4.5. “Bulut” texnologiyasining afzalliklariga asoslangan taqsimlangan
tizimlarni shakllantirish modeli
“Bulut” texnologiyasi “servis”, “web-servis” tushunchalariga asoslanadi.
Servisga yo‘naltirilgan arxitektura va “Bulut” texnologiyasi negizidagi
taqsimlangan tizimlarda qo‘llaniladigan “servis”, “web-servis” tushunchalari har
xil mazmundagi vazifalarni bajaradi.
SYA tizimlarida “web-servis” lar (ya’ni, servisni ta’minlaydigan dasturlar)
dasturiy interfeyslar orqali (masalan, SOAP protokolini ta’minlaydigan dasturlar)
boshqa “web-servis”lar yoki ilovalarga (ya’ni, mijoz dasturlariga) ular tomonidan
so‘ralgan xizmatlarni taqdim etadilar.
“Bulutda hisoblash” tizimida IaaS, PaaS, SaaS sathlaridagi resurslar
iste’molchilarga servis sifatida foydalanuvchi interfeyslari orqali taqdim etiladi.
Shu sababli, “Bulut” tarkibidagi ilovalarni servis sifatida SYA g‘oyasi negizida
taqdim etish masalalari diqqatga sazovor.
“Bulut” tarkibidagi ilovalar SaaS (Software-as-a-Service ), ya’ni “dasturiy
ta’minot servis sifatida” sathi tarkibida bo‘ladi.
Yuqori bandlarda ta’kidlanganidek, SaaS sathi markaziy kompyuter (mazkur
“bulut” dan uzoqlashgan kompyuter ham bo‘lishi mumkin) ilovalariga mahalliy
kompyuterdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishni ta’minlaydi. Markaziy kompyuter
ilovasi xizmatni taqdim etuvchi tashkilotning serverida foydalanuvchi masalasini
bajaradi va unga natijani taqdim etadi.
Foydalanuvchi masalasini yechish uchun markaziy kompyuterdagi ilovani
xarid qilib olmaydi, u faqat ilovani Internet orqali vaqtinchalik ishlatgani uchun
xaq to‘laydi.
225
“Bulutda hisoblash” texnologiyasining “dasturiy ta’minot servis sifatida”
sathi (ya’ni, (SaaS) sathi) keyingi avlod tarmoqlarida tashqi ilovalarga kirishni
ta’minlash uchun qo‘llaniladigan amaliy dasturlash interfeyslarining (API -
Application Programming Interface) imkoniyatlarini takomillashtiradi.
“Bulut” ilovalarini servis sifatida taqdim etishda servisga yo‘naltirilgan
arxitektura imkoniyatlaridan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bunda “Bulut” doirasidagi ilovalarni SYA arxitekturasi asosida
boshqariladigan murakkab jarayonlar boshqaruvini Internet infrastrukturasi asosida
amalga oshirish imkoni yaratiladi.
“Bulutda hisoblash” texnologiyasining “dasturiy ta’minot servis sifatida”
sathi (SaaS) ilovalarining ayrimlari faqat foydalanuvchi interfeyslari orqali ishlashi
belgilab qo‘yilgan, chunki ularda tashqi ilovalarga kirishni ta’minlash uchun
qo‘llaniladigan amaliy dasturlash interfeyslari ( API -Application Programming
Interface) mavjud emas (chunki bunday ilovalarni yaratilishi davrida Web-servis
sifatida qo‘llanilishini ta’minlaydigan dasturiy komponentalar ko‘zda tutilmagan).
Shuning uchun bunday ilovalar SYA arxitekturasiga integrallasha olmaydi.
Lekin bugungi kunda tarkibida amaliy dasturlash interfeyslari (API) mavjud
Web-servislarga o‘xshash bir muncha maxsus SaaS ilovalari ishlab chiqilgan va
ular ma’lum bir jarayonlarda yechiladigan masalalarni bajarish uchun
mo‘ljallangan.
Har xil operatorlar tomonidan ishlab chiqilgan va bir-birlari bilan mazmunan
“sust bog‘langan”, lekin bir-birlariga ochiq interfeyslar orqali kira oladigan SaaS
ilovalarini tarmoq sharoitida SYA uslublari negizida integratsiyasini amalga
oshirish va oxir oqibatda servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan SaaS ilovalarini
yaratish va uning asosida murakkab jarayonning boshqaruvini tashkil etish
yo‘nalishida usul va dasturlar yaratish dolzarb muammo hisoblanadi.
Kompaniya o‘z faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘zining mahalliy
tarmog‘idagi mavjud servis - ilovalarini tarmoqdagi “Bulut” doirasida shakllangan
SaaS ilovalari bilan integrallashuvini amalga oshirib, “gibrid servislarni” yaratadi.
226
Buning uchun Web-servislarning UDDI standarti asosidagi reestri hamda ular bilan
bog‘lanish vositalari mavjud bo‘lishi kerak bo‘ladi.
“Bulutda hisoblash” texnologiyasining “Rlatforma servis sifatida” (Platform
as a service, PaaS) sathi vositalari SaaS ilovalarini SYA arxitekturasi bilan
integrallashuvini ta’minlashda istiqbolli vositalardan biri hisoblanadi, ya’ni bunda
PaaS sathi negizidagi SaaS integratsiyasining platformasi yaratiladi.
PaaS sathida Web-servislarning o‘zaro munosabatlarini tashkil etish
maqsadida maxsus oraliq muhit dasturiy ta’minoti ishlatiladi. Komponentalar
orasida axborot almashuvi SOAP yoki REST protokollari asosida amalga
oshiriladi (protokollar to‘g‘risidagi ma’lumot 2 bob da keltirilgan).
SaaS ilovalari faoliyat yuritadigan muhitni shakllantirib beradigan PaaS
platformasi SaaS resurslaridan guruhiy foydalanish imkonini yaratish maqsadida
SYA arxitekturasi asosidagi boshqaruv tizimini tashkil etish vazifasini bajaradi.
4. 20 - rasmda servisga yo‘naltirilgan arxitektura negizidagi integ-
ratsiyalangan holdagi Web-servislar keltirilgan, bunday tizimni yaratishda axborot
manbai sifatida tashqi Web-servislar (SaaS-1, SaaS-2,. . . . . . SaaS-N) ishlatiladi.
SaaS-1...SaaS-N Web-servislari PaaS platformasidagi maxsus oraliq
dasturiy ta’minot (Middleware) yordamida o‘zaro munosabatda bo‘ladi.
Servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan SaaS-1...SaaS-N Web-servis-larining
integratsiyalanishi oqibatida mantiqiy yakunlangan, bir-biri bilan bog‘langan bitta
ilova shakllanadi.
Universal “bulut” tizimini shakllantirish albatta geterogen muhitda ish
yuritish kerakligini taqozo etadi, ya’ni foydalanuvchilarning shaxsiy ilovalarini
tarmoq muhiti imkoniyatlaridan foydalangan holda har xil ko‘rinishdagi va har xil
turdagi “bulut” resurslariga chiqishlari ta’minlanishi kerak bo‘ladi.
Bunday sharoitni tashkil etish uchun shaxsiy ilovalar universal usullar
negizida ishga tushirilishi lozim.
“Bulut” texnologiyasi negizida shakllantirilgan axborot–kommunikasiya
tarmog‘ining xizmat lari va resurslari ham asosan yuqorida keltirilgan sxema
ko‘rinishida bo‘ladi.
227
Ushbu sxema bulut muhitida servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim
infrastrukturasini tashkil etadi.
Bulut muhitida SYTT strukturasini shakllantirish quyidagicha amalga
oshirilishi mumkin.
Tarqoq strukturali axborot–kommunikatsiya tarmog‘ining ma’lum bir
doirasida jismoniy vositalar (kompyuter, tarmoq qurilmalari va aloqa kanallari )
asosida bulut muhitining tarmoq tuzilmasi aniqlanadi.
Jismoniy infratuzilma negizida oraliq muhit dasturiy ta’minotlari yordamida
“Bulut” texnologisining virtuallashtirilgan infrastruktura servis sifatida shakli
yaratiladi.
Uning darajasida: virtual tarmoq orqali ma’lumot uzatish, ma’lumot va
servislarni hamda platformalarni o‘rnatish, hisoblash jarayonlarini tashkil qilish
kabi servislar taqdim etiladi.
“Bulut” texnologiyasining platforma servis sifatida shaklida ma’lumotlar
bazalarini ishlab chiqish va testdan o‘tkazish, ilovalarni o‘rnatish va ularning
integratsiyasini amalga oshirish kabi servislar taqdim etiladi.
“Bulut” texnologiyasining dasturiy ta’minot servis sifatida shaklida
tashkilotda hujjat yuritish, boshqaruv jarayonlarini olib borish, xizmatlar va
resurslarni taqdim etish kabi servislar foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
“Bulut” texnologiyasi negizidagiSYTT xizmat va resurslarini shakllantirish
va foydalauvchilarga taqdim etish jarayonlari “Bulut” provayderi tomonidan
boshqariladi va amalga oshiriladi.
“Bulut” provayderi tomonidan bajariladigan asosiy vazifalar: ma’lum bir
masalani yechish maqsadida servislar asosida resurslarni yig‘ish, servislar
orkestrovkasini amalga oshirish, “bulut” servislarini boshqarish xavfsizlik va
konfidensiallikni ta’minlash.
“Bulut” brokeri ishtirokchilar tarkibini aniqlaydi, ularning “Bulutda
hisoblash” tizimi doirasida amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan faoliyat va
funksiyalarini belgilaydi hamda o‘zaro munosabatlarini o‘rnatadi. Unda “bulut”
228
doirasida hisoblash jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha talab va andozalar
mujassam etiladi.
4.20 - rasm. SYTT negizida bulut texnologiyasi integratsiyalangan SaaS-
servislarining umumlashtirilgan sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |