253
XII bob.
Huquq
normasi
Demak, huquq subyekti huquq normasida belgilangan xatti-harakat
me’yoriga rioya qilgan taqdirda, holatida huquq normasi xatti-harakat o‘lchovi,
faoliyat mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasida belgilangan qoida
buzilganida esa, u huquq subyektining harakatiga
baho berish vositasi sifatida
maydonga chiqadi.
Huquq ijtimoiy munosabatlarni qat’iy tartibga solish salohiyati tufayli
katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, shu bois huquq normasi huquq buzilishi
holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Chunki, huquq subyekti tomonidan
qonunda belgilangan huquqiy xatti-harakat qoidasini buzish, muqarrar ravishda
unga nisbatan ta’sir chorasining qo‘llanishiga olib keladi.
Huquq normasi yalpi umumiy xususiyatga ega. U ijtimoiy munosabat qat-
nashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda,
tegishli bo‘ladi. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir toifasiga, turiga
tegishlidir (masalan, bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibi, nikohdan o‘tish
va hokazo).
Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi, avvalam-
bor, shunda ko‘rinadiki, huquqiy normada ko‘zda tutilgan analogik holatlar
yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham qo‘llanilaveradi va aslo o‘z yuridik
kuchini yo‘qotmaydi. Boshqacha aytganda, go‘yo normadagi holatlar o‘zining
yuzaga kelishini «kutib yotadi» va vaziyat vujudga kelganda ishga tushadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasida mus-
tahkamlangan «soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga
oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni)
soliqlardan yashirish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat
ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tuzilmalari tuzish»dan ibo-
rat xatti-harakatning sodir etilishi – ushbu moddaning «harakat» ga kelishiga,
qo‘llanishiga olib keladi.
Huquqiy normaning yana bir muhim jihati, uning davlat erki-iro-
dasini, hokimona amrining ifoda etishida ko‘rinadi. Shu bois, huquq nor-
masi – muayyan munosabatlar ifodasi yoki muayyan harakat sodir etishni
maslahat beruvchi tavsiyanoma bo‘lmay, balki, shu normada ko‘rsatilgan
holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligini belgilovchi ho-
kimiyat amridir. Har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi tomoni-
dan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi, shu bois u davlat amri-irodasini ifodalaydi,
umummajburiy qoida tariqasida amal qiladi. Mabodo, huquq normasida bel-
gilangan xatti-harakat qoidasi bajarilmasa, uning bajarilishini ta’minlovchi
davlatning majburlov choralari harakatga keladi. Masalan, huquq subyekti
tomonidan qonunga xilof harakatlar sodir etilishi tegishli yuridik javob-
garlikka olib keladi, demak, huquq normasi davlatning majburlov kuchiga
tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |