P h aydarova


TASHQI VA ICHKI TUZILISHI



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/172
Sana31.05.2022
Hajmi5,69 Mb.
#622743
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172
Bog'liq
Dadayev,S To\'ychiyev S Umurtqalar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari

TASHQI VA ICHKI TUZILISHI
O b ’ektning sistem atik holati
Tip. Xordalilar — Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar - Craniata
Bo‘lim. Jag‘oglizlilar
-
Gnathostomata
Katta sinf. Baliqlar
— 
Pisces
Sinf. Suyakli baliqlar - Osteichthyes
Kenja sinf. S h u ’la qanotlilar - Actinopterygii
Katta turkum. Suyakdor baliqlar - Teleostei
Turkum. Karpsimonlar
— 
Cypriniformes
Vakil. Z og‘ora baliq — Cyprinus carpio L.
Kerakli materiallar va jihozlar: 
zog'ora baliq (fiksatsi- 
ya qilingani yoki tirigi); bir nechta turli yoshdagi suyakli baliqlar- 
ning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel, pin­
set, qaychi, preparoval ninalar, to ‘g‘nog‘ich ninalar (bulavka- 
lar), paxta, doka salfetkalar (ro‘molchalar), mikroskop, pred- 
m et va yopqich oynachalar, dastali qo‘l lupasi; suyakli baliqlar- 
ning tashqi ko‘rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi 
sxemasi va bosh miyasi aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mashg‘ulotning maqsadi: 
zog‘ora baliq misolida suyakli 
baliqlar sinf! vakillarining xarakterli belgilari bilan tanishish. 
Zog‘ora baliqning tashqi va ichki tuzilishini o ‘rganish.
Ishning mazmuni: 
baliqlar katta sinfiga kiruvchi turlarn- 
ing ko‘pchiligi suyakli baliqlar sinfiga kiradi. Ular xilma-xil 
suvliklarda keng tarqalgan. Skeleti ham m a vaqt u yoki bu 
darajada suyaklashgan. Jabralari ustidan suyakli jabra qopqog‘i 
bilan yopilgan. Suyakli baliqlarning ko‘pchiligida jabralararo 
to ‘siqlari m a’lum darajada reduksiyalangan va jabra yapro- 
qlari bevosita jabra yoylarida joylashgan. K o‘pchilik suyakli
48


baliqlarda embrional rivojlanish davrida ichakning orqa to­
monida bo‘rtma sifatida hosil bo‘lgan suzgich pufagi bor va u 
muhim gidrostatik organ hisoblanadi. Suyakli buliqlarda ota- 
lanish tashqi. Tuxumi (ikrasi) mayda, shox moddali qobig‘i 
yo‘q. Suyakli baliqlarning 90 foizdan ko‘prog‘i shu’la qanot- 
lilar kenja sinfiga kiradi. Suyakli baliqlarning ko'pchiligida 
og‘zi boshining oldingi qismida joylashgan, rostrumi yo‘q. 
Dum suzgich qanoti gomotserkal tipda. Juft suzgich qanotlari 
tanasiga nisbatan vertikal joylashgan. Tanasi suyakli tanga­
chalar bilan qoplangan va u yupqa plastinkadan iborat bo‘lib, 
cherepitsasimon bir-birining ustida yotadi. Kloakasi yo‘q. Icha- 
gida spiralsimon klapanlari yo‘q, uning o‘miga ko‘pchilik suyak­
li baliqlar ichagida ko‘r (pilorik) o'sim talar paydo bo'lgan. 
Tog'ayli baliqlar yuragidagi arterial konus o ‘rniga suyakli 
baliqlarda aorta piyozchasi paydo bo‘lgan.
Laboratoriya mashg‘ulotida tirik yoki formalin (spirt) erit- 
masida fiksatsiya qilingan zog‘ora baliqning (zog‘ora baliq 
bo'lmasa, do'ng peshona yoki oq amur balig‘i misolida o ‘rgansa 
ham bo'ladi) tashqi tuzilishi o'rganiladi. Fiksatsiya qilingan 
baliqning tashqi tuzilishini o'rganishdan oldin uni bir necha 
soat suvda yuvib, formalin hidi yo'qotiladi. So‘ngra baliqni 
suvli, kengroq idishga solib, uning gavda shakli, rangi, tan- 
gacha qoplamining joylashishi, gavdasining bosh, tana va dum 
qismlarining qo'shilib ketganligi va tanasining ikki yon to­
m ondan siqiqligini e ’tibor berib ko‘rib chiqing. Boshida, ta- 
nasida va dum qismida joylashgan organlarini toping. Yangi 
tutilgan tirik baliq terisi shilimshiq modda bilan qoplanganligi 
tufayli, uni kaftda ushlab turish oson bo‘lmasligini bilsa boiadi. 
Quyida suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi bilan tanishasiz.
Tashqi tuzilishi. Suyakli baliqlar gavdasining shakli har 
xil bo‘ladi. Zog‘ora baliqning ustki ensa bo'lim i yon tomon- 
laridan birmuncha qisilib do‘nglik (bo‘rtma) hosil bo‘lgan. 
Tananing qolgan qismi dum qismining oldingi chegarasigacha
49


bir xil kenglikda bo‘lib, keyin sekin-asta torayib, dum qismiga 
aylanadi. Boshining ikki yon tomonida jabra qopqoqlari joy­
lashgan b o ‘lib (27-rasm), ularning keyingi qirralari bosh bilan 
tana bo'limlari o ‘rtasidagi chegara hisoblanadi.
Orqa chiqaruv teshigi dum bo‘limining oldingi chegara- 
sidir. Orqa chiqaruv (anal) teshigining bevosita orqa tomoniga 
o lrnashgan siydik-tanosil so‘rg‘ichida jinsiy teshigi va uning 
orqasida siydik teshigi ochiladi. K o‘krak juft suzgich qanot­
lari, barcha baliqlardagiga o ‘xshash gavdaning ikki yonida 
jabra yoriqlari orqasida, qorin juft suzgich qanotlari esa tana 
bo‘limining qorin qismi o'rtasida o ‘rnashgan. Toq suzgich qa­
notlar bittadan. Ular orqa, dum va orqa chiqaruv (anal) suz­
gich qanotlaridan iborat. Orqa va anal suzgichlarining oldida 
tishli bittadan qattiq suyak nurlari bo‘ladi. Zog‘ora baliqning 
tanasi sarg‘ish tillasimon suyak tangachalar bilan qoplangan. 
Suyak tangachalar cherepitsalar kabi bir-birining ustida to ‘g‘ri 
qator bo‘lib joylashgan. H ar qaysi tangacha birm uncha yu- 
maloqlangan yupqa plastinkadan iborat b o ‘lib, oldingi asosiy 
qismi (qirrasi) teri ichiga kirib turadi, qolgan tashqi cheti esa 
tekis bo'ladi. Bunday tangacha 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish