Apparat platformasi
– axborotga ishlov berish tizimining texnik
uskunalari (dasturiy ta’minot, prosteduralar, qoidalar va hujjatlardan farqli
o’laroq), ular aynan kompbyuter va boshqa mexanik, magnit, elektr,
elektron va optik periferiya qurilmalarini yoki uning boshqaruvi ostida
yohud avtonom ishlaydigan shu kabi asboblarni, shuningdek tiziminng
amal qilishi uchun zarur bo’lgan har qanday qurilmalarni (masalan, GPS-
apparaturasi, elektron kartografik asboblar va geodezik asboblarni) o’z
ichiga oladi. Hisoblash tizimlarining A.p. elementlari o’zaro bog`lanishini
umumiy tashkil qilish arxitektura (architecture), funksional qismlar majmui
– konfigurastiya (configuration) deb ataladi.
CISC arxitekturasi
– Complex Instuction Set Computer –
komandalarning
to’liq
to’plamiga
ega
kompyuter.
Universal
prostessorning,
odatda
o’zgaruvchan
uzunlikdagi
turli
mashina
komandalarining (yo’riqnomalarining) katta to’plamiga ega tipi.
RISC arxitekturasi
– Reduced Instruction Set Computer –
komandalarning qisqartirilgan to’plamiga ega kompyuter. Universal
180
prostessorning, odatda bir xil uzunlikdagi mashina komandalarining
(yo’riqnomalarining) katta bo’lmagan to’plamiga ega tipi.
Aerofotosurat
(a erial photograph, aerial photo, aerophoto, print) –
er yuzasining havoda uchar apparatlardan olingan va ko’rinadigan hamda
berk ob’yektlarni, hodisalarni va jarayonlarni deshifrovkalash va
o’lchashlar vositasida tadqiq qilish uchun mo’ljallanngan ikki o’lchamli
fotografik tasviri. Fotografiyalash amlag oshiriladigan balandlikka qarab,
yirik masshtabli, o’rta mashtabli va mayda masshtabli (balandlik) A.
olinadi. Agar fotografiyalash o’qining tik chiziqdan og`ishi yo’l qo’yilgan
chegaradan o’tmasa, planli A. (vertical aerial photograph), agar o’q sezilarli
og`ishga ega bo’lsa, perspektiv A. (oblique, aerial photograph, persrective
aerial
photograph)
olinadi.
Qo’llaniladigan
fotoplyonka
tipiga
(photographic film) qarab, oq-qor va monoxrom A. (black-and-white aerial
photograph, monochrome aerial photograph), rangli A. (colour aerial
photograph), spektrozonal A. (false colour composite) farqlanadi,
fotoplyonkadan bosish usuli bo’yicha kontaktli A. (conact print) va
kattalashtirilgan A.lar (enlargement print) bo’lishi mumkin. Yakka A.
(single photographs, single-lens photograph) va stereoskopik A.
(stereoscopic photograph, stereopair) farqlanadi. So’nggilari real ularni
maxsus stereasboblarda stereoskopik ko’rib chiqishda yoki kopyuter
ekranida uch o’lchamli vizuallashtirish jarayonida uch o’lchamli tasvirni
takror ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. A. asosida yoyma montajlar va
yoyma montaj reprodukstiyalari (mosaic, photographic strip) – tadqiqot
rayoni yondosh suratlarining fotografiyalangan mozaikasi; fotosxemalar
(photomontage)
–
trasformastiyalanmagan
suratlarning
markaziy
qichmlarini montaj qilish yo’li bilan olingan tasvirlar; fotoplanlar (aerial
photoplan) – trasformastiyalangan suratlarni montaj qilish yo’li bilan
olingan tasvirlar; ortofotoplanlar (ortophoto(graph), ortophotoplan,
ortophotomap) – relef bo’yicha buzilishlar bartaraf etilgan fotoplanlar;
fotokartalar (photomap) – koordinatalar, geografik nomlarning yozuvlari,
relefning gorizotallardagi tasviriga va kartalarning boshqa elementlariga
ega fotoplanlar.
181
Do'stlaringiz bilan baham: |