К
2
К
i-1
К
(i-1)1
К
21
К
Iм
К
I 1
К
11
К
1м
К
1
К
I
SYTT reestri (boshqaruv tizimi (BT))
. . . . . . . . . . .
F
5
F
6
F
8
F
7
F
4
F
3
F
1
F
2
215
xizmat turi bo‘yicha ma’lumot oldindan reestrda bo‘ladi, so‘rov mazmuniga qarab
atqsimlangan tizim holatini hisobga olib keyin izlanmaydi.
4.15– rasm. TT (A) va GT SYTT (B) tizimlarida so‘rovlar
bajarilishining diagrammasi.
4.4. “Bulut” texnologiyasining mazmuni va mohiyati
“Bulut” texnologiyasi yoki “Bulutda hisoblash” tizimi axborot-kom-
munikatsiya tarmoqlari sohasida yangi yo‘nalish hisoblanib, foydalanuvchining
so‘roviga muvofiq vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda tarmoq resurslarini (ya’ni,
hisoblash resurslari, serverlari, ma’lumot omborlari, dasturiy ta’minotlari, tarmoq
servislarini) taqdim etish konsepsiyasi hisoblanadi.
“Bulutda hisoblash” konsepsiyasi Grid texnologiyalarida nazarda tutilgan
g‘oyaning evolyusion tarzda rivojlanishi hisoblanib, bunda ham tarmoqdagi
dislokatsiya qilingan resurslardan, ya’ni web-servislardan keng miqyosdagi
abonentlarning foydalanishlarini tashkil etish tushuniladi.
“Bulutda hisoblash” texnologiyasi yordamida foydalanuvchi o‘zining katta
resurs talab qiladigan masalalarini yechish uchun katta xarajatlar evaziga shaxsiy
resurslarini yaratish o‘rniga Internet tarmog‘i yordamida global tarmoqdagi
Nav
bat
Stat
istik
216
mavjud resurslardan xoxlaganicha foydalanadi. Buning uchun u faqat arenda
xaqini to‘laydi, xolos (4.16 - rasm).
“Bulut resurslari”ga “Bulutda hisoblash” texnologiyasi yordamida yagona
“bog‘lam” shakliga keltirilgan har xil turdagi kompyuter resurslari kiradi. Ular
qatoriga hisoblash quvvatlari, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash uchun xotira
resurslari, hisoblash tarmoqlari, ma’lumot bazalari, va dasturiy ta’minotlar kiradi.
Ular keng foydalanuvchilar orasida optimal tarzda taqsimlanadi [14,18,23,26].
“Bulut xizmatlari”, deganida “Bulutda hisoblash”texnologiyasi yordamida
“Bulut resurslari”ni taqdim etish tushuniladi. Ular quyidagi talablar bajarilishi
asosida taqdim etiladi:
- foydalanuvchi taqdim etiladigan resurslar hajmini provayder xodimining
aralashuvisiz avtomatik rejimda bir taraflama o‘zi o‘zgartirishiga imkon yaratilgan
bo‘lishi kerak;
- foydalanuvchilarning “Bulut resurslari”ga kirishi yuqori tezlikdagi
hisoblash tarmoqlari orqali standart mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi
kerak;
- tarmoq sharoitida dislokatsiyalangan “Bulut resurslari” yagona umumiy
“bog‘lam” shakliga keltirilishi kerak.
Yagona umumiy “bog‘lam” shaklidagi “Bulut resurslari” foydalanuv-
chilarning talablariga muvofiq dinamik rejimda taqsimlanadi. Boshqacha aytganda,
ular bir vaqtda ko‘p masalalarni yecha oladigan rejimda ishlab, bir nechta
klientlarning talablarini bajarishi va foydalanuvchilarning so‘rovlariga operativ
ravishda javob bera olishi kerak bo‘ladi.
Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan “Bulut resurslari”ning hajmi juda tez
va egiluvchan holda o‘zgarishi mumkin (ayrim hollarda avtomatik holda), ya’ni
ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Foydalanuvchi provayderning (ya’ni, resurs
taqdim etuvchisining) “Bulut resurslari”ni har xil vaqtda va istagan hajmda olishi
mumkin.
“Bulutli tizim” o‘z resurslaridan foydalanganlik darajasini avtomatik tarzda
nazorat qilib boradi va optimallashtiradi (masalan, xotira hajmi, hisoblash vo
217
boshqa resurs turlaridan foydalanganlik darajasini hamda resurslardan foydalangan
klientlarning hisobini yuritadi).
4.16- rasm. “Bulutda hisoblash” modelining sxemasi.
“Bulutda hisoblash” texnologiyasining umumiy konsepsiyasi 4 kate-
goriyaga bo‘linadi, ular:
1. Axborot texnologiyalari xizmat sifatida (IT as a service, ITaaS). Bu
xizmat modeli turida tashkilot yoki xususiy shaxs xizmat taqdim etuvchi operator
bilan tarmoq va uning xizmatlariga kirish uchun shartnoma tuzadi. Xizmatlar
turiga virtual xususiy tarmoq yaratish, Web-konferensiyalar o‘tkazish, IP-
telefoniya xizmatlaridan foydalanish va boshqa tarmoq resurslaridan foydalanish
kiradi.
Foydalanuvchi
ishlayapti
Foydalanuvchi
ishlayapti
Foydalanuvchi
ishlayapti
Hisoblovchi
resurslar
Hisoblovchi
resurslar
Dasturiy
resurslar
Diskli resurslar
Foydalanuvchi
ishlayapti
Foydalanuvchi
ishlayapti
Foydalanuvchi
ishlayapti
Hisoblovchi
resurslar
Hisoblovchi
resurslar
Dasturiy
resurslar
Diskli resurslar
Internet
218
2. Dasturiy ta’minot xizmat sifatida (Software as a Service, SaaS) – operator
tasarrufidagi dasturiy ta’minot yoki ilovalariga o‘zining kompyuteriga maxsus
sistemaviy dasturlar (rezident dasturlari) ni o‘rnatmasdan operatorning tarmog‘i
orqali kirish ta’minlanadi.
Foydalanuvchi uchun kerak ilova (dastur) xizmat taqdim etuvchining
serverida saqlanadi, foydalanuvchiga masala yechimining natijasi beriladi, xolos.
Foydalanuvchi ilovani xarid qilmaydi, uni ma’lum vaqtda arenda qilgani, ya’ni
vaqtinchalik ishlatgani uchun xaq to‘laydi.
3. Platforma xizmat sifatida (Platform as a service, PaaS). “Resurslar
platformasi” ga tegishli hisoblash resurslarini va xotira maydonlarini “tarmoq
buluti” yordamida taqdim etish xizmati bajariladi.
4. Infrastruktura xizmat sifatida (Infrastructure as a service, IaaS). Virtual
kompyuter infrastrukturasini xizmat sifatida taqdim etish. Buyurtmachi qimmat
baho serverlarni, litsenziyalangan dasturiy ta’minotni, tarmoq vositalarini hamda
ushbu vositalarni ekspluatatsiya qiladigan mutaxassislarni xarid qilish o‘rniga bu
resurslarni boshqariladigan xizmat sifatida xarid qilishi va ularga “tarmoq buluti”
orqali chiqishi mumkin.
“Bulutda hisoblash” texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan axborot
tizimi “bulut xizmatlari”ni taqdim etish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi
hisoblanadi (4.17 - rasm).
“Bulut klienti (“Bulut arendatori”)” – “Bulutda hisoblash” asosidagi axborot
tizim (BHAT) i tarkibiga kiruvchi hisoblash texnika vositasi hisoblanib, uning
yordamida bitta yoki bir nechta “Bulut xizmatlari”ni amalga oshirish mumkin.
“Bulutdagi server” – “bulut klient”lariga bitta yoki bir nechta “bulut
xizmatlari”ni taqdim etadigan taqsimlangan hisoblash tarmog‘i.
“Bulutdagi server infrastrukturasi” – tarkibida hisoblash tarmog‘i, server
kompyuterlari, operatsion tizimlari, xotira maydonlari, ma’lumot bazalari, amaliy
dasturlari va aniq funksiyalarni bajaradigan dasturlari bo‘lgan infrastruktura.
219
“Bulutdagi xizmatlarning iste’molchisi” - “Bulut klienti” yordamida
“Bulutdagi server” lar taqdim etadigan bitta yoki bir nechta “bulutdagi
xizmatlar”ga kirishni amalga oshiradigan shaxs.
“Resurslarni bulutda joylashtirish” bo‘yicha quyidagi modellar mavjud:
“xususiy bulut” modeli; “ommaviy bulut” modeli; “jamoaviy bulut” modeli;
“gibrid bulut”.
“Xususiy bulut” modelida BXAT operatori (ya’ni, xizmatlarni taqdim
etuvchi) va “bulut xizmatlari”ning iste’molchilari bir tashkilotga qarashli bo‘ladi;
“Ommaviy bulut” modelida BXAT operatori (ya’ni, xizmatlarni taqdim
etuvchi) va “bulut xizmatlari”ning iste’molchilari har xil tashkilotga qarashli
bo‘ladi;
“Jamoaviy bulut” modelida “Bulutdagi resurslar”dan umumiy masalalarga
ega tashkilotlarning konkret iste’molchilari foydalanadilar;
“Gibrid bulut” modelida har xil tashkilotga yoki har xil modellarga (xususiy,
ommaviy va jamoaviy) tegishli ikki va undan ortiq BXATlar birlashib faoliyat
yuritadi.
BHAT (“Bulutda hisoblash” asosidagi axborot tizimi) platformasi deganda,
“resurslarni bulutda joylashtirish”modeli va “bulut xizmatlari”ni taqdim etish
turiga muvofiq “bulutda hisoblash” konsepsiyasini amalga oshiradigan dasturiy va
apparat-dasturiy vositalar tizimi tushuniladi.
“Bulutlararo hisoblash” tushunchasi “bulutdagi resurslar”ni talab bo‘yicha
o‘zaro munosabatda bo‘ladigan BHATlar orasida taqsimotini amalga oshirishni
anglatadi.
“Bulut xizmatlari” quyidagi muhim talablarga javob berishi kerak:
- foydalanuvchi o‘zining so‘rovini o‘zi bajarishi kerak. Foydalanuvchi
o‘ziga taqdim etilayotgan xizmatlar hajmini provayder xodimi ishtirosiz bir
taraflama avtomatik rejimda o‘zgartirishi mumkin.
- hisoblash tarmog‘iga keng polosali kirishni ta’minlash. Foydala-
nuvchilarni “bulut resurslari” ga kirishlari hisoblash tarmog‘i orqali “ingichka” va
“yo‘g‘on” klient usullarining standart mexanizmlari yordamida bajariladi.
220
- “bulut resurslari”ni umumiy yagona ombor shaklida birlashtirish. Bir
nechta foydalanuvchilarning talablarini sifatli bajarish maqsadida “bir vaqtda ko‘p
masalalarga xizmat ko‘rsatish” rejimi shakllantirilishi kerak bo‘ladi. Bunday
rejimni yaratish uchun provayderning “bulut” tarkibidagi resurslari umumiy
yagona ombor doirasiga birlashtiriladi.Ular foydalanuvchilarning so‘rovlariga
muvofiq dinamik rejimda taqsimlanadi va taqdim etiladi.
- operativ ta’sir ko‘rsatish. Foydalanuvchiga taqdim etiladigan “bulut
resurslari”ning hajmi tez va egiluvchan (bir xil paytda avtomatik tarzda) o‘zgarishi
mumkin,
ya’ni
ko‘payishi
yoki
kamayishi
mumkin.
“Bulut
resurslari”foydalanuvchiga u xoxlagan hajmda va xoxlagan paytida taqdim etiladi.
“Bulut resurslari”ning hajmi va ulardan foydalanish darajasi provayder va
foydalanuvchi tomonidan shaffof tarzda nazorat va hisob-kitob qilinadi.
“Bulutda hisoblash” tizimining etalon arxitekturasi to‘rtta komponenta
faoliyatini o‘z ichiga oladi (4.18 - rasm):
- “Bulutda hisoblash” tizimini boshqarish tuzilmasi;
- “Bulut servislari (resurslari)” ni ishlab chiquvchi tuzilma;
- “Bulut servislari (resurslari)” ni taqdim etuvchi tuzilma;
- “Bulut servislari (resurslari)” ning iste’molchilari.
“Bulutda hisoblash” tizimining etalon arxitekturasi modullik prinsipi asosida
yaratiladi va taqsimlangan infokommunikatsion tarmog‘ida “bulutda hisoblash”
muhitini shakllantiradi.
“Bulutdagi infrastruktura” bir nechta asosiy mahsulotlar va vositalar
negizida shakllanadi. Ular universal vositalar sifatida har xil turdagi va geterogen
tizimlarni birgalikda ishlashini avtomatlashtiradi va iste’molchiga “bulutda
hisoblash” tizimining xizmatlaridan unumli foydalanishi uchun sharoit yaratib
beradi.
“Bulut”ning tarkibi bitta servisdan emas, balki servislar to‘plamidan iborat
bo‘ladi. “Bulut” da servislarni taqdim etish bir necha sathlarga bo‘linadi. Servis
foydalanuvchiga taqdim etilishida har bir sath o‘z hissasini qo‘shadi (4.19- rasm).
221
4.17-rasm. “Bulutda hisoblash” texnologiyasining imkoniyatlarini tushuntiruvchi sxema.
Bulutda xisoblash
BHAT platformasi
“
Bulutda
hisoblash”
texnologiyasi
Bulut resurslari
Bulut xizmatlari
Dasturni ishlab chiqish va davom
ettirish xizmatlarini bazaviychi
instrument to‘plam
BHAT (“Bulutda hisoblash” asosidagi axborot tizimi)
Bulutlararo
hisoblash
Dasturiy ta'minot xizmati
Havfsizlikni ta'minlovchi
xizmat
Apparat ta'minot xizmati
Platforma ko'rinishidagi
xizmat
Hisoblash tarmog'i
shaklidagi xizmat
Infrastruktura shaklidagi
xizmat
Kommunikasiya shaklidagi
xizmat
Mustaxkamlikni oshiruvchi
xizmat
Shaffof ko'rinishdagi
xizmat
Dasturni ishlab chiqish va
davom ettirishni bazaviychi
instrument to'plamlarning
xizmatlari
Servis t ko'rinishidagi
xizmatlar
Bulut mijozi
Bulut serveri
Bulutli server
infrastrukturasi
Bulutli xizmat
iste'molchisi
BHAT
operatori
Multi -ijarachi
“Bulutli joylashtirish” modeli
Shaxsiy bulut
Jamoatchilik buluti
Ijtimoiy bulut
Gibridli bulut
222
4.18-rasm. “Bulutda hisoblash” tizimining arxitekturaviy
komponentalari.
Eng pastki sath (dastlabki sath) “bulutda hisoblash” tizimining in-
frastrukturasiga javob beradi (Infrastructure-as-a-Service (IaaS) - infrastruktura
servis sifatida). IaaS o‘zida infrastrukturani, ya’ni hisoblash va ma’lumotlarni
saqlash resurslarini arendaga berish servisini mujassam qiladi. Resurslar tarkibiga
na faqat kafolatlangan hisoblash quvvatiga ega virtual server kompyuterlari, balki
ma’lumot omborlari va Internetga kirish uchun talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga
ega aloqa kanallari ham kiradi.
Qisqasi, ushbu sathda talab qilingan sifat darajasida har xil operatsion tizim
va dasturlarga ega server kompyuterlari va ma’lumot markazlari vaqtinchalik
foydalanishga taqdim etilishi uchun imkon yaratiladi.
Diagramma bo‘yicha yuqoriga qarab harakatlanishdagi keyingi servis sathi
platforma sathi (Platform-as-a-Service (PaaS) platforma servis sifatida) deb
nomlanadi.
PaaS sathi IaaS sathiga o‘xshaydi, farqi - uning tarkibida operatsion tizimlar
va aniq ilovalarga yo‘naltirilgan xizmatlar bo‘ladi. Masalan, PaaS virtual serverlar
va ma’lumot saqlash vositalari bilan birgalikda maxsus operatsion tizim va ilovalar
to‘plamini taqdim etadi (odatda virtual kompyuter ko‘rinishida) hamda har xil
“Bulutda hisoblash” tizimini
boshqarish
“Bulur servislari
(resusrslari)” –ning
iste’molchilari
“Bulur servislari
(resusrslari)” ni
taqdim etuvchi
tuzilma
(provayder)
“Bulur servislari
(resusrslari)” ni
ishlab chiquvchi
tuzilma
223
sohaga mansub maxsus mahalliy ilovalarga kirishni ta’minlaydi (masalan,
MySQL ma’lumot bazasiga).
4.19 - rasm. “Bulutda hisoblash” tizimining sathlari.
Boshqa so‘z bilan, PaaS – bu IaaS hamda konkret masalani bajarishga
yo‘naltirilgan ilovalar majmuasi.
Diagrammaning eng yuqori qismida taqdim etadigan sath - ilovalar sathi
joylashadi (Software-as-a-Service (SaaS), dasturiy ta’minot servis sifatida).
SaaS sathi markaziy kompyuter (mazkur “bulut” dan uzoqlashgan kom-
pyuter ham bo‘lishi mumkin) ilovalarini mahalliy kompyuterda ishlatilishini
nazarda tutadi.
SaaS sathi o‘lchanadigan xizmat hisoblanadi, u ilovani arendaga olib, faqat
uni ishlatgan vaqti uchun xaq to‘lashga imkon yaratadi.
Ilova
Platforma
Infrastruktura
Virtuallashtirish
Server
Server
Ma'lumotlar
saqlanadigan
joy
Server
Ma'lumotlar
saqlanadigan
joy
224
“Bulutda hisoblash” texnologiyasininig asosini tarmoq sharoitida
dislokatsiya qilingan va har xil muhitdagi resurslarni vaqtinchalik birlashtirib, katta
hajmdagi yagona resursni shakllantirish, ya’ni virtuallashtirish usuli tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |