H. H. Imomov investitsiyalarni tashkil etish va



Download 6,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/158
Sana24.06.2021
Hajmi6,8 Mb.
#100512
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158
Bog'liq
Investitsiya

6  -   38 
81


Xususiylashtirish  investitsiya fondlari  Xusnsiylaslitirish inves­
titsiya fond (XIF)lari investitsiya fondlarining bir tnri hisoblanadi. 
Ular aholining keng qatlamini msnsiylashtirish jarayoniga jalb etish 
maqsadida tashkil etiladi  XIFlarning vazifasi aholining  pul mab­
laglarini jamlab,  ulam i  xususiylashtirilayotgan  davlat  korxonala­
rining aksiyalarini sotib olishga yo‘nallirishdan iborat. Xususiylash­
tirish investitsiya fondi o‘z ateiyalarini chiqarish hisobiga mablag'larini 
jalb  etish,  o‘z  mablag‘larini hamda ohngan maxsus  davlat  kredit- 
larini xususiylashtirilayotgan davlat korxonalarining qimmatli qog‘oz- 
lariga investitsiya qilish, qimmatli qog'ozlar bilan savdo qihsh, ak­
siyalariga ega bo'lgan korxonalarni rivojlantirish va samaradorligini 
osliirishda aksiyador sifatida ishtirok etishdan iborat faoliyatni amalga 
oshiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatidir.
Xususiylashtirish investitsiya fondlari quyidagi xususiyatlarga ega:
- xususiylashtirilayotgan korxonalar tomonidan chiqariladigan 
aksiyalar umumiy sonining  30 foizigacha xarid qilish  imkoniyati;
- o'zining rmiumiy aktivlarining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismi­
ni bir emitentning qimmath qog‘ozlariga investitsiya qilish imkoniyati;
-  maxsus davlat kreditini  olish imkoniyati;
- mablaglarni faqat xususiylashtirHgan korxonalarning aksiya­
lariga va davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish huquqi.
XIF  -   yopiq  turdagi  investitsiya  fondidir,  ya’ni  u  qimmatli 
qog'ozlami ularni sotib olish majburiyatlariiiz chiqaradi.
Xususiylashtirish investitsiya fondkdng investitsiya portfehni tash­
kil etuvchi aksiyalami sotish faqat o'z aksiyalariuing professional- 
lar tomonidan  tashldl  etilgan qimmatli qog'ozlarning biija va bir- 
jadan tashqari bozorlarida ahoh o'rtasida joylashtirilishi tugaUanga- 
nidan keyin amalga oshiriladi XIFlar o'z faohyatida investitsiya fond­
lari uchun belgilangan cheklovlarga amal qiladi.
XIFlar tashkil etish va ular faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari. 
XIFlar  muassislarining  soni  kamida  ikki  nafar  shaxsdan  iborat 
bo'lishi  kerak.  Yuridik va jismoniy  shaxslar,  shu jumladan,  ustav 
fondida davlatning ulushi 25 foizdan kam bo'lgan korxonalar XIFning 
muassislari hamda  aksiyadorlari bo'lishi mumkin,  XIFning  vistav 
fondi faqat pul mablag'larini  kiritish  hisobiga  shakllantiriUshi lo­
zim,  bunda muassislar  ustav  fondi  qiymatining  100  foizini davlat 
ro'yxatiga  olingan  kundan  boshlab  30  kundan  kechiktirilmagan 
muddatda to'lashga majbur.
82


Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatining muhim xusu­
siyati shundan iboratki,  hisob-kitob raqamlari bo‘yicha bank ope­
ratsiyalari  boshqaruvchi  kompaniya  tom onidan  faqat  XIFning 
mablaglaridan  maqsadli  foydalanganligini  tasdiqlovchi  Markaziy 
depozitariy vakilining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
XIFlar  aksiyalarining  birlamchi  joylaslitirilishida  ular  fond 
do'konlar va boshqa sotuv shohobchalari orqali  100 so‘m nominal 
qiymat  bo'yicha  sotiladi.  Birlamchi joylashtirish  chog'ida  O'zbe- 
kistonning  har  bir  fuqarosi  XIFlar  aksiyalarini  nominal  qiymati 
bo'yicha xarid qilish huquqiga ega. Amalda to'langan ustav sarmoya­
si ro'yxatga olinganidan keyin iming aksiyalari aholiga joylashtiri­
lishi  yakunlariga  ko'ra  har  bii  aksiyador  (muassis)  ishtirokining 
ulushi bir oydan ko'p bo'hnagan muddatga ustav fondining 5 foizi­
dan oslimasligi kerak.
XIFlar aksiyalarini sotish investitsiya muassasalari (fond do'kon- 
lari),  qimmatli  qog'ozlar  bilan  operatsiyalar  qilish  huquqiga  ega 
bo'lgan banklar orqali amalga oshiriladi.  O'zbekiston Respublikasi 
davlat—tijorat  xalq banki,  shuningdek,  qimmatli  qog'ozlar bozori 
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish organining talabla­
riga javob beradigan boshqa tijorat banklari barcha ro'yxatga olingan 
XIFlar  aksiyalarining  muassasaviy  (institutsional)  tarqatuvchUa- 
ridir.  Muassasaviy  tarqatuvchilarning  XIFlar  aksiyalarini  solish 
bo'yicha xarajatlari XIFlarga aksiyalami sotishdan kelib tushadigan 
Davlat mulki qo'mitasining mablag'lari hisobidan qoplanadi.  Max­
sus  davlat kreditining  asosiy  summasi  qaytarilisliiga  qarab  XIFlar 
Davlat mulki qo'mitasi tomonidan muassasaviy tarqatuvchilar xiz- 
matlari haqlarini to'lash uchun sarflangan, aholiga sotilgan XIFlar 
aksiyalari tegishli paketlariga to'g'ri keladigan mablag'larning qay- 
tarihshini ta’minlaydi.
XIFlar  aksiyalari  oddiy,  egasining  nomi  yozflgan  bo'lib,  har 
bir aksiya aksiyadorlar umumiy yig'ilishida bir ovoz huquqini, shu­
ningdek,  dividendlar olish huquqini beradi.
XIF aksiyalarining birinchi nashri XIFning ta’sis etilishi chog'ida 
ustav  fondiga  muassislar  tomonidan  kiritilgan  uliishlami  qoplash 
uchim amalga oshiriladi. Aksiyalaming ikkinchi nashri aksiyalami 
aholiga sotish uchun chiqariladi va u XIF davlat ro'yxatiga oHnga- 
nidan  keyin  3  oydan  kechiktirihnasdan  amalga  oshirilishi  lozim. 
XIFlar  aksiyalarining  ikkinchi emissiyasi  ikkinchi  emissiya  pros-
83


pekti ro'yxatga olingan kundan boshlab 6 oy ichida, joylashtiriladi. 
XIFlar  aksiyalarining  keyingi  emissiyasi  aksiyadorlarga  tegishli 
bo'lgan foydani kapitalizatsiya qilish, keyinchaUk aksiyalami aksiya­
dorlar  o'rtasida  taqsimlash yoki  aksiyalaming  nominal  qiymatini 
oshirish  yo‘li  bilan  ustav  fondi  oshirilgan  taqdirda,  shuningdek, 
unga qo'shilayotgan boshqa X IF aksiyalariga almashtirilgan holda 
amalga oshirilishi mumkin. XIFlar quyidagi huquqlarga ega;
- investitsiya muassasasi litsenziyasiui olgunga qadar aksiyalami 
sotuvga  taklif qilish  (muassislar  o'rtasida  taqsimlanadiganlaridan 
tashqari);
- o'z aksiyalarini joylashtirish chog'ida mo'ljallangan daromad­
lar  miqdorini  e ’lon  qilish;
-  o'z aksiyalarini yuridik shaxslarga sotish (mnassislardan tash­
qari);
-  o'z  aksiyalarini aksiyadorlardan sotib  olish.
XIF  aksiyalarining  nashri  davlat  ro'yxatiga  olinganidan  so'ng 
ular qhnmatli qog'ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlarida 
erkin muomalada bo'lishi mumkin.  XIFlar aksiyalari va XIFlarga 
tegishli qimmatli qog'ozlarbUanba.jariladigan barcha operatsiyalar 
faqat Markaziy depozitariyda hisobga olinishi kerak.
XIFlar  tomonidan  xususiylashtirilgan  korxonalar  aksiyalari­
ning sotib olinishi mexanizmining o'ziga xas xususiyatlari.  O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  1998-yil 25-sentabrdagi 410- 
sonli qarori bilan XIFlar tomonidan khnoshdi savdolari orqali so­
tish uchun taqdim etiladigan aksiyalar miqdoriga ega bo'lgan 200 ta 
ochiq aksiyadorlik jamiyatining ro'yxatitasdvqlandi Bundan tashqari, 
yuqorida qayd etUgan ro'yxatga qo'shimcha ravishda Davlat mulki 
qo'mitasiga xususiylashtirHadigan korxonalarnnig davlatga tegishli 
aksiyalarini XIFlar uchun sotuvga qo'yishga raxsat etildi.
Xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalari XIFlarga nominal 
qiymatiga teng ravishda qayd etilgan narxda sotifishi lozim. XIFlar- 
ning aksiyalarga ochiq obuna bo'yicha qayd etilgan narxlarda xarid 
qilish  qobiliyati fond  aksiyalarini  aholiga  sotishdan kelib  tushadi- 
gan  va  kiritДgan ta ’sis  badahari summasidan  kelib  chiqqan  holda 
belgilanadi.  Davlat  muUd qo'mitasi tomonidan vakolatlangan or­
gan savdolarning tartibini belgEab beradi.  Ochiq obunani o'tkazish 
sanasi u  o'tkazMadigan  kundan  bir  hafta  oldin  ommaviy  axborot 
vositalarida e ’lon qMinishi kerak.

Download 6,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish