Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

resurslarining infrastrukturasi  


229 
 
 Hisoblash jarayonlari “Bulut” doirasida foydalaniladigan resurslardan faqat 
bittasini  tashkil  etadi.  Uning  ikkinchi  resursi  katta  hajmdagi  axborotlarni  saqlash 
maqsadlarida  ishlatiladigan  xotira  resursi  hisoblanadi.  Va,  oxiroqibat,  uning 
uchinchi resursi - “bulut” imkoniyatlaridan gibrid foydalanish  tushuniladi. Bunda 
ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va  qayta ishlash jarayonlari bajariladi.  
“Bulut”  foydalanuvchilari  resurslarga  maxsus  “Bulut”  interfeyslari  orqali 
bog‘lanadilar.  Xizmatlarni  taqdim  etadigan  har bir  “bulut”  modeli  o‘ziga tegishli 
funksional interfeyslardan tarkib topadi.  
Servisga  yo‘naltirilgan  “Bulutda  hisoblash”  taqsimlangan  tizimining  IaaS 
shaklida  virtuallashgan  protsessor,  xotira  va  operatsion  tizim  tomonidan 
qo‘llaniladigan  kiritish/chiqarish  maydoni  va  shu  operatsion  tizim  bilan  birga 
ishlaydigan  dasturiy  ta’minot  orasidagi  bog‘lanishlarni  amalga  oshiradigan 
funksional interfeys vazifasini IaaS-interfeysi bajaradi. 
“Bulut”  foydalanuvchisi  boshqaruvchi  (administrator)  interfeysidan 
foydalanib,  o‘zi  “bulut”  servislarini  boshqaradi  -  virtual  mashinani  yoqadi, 
o‘chiradi, undagi resurslarni manipulyatsiyalash orqali o‘z masalasini yechadi.  
PaaS-interfeys  va  SaaS-interfeyslari  tuzilishi  jihatdan  IaaS-interfeysi 
ko‘rinishida  bo‘ladi,  ammo  funksional  vazifalari  platformada  belgilangan 
vazifalardan kelib chiqib bajariladi.    
Keltirilgan  ma’lumotlarga  asoslanib,  servisga  yo‘naltirilgan  “Bulutda 
hisoblash” taqsimlangan tizimlariga quyidagi xususiyatlar mansub, degan xulosaga 
kelish qiyin emas:  
ular  asosan  geterogen  muhitda  shakllanadi,  xizmat  ko‘rsatish  sifati  nazorat 
qilinadi,  boshqaruv  tizimi  nisbatan  sodda,  tizim  foydalanuv-chisining  masalalari 
qayta  ishlanadi,  talab  qilingan  resurs  va  ma’lumotlar  taqdim  etiladi,  tizimning 
doirasi kengaytirilishi, talab bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin va x.k. 
Yuqorida  tavsifi  keltirilgan  servisga  yo‘naltirilgan  “Bulutda  hisoblash” 
tizimi asosida murakkab jarayonlar boshqaruvini amalga oshiradigan taqsimlangan 
tizimlarni shakllantirish mumkin.  


230 
 
Quyida misol tariqasida ushbu tizim asosida “Elektron hukumat” tizimining 
faoliyati tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot keltiriladi.  
Ma’lumki,  “Elektron  hukumat”  tizimi  regional  va  mahalliy  hokimiyat 
organlariga  o‘z  xizmatlarini  taqdim  etadi,  ya’ni  ularni  o‘zaro  munosabatlarini, 
boshqa  so‘z  bilan,  o‘zaro  ish  yuritishlarini,  hukumat  organlarini  aholi  va 
tashkilotlar bilan munosabatda bo‘lishlarini   ta’minlaydi.  
Qayd  etilgan  jarayonlar  asosan  to‘rtta  Web-ilovalar  yordamida  amalga 
oshirilishi mumkin.  
Maxsus  dasturlar  to‘plami  muammolarning  to‘liq  yechimini,  ya’ni  davlat 
tuzilmalarining  funksional  vazifalarini  bajarilishini,  fuqarolar  tomonidan  tushgan 
murojaatlarning qayta ishlanishini, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar 
bilan olib boriladigan muloqotlarni, ma’lumotlar yig‘ish va saylovlar o‘tkazish va 
boshqa muammolarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashi mumkin.   
Ma’lum  bir  ilova  yordamida  fuqoralarning    murojaatlari  ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi va ko‘rsatilgan davlat organi bo‘limiga bajarilishi uchun taqdim etiladi. 
Boshqa bir ilova yordamida fuqarolar yo‘l-harakat hodisalari to‘g‘risida interaktiv 
kartaga  asoslanib,  ma’lumotlar  berishlari  mumkin.  Ma’lum  bir  ilova  asosida 
shifokorlar  yoki  ma’sus  xodimlar  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqni  yoki  vafot  etganlik 
to‘g‘risidagi xolatni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin va x.k.  
Bunda  “Elektron  hukumat”  tizimining  ilovalari  ma’lumot  markazida 
joylashtiriladi,  ularga  kirish  (ya’ni,  ular  imkoniyatlaridan  foydalanish)  Internet 
tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.  
Bunday tizim ostida ilovalarga kirish odatda “Bulutli” kirish, deb yuritiladi. 
“Bulutli”  Internet xizmatlariga kirishni  ta’minlash  (ya’ni,  Internet orqali   maxsus 
xizmatlarni  bajarish  uchun  integratsiyalangan  Web-ilovalar  imkoniyatlaridan 
foydalanish)  yoki  boshqacha  aytganda,  “Bulutli”  platformadagi  Internet 
xizmatlariga  kirishni  ta’minlash  maxsus  operatsion  tizim  yordamida  bajariladi. 
Ushbu operatsion tizim  Web-ilovalarni yaratish, ularni qayta ishlash, joylashtirish 
va saqlash uchun kerakli bo‘lgan muhitni yaratib beradi. 


231 
 
“Bulutda  hisoblash”  texnologiyasi  na  faqat  ma’lum  bir  aniq  belgilangan 
virtual  tashkilot  doirasida,  balki  keng  doirada,  ya’ni  Internet  tarmog‘i  sharoitida 
foydalanilmayotgan  resurslarni  unumli,  ya’ni  yuqori  tezlikda,  kam  xarajat  qilgan 
holda ishlatilishini ta’minlaydi. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish