56
shunga kо‗ra mushak tо‗qimasining funksional darajasi ham yuqori bо‗ladi. Bu usul dastlab
maxsus tayyorgarlikdan о‗tgan shug‗ullanuvchilarda qо‗llaniladi.
3.
Izometrik usul. Izometrik rejimda ishlashda egallangan holatni 5-6 daqiqa davomida
ushlab turish lozim bо‗lgan muvozanatli mashqlarni bajarishda hosil qilinadi.
Izometrik rejimda ishlash, mushaklar zо‗riqayotgan va bо‗shashayotgan vaqtda sodir bо‗ladi.
Bunday rejim harakat jarayonida tо‗xtab-tо‗xtab ohista bajariladigan kuch mashqlari: tayanish va
osilish holatida 3-4 marta tо‗xtab-tо‗xtab qо‗llarni bukish va tо‗g‗rilash, ayni shu hoi boshqa
mashqlarni bajarishda ham qо‗llaniladi. Bu usul yaxshi jismoniy tayyorlangan sportchilar uchun
tavsiya qilinadi.
4.
Dinamik zо‗riqish usuli. Mashqlar yukiarsiz yoki kichik qarshilik bilan, lekin
maksimal tezlikda bajariladi.
Dinamik zо‗riqish usuli mashqlarning eng yuqori tezlikda va tо‗liq kо‗lamda bajarilishi
hisobiga katta va maksimal mushak zо‗riqishini talab qiladi. Bu mashqlar talabalarning jismoniy
kuch sifatini rivojlantiribgina qolmay, balki tezkorlik sifati (tezlik kuchi)ni ham rivojlantiradi.
Shuni hisobga olish kerakki, kichiktashqi qarshiliklami yengib mashq bajarganda, maksimal kuch
harakat tezligiga ta‘sir qilmaydi. Bu usul yosh sportchilar uchun maqsadga muvofiq bо‗ladi.
5.
Aralash usul. Bir mashqning о‗zi muayyan izchillikda: dastavval, dinamik, keyin
izometrik rejim, undan keyin katta mushak zо‗riqishi bilan va nihoyat kо‗plab takrorlash usuli bilan
bajariladi. Har bir takrorlashdan keyin 1-2 daqiqa tanaffus qilinadi. Hamma takrorlashlar 3-4
martadan qaytariladi.
Har xil sur‘atda turlicha zо‗riqish va mushaklar ish rejimini almashtirib bajariladigan
umumrivojlantiruvchi mashqlar, kuch sifatlarini rivojlantirish uchun juda samarali ta‘sir kо‗rsatish
mashqlari bо‗lgan egiluvchanlikni muvaffaqiyatli rivojlanishiga, bо‗g‗inlarda faol
harakatchanlikni talab qiladigan harakatlarni bajarishda mushaklarni taranglashish va
bо‗shashtirishni tо‗g‗ri taqsimlash zarur, bu esa, miya katta yarimsharlari qobig‗ining
muvofiqlashtirish faoliyatiga bog‗liq.
Faol va sust egiluvchanlik mavjud. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun turli uslublardan
foydalanish zarur:
1.
Faol harakatlar uslubi – mashqlar qarama-qarshi mushaklarni chо‗zish maqsadida
harakatni katta kо‗lamda bajarishni ta‘minlaydigan mushaklarning faol zо‗riqishi hisobiga
bajariladi. Bunga quyidagi talablar qо‗yiladi:
a)
mashqlarni borgan sari katta kо‗lamda bajarish;
b)
dastavval,
qarama-qarshi
mushaklarni taranglatish
(mushaklar
faol
taranglashgandan keyin yaxshi bо‗shashadi, demak, yaxshi chо‗ziladi ham).
2.
Sust harakatlar uslubi – mashqlar sportchilarni sheriklari yordamida yoki harakat
kо‗lamini oshirish uchun yuklar bilan bajariladi va qо‗llar bilan oyoqlarni gavda (gavdani
oyoqlar)ga tortish.
Bunga quyidagi talablar qо‗yiladi:
a)
biror mushakning og‗rib qolishiga yо‗l qо‗ymaslik;
b)
dastavval, mushaklarni faol harakatlar bilan ishlashiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: