Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

Statik  holatlar  uslubi  10-20  daqiqa  davomida  tinch  holatda  ushlab  turiladigan  harakatlar 
(yotgan, о‗tirganda tanani bukish, shpagat, kо‗prik). 
Aralash  uslubida  bajariladigan  mashqlar  bir  necha  bor  qaytarib  bajariladi,  avvalo,  faol 
harakatlar, keyin sust harakatlar va ulardan keyin statik holatlar bajariladi. Eng muhimi mashqlarni 
birin-ketin bajarilishini о‗zgartirmaslikdir. Tananing har bir qismi uchun harakat soni esa, 15-20 
tadan oshmasligi kerak. 


57 
 
Shuni yodda saqlash kerakki, ishga yaxshi kirishgan va charchamagan mushaklar yaxshiroq 
chо‗ziladi. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar ayrim mushaklar guruhini taranglashtirish va bо‗shashtirish vositasi 
sifatida 
Ma‘lumki, taranglashish va bо‗shashtirishning birin-ketin bajarilishi mushaklarni uzoq vaqt 
ishga  layoqatli  bо‗lishini  ta‘minlaydi  va  harakatlarni  tо‗liq  kо‗lamda  bajarish  imkonini  beradi. 
Undan tashqari, skelet mushaklarini erkin taranglashish va bо‗shashtirish harakat malakasini tezroq 
shakllantirishga yordam beradi hamda harakatlarni yengil va erkin bajarish imkonini beradi. 
Mushaklarni 
ixtiyoriy 
taranglashish 
va 
bо‗shashtirishga 
о‗rgatishda 
turli 
umumrivojlantiruvchi  mashqlar  qо‗llaniladi:  bо‗shashtirib  siltash  harakatlari,  silkinishlar,  ayrim 
mushak  guruhlarini  (tik  turib,  о‗tirib,  yotganda)  taranglashish  va  bо‗shashtirishni  ketma-ket 
bajarish,  bir  mushakni  taranglashish  bilan  bir  vaqtda  boshqa  mushaklarni  bо‗shashtirish,  kaft, 
bilak, yelka, gavda, oyoq mushaklarini birin-ketin bо‗shashtirish. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar qaddi-qomatni shakllantirish vositasi sifatida 
Qaddi-qomatni  shakllantirish  va  uning  nuqsonlarini  yо‗qotish  uchun  orqa,  qorin  pressi  va 
yelka kamari mushaklarining statik kuchini, shuningdek, umurtqa pog‗onasining harakatchanligiga 
kо‗proq e‘tibor bergan holda tananing barcha mushaklarini bir tekis rivojlantirish zarur. Bu vazifa 
umumrivojlantiruvchi  mashqlar  yordamida  muvaffaqiyatli  hal  etiladi.  Qaddi-qomatni 
shakllantirish  uchun  talabalarni  о‗z  qomatini  rostlay  bilishga  va  uni  uzoq  vaqt  saqlab  turishga 
о‗rgatish zarur. 
Talabalarni  tо‗g‗ri  qomatga  xos  xislatlami  tarbiyalashga  о‗rgatish  qaddi-qomatni  rostlash 
mashqlarini qо‗llash orqali amalga oshiriladi: 
1. 
Tо‗g‗ri qomat holatini tarbiyalash. 
Talabalarga  tik  turib  qomatni  qanday  qilib  tо‗g‗ri  tutish  kerakligi  kо‗rsatiladi.  Asosiy 
diqqatni boshning holatiga qaratish lozim, boshning tо‗g‗ri holatda ushlashgina qomatni rostlash 
imkonini  beradi.  Doimo  boshni  oldinga  engashtirib  yurish,  odatda,  kurakning  chiqib,  qomatni 
bukilib qolishiga sabab bо‗ladi. 
2. 
Shu mashqning о‗zini talabalar bir-birlariga yordamlashib bajarishda ularning biri 
tо‗g‗ri qomat holatini saqlab turadi, ikkinchisi esa, bu holatni qanchalik tо‗g‗ri ekanligini yaxshilab 
kо‗zdan kechirib chiqadi. 
3. 
D.h. ensa, kurak, qо‗lni va tovonlarni devorga tekkizgan holatda orqa bilan turish. 
Tananing  hamma  qismlari  holatini  eslab  qolish.  Devordan  uzoqlashish  va  о‗sha  holatni  saqlab 
turish. 
4. 
D.h. shuning о‗zi. Tana holatini eslab qolish. Bir qadam oldinga yurib burilishlar va 
bosh bilan aylanma harakatlar bajarish. Yana boshni tо‗g‗ri holatda tutib turish hamda bir qadam 
orqaga yurish va devor oldida turib, gavda holatini tekshirib kо‗rish. 
5. 
D.h. shuning о‗zi. Devor oldida turib, bosh va tosni uzoqlashtirmasdan belni bukish 
va d.h.ga qaytish. 
6. 
D.h.  shuning  о‗zi.  Bosh,  orqa  va  tosni  devordan  uzoqlashtirmasdan  о‗tirish  va 
turish, oyoqlarni kо‗tarish va bukish. 
7. 
D.h. shuning о‗zi, holatni eslab qolish. Devordan uzoqlashib bosh, gavda, oyoqlar 
bilan  bir  necha  harakatlar  bajarish;  tо‗g‗ri  qomat  holatini  qabul  qilib,  uning  tо‗g‗riligini  devor 
oldida tekshirib kо‗rish. 
8. 
D.h.  shuning  о‗zi,  holatni  eslab  olish.  Devordan  uzoqlashib,  tо‗g‗ri  holatni 
saqlagancha 5-6 daqiqa aylanib yurish; yana devor oidiga borib holatni tekshirish. 


58 
 
9. 
Oyna oldida turib, tо‗g‗ri qomat holatini qabul qilish. Bosh, gavda. oyoqlar bilan bir 
necha harakatlar qilish. Yana tо‗g‗ri qomat holatini qabul qilib, uni oyna oldida tekshirib kо‗rish. 
10. 
Dir-birining tо‗g‗ri turishini tekshirish. 
11. 
Bir-biriga orqa о‗girib turib, tо‗g‗ri qomat holatini qabul qilish (orqaga aylanib 
qarab), bir-birining holatini tekshirish. 
12. 
D.h. gimnastika tayoqchasini orqa umurtqa pog‗onasi bо‗ylab tik ushlab, tik turish. 
Belni tayoqcha ensa va umurtqa pog‗onasiga tegadigan qilib tо‗g‗rilash. 
13. 
Chalqancha yotib, devor oldida tik turgan holatga о‗xshagan holat qabul qilish va 
qabul qilingan holatni saqlagan holda qoringa ag‗darilib yotish. 
Qomatini tо‗g‗ri rostlangancha tegmaslik sharti bilan «quvlashmachoq» о‗ynash. 
Qayd qilingan mashqlarni bajarishda talabalar bu mashqlarning vazifasi nimadan iborat 
ekanligini, albatta, yaxshi anglab yetishlariga erishish kerak. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni 
bajarayotib ayrim mushak guruhlariga alohida ta‘sir qilinganda, rivojlanishdan orqada qolgan 
mushaklarni mustahkamiash va qomat nuqsonlarini yо‗qotish imkoni yaratiladi. 
Tо‗g‗ri qomatni shakllantirish uchun mushaklarning taranglik darajasini boshqara olish va 
tik turganda, о‗tirganda va yurganda gavda qismlarining holatini his qilish muhimdir. Faqat gavda 
qismlarining о‗zaro joylanishini his qilgandagina tо‗g‗ri qaddi-qomatga xos holatni qabul qilishga 
о‗rganish va mashq qilish orqali, uni malaka sifatida mustahkamiash inumkin. Tо‗g‗ri qomatni his 
qilish mashqlarigina bu vazifani hal qilish imkonini beradi. 
Qomatdagi  nuqsonlarni  faqat  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  yordamida  bartaraf  etish 
mumkin. 
Qomat bukchaygan bо‗lsa, diqqatni kо‗proq umurtqa pog‗onasining tо‗g‗rilanishiga, yelka 
kamari  mushaklarining  mustahkamlanishi  va  ularning  statik  kuchini  rivojlantirishga  qaratib, 
kо‗proq  umurtqa  pog‗onasi  yuqori  qismining  harakatchanligini  oshirishga  yordamlashadigan 
mashqlarni bajarish zarur. 
Lordoz  (kerilgan)  qomatda  oldinga  engashish  mashqlari  va  qorin  pressi,  umurtqa,  bel 
mushaklarini mustahkamiash uchun gavda, tos, son bо‗g‗imida bukish, gavdaning orqa tomonidagi 
mushaklarini chо‗zish (bu umurtqaning bel qismida bukilishini kamaytiradi) mashqlarini tavsiya 
qilamiz. 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish