. Parodont kasalliklarini kelib chiqish sabablari (etiologiya) va
rivojlanishi (patogenez).
Ko’p sonli o’tkazilgan tadqiqotlarga qaramasdan, parodont kasalliklarining kelib
chiqish sabablarini va kasallik rivojlanishining mexanizmi hozirgacha tulik
aniklanmagan. Juda ko’p nazariyalar mavjud. Blessing 1911 yilda parodont
kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o’rganishga bag’ishlangan nazariyalar
soni 350 ga yetganligi to’g’risida ma’lumot bergan edi. Tabiiyki, undan keyingi
yillar ichida ham juda ko’p nazariyalar paydo bo’ldi.
Barcha nazariyalarni uch guruhga bo’lsa bo’ladi. 1. Tashqi — ekzogen
ta’sirotlarni maxalliy-parodont to’qkimalariga ta’siri;
2.
Ichki-endogen
sabablar bo’lib, ular organizmdagi patologik o’zgarishlardir; 3. Ichki va tashki
ta’sirotlar oqibatida kelib chiqishi. Albatta parodont kasalliklari tashqi va ichki
sabablar, ularning umumiy ta’siri ostida kelib chiqishi to’g’riroq hisoblanadi,
Lekin, shuni bilish kerakki, etiologiya va patogenez bir-biriga bog’lik, ularni
ayri o’rganish to’g’ri emas. Bu hakda 1903 yildayok Arckovy aytgan edi.
Mahalliy va umumiy ta’sirotlarni bir-biridan ayri holda emas, balki bu
ta’sirotlar organizmga birin-ketin o’zaro bog’lanib ta’sir etadi. Lekin ularni
o’rganish uchun shartli ravishda bo’lamiz. Parodont kasalliklarining tarkibi
quyidagicha: 20 yoshgacha asosan gingivitlar, ular orasidan esa kataral
gingivitlar (80—90 gacha). 20 yoshdan keyin ko’proq parodontitlar
uchraydi. Parodontoz 4— 5 ni tashkil etadi. Demak, asosan yallig’lanish
bilan kechadigan gingivit va parodontitlar ko’p uchraydi.
Mahalliy omillar. Ba’zi tadqiqotchilar parodont kasalliklari mahalliy sabablar
oqibatida kelib chiqishini yozadilar. Bu sababchilar: tish karashlari, tish
toshlari, tishlarga tushadigan bosimning noto’g’gri taqsimlanishi (prikusning
buzilishi, tishlar distopiyasi, zichligi), mikroflora va boshqalar. Shuni
aytish kerakki, faqat mahalliy omillar parodont kasalligi sababchilari bo’la
olmaydilar.
Umumiy omillar. Organizmda modda almashinuvining buzilishi, asab tizimining
buzilishi, endokrin buzilishlar kabi umumiy ta’sirotlar albatta kasallik kelib
chiqishida axamiyatlidirlar. Oqsil modda almashinuvi. vitaminlar gipoavitaminozi
holatlari, qon tomirlari vazifalarining buzilishi, maxalliy parodont tuqimasining
kislorod bilan ta’minlanish jarayonining buzilishi, asab tizimi kasalliklari kabi
holatlar parodont kasalligini paydo bo’lishi va rivojlanishida katta ahamiyat kasb
etadilar. Yallig’lanish, infeksiya, kimyoviy, fizikaviy, mexanik, immunologik,
organizm qarshilik kuchi (reaktivligi)ni pasayishi va boshqa ko’pgina sabablar
ta’sirida maydonga keladi.
VOZ (Butun dunyo
SOG
’
LIKNI
Saklash tashkiloti) ma’lumotlariga qaraganda,
gingivitni kelib chiqishida tishda yig’iladigan mikrobli karashlar sababchi
bo’ladilar. Tish pellikulasi ustida
OG
’
IZ
tozalik qoidalarini saqlash darajasiga
qarab, turli
HO
latlarda ko’p yoki oz karashlar yig’iladi. Karashlar asosan,
polisaxoridlar va oksillar, karbonsuvlar, tuzlar, fermentlardan iborat. Undan
tashqari organik tarkiblar bilan bog’langan noorganik moddalar—kalsiy, fosfor,
magniy, kaliy, natriylar xam bor. Ye. V. Borovskiy, T. I. Lemeskaya va
boshqalar parodontning
YALLIG
’
LANISH
kasalliklarnda mikrob omiliga ko’prok
urg’u
berishadi.
Ularning
fikricha,
parodont
to’qimasida
yig’iladigan
mikrorganizmlar ma’lum qonuniyatga amal qilib, 2—3 kecha — kunduzdan keyin
milkda grammanfiy va grammusbat kokklar, 4—5 kundai keyin —
fuzobakteriyalar, 7-kundan boshlab spiroxstalar, spirilalar paydo bo’la
boshlaydi. Mikrobli karashlar tarkibini 70 yaqin mikroorganizmlar tashkil etar
ekan. Ular tish toshlarini paydo bo’lishida ham muhim rol o’ynaydi.
So’lak tarkibini, buzilishi (giposalivasiya, kserostomiya), ya’ni so’lak bezlari
vazifalarining buzilishi oqibatida ham tish karashlari, toshlari paydo bo’lishi
tezlashadi, chunki mexanik tozalanish jarayoni buziladi. Yana boshqa
parodontning yallig’lanishining sabablaridan, mexanik (noto’g’ri qo’yilgan—
milkni bosib, jaroxatlaydigan plomba qismlari, milkka ortiqcha kirib turadigan
su’niy qoplamalar, noto’g’ri tayyorlangan ortopedik, ortodontik moslamalar,
ularning klammerlari, boshqa yatrogen omillar), kimyoviy, va fizikaviy milk
jarohatlari kabi sabablarni ko’rsatish mumkin.
Mahalliy
sabablardan,
og’iz
daxlizining
kichikligi,
lablar
va til
yuganchalarining yopishganlik anomaliyalari ham kasallikka sabab bo’la
oladilar (Arifdjanov A. Q, Safarov T. X. va boshq, 1989).
Umumiy sabablardan, qanddi diabet, Isenko — Kushing kasalligi, jinsiy tizimning
garmonal buzilishi, asab va ichki kasalliklar (oligofreniya, revmatizm, modda
almashinuv kasalliklari, nefropatnya va boshkalar), oshkozon-ichak kasalliklari
(T. X. Safarov, 1970—1986; V. A. Yepishev, 1972 va boshkalar) parodont
kasalliklarini kelib chiqishida, rivojlanishida katta ahamiyatga molik sabablar
bo’la oladi.
Keyingi yillarda (T. X. Safarov, I. S. Maщyenko, T. I. Lemeskaya va
boshkalar) parodont kasalligida immunologii tizimning ishi buzilishi katta rol
uynashini ilmiy asoslangan. T. X. Safarov (1986) kliniko-laboratoriya
tekshiruvlar natijasida oshqozon-ichak kasalliklarida asosan (85)
YALLIG
’
L
A
NISH
bilan kechadigan parodont kasalliklari, kam (14) parodontoz uchrashini anikladi.
Oshqozon-ichak kasalliklarida kechadigan parodont kasalliklarining asosiy
xususiyati, ularning tarqalganligi (generallashganligi)dir, xususan oshkozon
sekretorligini yetishmasligi bilan kechadigan gastritlar, oshkozon yarasi va o’n
ikni barmoqli ichak yarasi kasalliklarida. Demak, parodont kasalliklarining kelib
chiqish sabablari to’liq aniqlanmagan bo’lsada, ilmiy asoslangan dalillar
mavjudligi ma’lum.
VOZning pardontologiya (1977) buyicha ekspertlar komiteti gingivit va
parodontitni etiologiyasini quyidagi sxema bo’yicha tushinishni taklif etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |