Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

Nazorat savollari: 
1. 
Faol harakatlar uslubini tushuntiring. 
2. 
Nafas olish qoidasi qanday amalga oshiriladi. 
3. 
Aralash usul borasidagi fikringiz. 
4. 
Sust harakatlar uslubini tushuntiring. 
5. 
Statik holatlar uslubini tushuntiring. 
Mashqlarni qismlarga ajratib kо‗rsatish usulini tushuntiring. 
 
2-mavzu SAF MASHQLARI 
  
Reja 
 
 
1. Saf mashqlarining tasnifi 
Saf mashqlariga – saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir joydan ikkinchi joyga kо‗chish 
usullari, orani ochish va yaqinlashtirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida jamoa bо‗lib harakat 


63 
 
qilish, ritm va shiddat hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli bajariladi, intizomlilik va 
uyushqoqlik ortadi. 
Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundan iboratki, ular kishi 
qaddi-qomatini  rostlashga  yordam  beradi.  Bu  narsa  harbiylarning 
qaddi-qomati  tо‗g‗ri  tuzilishida  yorqin  kо‗rinib  turadi.  Talabalarni 
zalda  yoki  maydonchada  tez  va  maqsadga  muvofiq  joylashtirishga 
imkon  beradigan  saf  mashqlarisiz  gimnastika  mashg‗ulotlarini 
tasavvur qilib bо‗lmaydi. 
Kо‗p sonli talabalar qatnasha oladigan saflanish turlarining 
kо‗pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika chiqishlarining 
tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
Safdagi harakatlar va buyruqlarning kо‗pgina qismi О‗zbekiston 
Qurolli Kuchlari Ustavining saf harakatlari direktivasidan, ozroq 
qismi esa, gimnastika mashg‗ulotlari jarayonida amaliyotda 
qо‗llaniladigan atamalardan foydalanilgan. 
Ushbu bobda gimnastika amaliy mashg‗ulotlarida kо‗proq 
uchraydigan va mashg‗ulot о‗tishda zarur bо‗lgan saf mashqlari yoritilgan. Saf mashqlaridan 
foydalanish qulay bо‗lishi uchun gimnastika zalida shartli nuqtalar belgilanadi – markazi, о‗r 
talik va burchaklari (12-rasm). 
Ular zalning о‗ng chegara tomoniga nisbatan belgilanadi. Zalning о‗ng tomoni nisbatan (eshiklar 
joylashgan) uzun tomonlaridan biri bо‗lib, unda mashg‗ulot oldidan guruhlar saflanadi  (odatda, 
eshikdan  kirishga  qarama-qarslii  tomonda).  Agar  zalning  uzun  tomonida  derazalar  joylashgan 
bо‗lsa, guruh derazalarga orqasi bilan saflanadi. 
Saf mashqlari quyidagi tо‗rt guruhga bо‗linadi: 
1. 
Saf usullari. 
2. 
Saflanish va qayta saflanishlar. 
3. 
Joydan joyga kо‗chish. 
4. 
Orani ochish va jipslashlsh. 
Saf mashqlarini qо‗Uanishdagi asosiy tushunchalar 13-rasmda kо‗rsatilgan. 
Saf – talabalarning darsda birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga kо‗ra tiziladi. 
Qator – shug‗ullanuvchilarningbir chiziqda yonma-yon turishi. 
Ketma-ket qator – shug‗ulianuvchilarning bir-biri orqasida tizilishi. 
Boshlovchi – ketma-ket qatoqda birinchi – boshida turgan о‗quvchi (talaba). 
Oxirgi – ketma-ket qator oxirida turgan о‗quvchi (talaba). 
Front – shug‗ullanuvchilar safining old tomoni (qatorda). 
Ichkari – front teskarisi, ya‘ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-qatorlar. 
Qanot – safning chap yoki о‗ng tomoni. 


64 
 
Saf chuqurligi – ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi о‗quvchi (talaba) orasidagi 
masofa. 
Safkengligi – о‗ng qanotdan chap qanotgacha bо‗lgan masofa (qatorda). 
Masofa – yonma-yon turgan shug‗ullanuvchilar orasidagi masofa (ketma-ket qatorda). 
Oraliq – front bо‗yicha shug‗ullanuvchilar orasidgi masofa. 
Mashg‗ulotda safni о‗qituvchi va talabalar (guruh sardori, о‗quv bо‗limlarining boshliqlari 
va navbatchilar) tovush yoki belgilangan signal bilan beriladigan buyruq, topshiriqlar berish orqali 
tuzadilar. 
Zich saf – talabalarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi (tirsaklar о‗rtasi) oralig‗ida yoki 
ketma-ketlarda bir-biridan oldinga uzatilgan qо‗l uzunligidagi masofadan iborat safdir. 
Orasi  ochiq  saf  –  talabalarning  qatorda  bir  qadam  oraliqda  yoki  о‗qituvchi  belgilab  bergan 
oraliqda joylanishidan iborat safdir. 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish