252
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
labki tamal toshi sifatida, yoki bir jonli organizmning eng kichik, birlamchi
hujayrasi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, mantiq nuqtayi nazaridan butun
huquq mazmuniga xos bo‘lgan asosiy sifat va belgilar har bir alohida olingan
huquq normasida namoyon bo‘ladi.
Huquq normasi ifoda etadigan formal-yuridik belgilar quyidagilardan ibo-
rat: a) huquq normasining bevosita davlat bilan aloqasi (bog‘liqligi), ya’ni,
huquq normasi davlat tomonidan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi; u hokimiyat
tepasida turgan siyosiy kuchlarning amri-irodasini ifodalaydi; b) huquq nor-
masi davlat irodasini ifodalaydi (mujassamlashtiradi); v) huquq normasi
umummajburiy bo‘lib, vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi mazmunga ega;
g) huquq normasida ifodalangan qoida qat’iy rasmiy aniqligi bilan tavsiflanadi;
d) huquq normasi uzoq muddat qo‘llanishga mo‘ljallangan; ye) huquqiy norma-
lar o‘zaro mutanosib va iyerarxik bo‘ysunish tarzida mavjud bo‘ladi; j) huquq
normasi davlat tomonidan muhofazalanadi; z) huquq normasining qoidasi
buzilgan taqdirda davlat majburlovi qo‘llaniladi; i) normativ hujjatlar va boshqa
huquq manbalarida ifoda (bayon) etiladi. Ayni paytda, huquq normasi yaxlit bir
tizimning dastlabki bo‘lagi sifatida o‘ziga xos jihatlarga ham ega bo‘ladi.
Huquq normasining mohiyatini teran anglash uchun uning lug‘aviy il-
diziga, etimologiyasiga e’tibor qaratish lozim.
«Norma» (lotincha) so‘zi «qoida»,
«aniq ko‘rsatma», «namuna», «o‘lchov» ma’nolarini anglatadi. Darhaqiqat, har
bir norma o‘zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor qoidasini, muayyan yurish-
turish modelini ifodalaydi, Masalan, O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasi-
ning 44-moddasiga binoan, «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud
orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmala-
rining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi ka-
folatlanadi». Bu huquqiy normada fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqi
bo‘lmish sudga himoya so‘rab murojaat qilishga oid qoida mustahkamlagan.
Huquq normasida jamiyatning, xalqning, ular hayotining moddiy
shart-sharoitlari bilan belgilanadigan erki, irodasi, manfaatlari ifodalanadi.
Huquq normasi shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida
qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni
qaysi harakatlarni sodir etish mumkin yoki qanday xatti-harakatlarni sodir
etmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda huquq normasi insonlar xulq-
atvorining huquqiy mezoni sifatida maydonga chiqadi. Uning tartibga soluvchi
vosita sifatidagi ahamiyati shundaki, muayyan huquq subyekti (xususan shaxs,
organ, muassasa) o‘z harakatida huquq normasida mustahkamlangan qoidaga
rioya etadi yoki boshqa huquq subyektidan huquq normasida belgilangan te-
gishli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi. Basharti, belgilangan huquqiy
qoida bajarilmasa, huquqbuzarga nisbatan davlat ta’sir chorasi qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |