, tinish belgilar, raqamlar va boshqa belgilardan
iborat bo`ladi.
Ogzaki nutq xam belgilardan iborat, lekin bu belgilar yozma emas balki ovozlidir.
Tilshunoslar buni fonemalar deb ataydilar. Fonemalardan so`zlar yig`iladi, so`zlardan esa iboralar
xosil bo`ladi. Yozma belgilar va ovozlar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqa mavjud. Dastlab ovoz,
so`ngra yozuv paydo bo`lgan. Inson nutqini qog`ozga tushirishni zarurati tufayli, yozuvga bo`lgan
extiyoj paydo bo`lgan. Alohida xarflar yoki xarflar birikmasi nutq ovozini, tinish belgilar esa
pauzalarni, intonatsiyalarni ifodalaydi.
Inson nutqi va yozuvi tilni tushunish bilan qattiq bog`liqdir. Albatta, bu yerda nutq organi
nazarda tutilgani yo`q, balki odamlar orasidagi muomila formasi nazarda tutilayapti. Muomila tili
milliy xarakterga ega. O`zbekcha, qozoqcha, ruscha, inglizcha, xitoycha, frantsuzcha va boshqa bir
qancha tillar mavjud. Tilshunoslar ushbu tillarni tabiiy tillar deb ataydilar.