sikloid tangacha
deb atala
di. Zog‘ora baliq tanasining boshidan to dum suzgich qanoti-
gacha to ‘g‘ri
yon chizig'i
o ‘tadi.
27-rasm. Zog'ora baliqning tashqi tuzilishi:
l-jabra q o p q o g 'i, 2 -bum n teshigi, 3-yon chizig'i, 4-ko‘krak suzgich q an o ti, 5-
50
>|itiin su z g ic h
q an o ti, 6-anal teshigi, 7-orqa suzgich q an o ti, 8-anal suzgich q an o ti,
9 du m suzgich q an o ti, 10-og‘iz teshigi.
Bu organ tangachalarni teshib o ‘tgan qator qora teshik-
lardan hosil boigan. Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari
bilan yon chizig‘i joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yon
chizig'i suv sharoitidagi o ‘zgarishlarni qabul qiladi. Zog‘ora
baliqning dum suzgichi boshqa suyakli baliqlarniki singari
gomotserkal tipda,
ya’ni sirtdan simmetrik, ichki tom ondan
esa asimmetrikdir. Og‘zi boshining uchki qismida joylashgan
bo'lib, suyak jag‘lar bilan o‘ralgan. Yumaloq ko‘zlarida qovoq-
lar yo‘q. Boshining ustki tomonida, ko‘zining oldida bir juft
burun teshigi bor, ulardan har qaysisi ko‘ndalang teri ko‘prikcha
(to‘siq) bilan oldingi va keyingi qismga bo‘linadi. Zog‘ora
baliqning burun teshiklari og‘iz bo‘shlig‘iga ochilmaydi (bu-
mn teshigiga nina tiqib sinab ko‘ring).
Baliqni yorib ichki tuzilishini o ‘rganish
Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning
qornini tepaga qilgan holda chap qo‘lga olib, qaychi bilan
qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko‘ndalangiga
kichik kesik hosil qiling.
Qaychining o £tmas (to‘mtoq) uchini kesilgan teshikka kir-
gizib, qorin tomonining o‘rtasidan og‘izgacha kesing (bunda
ichki organlarga zarar yetkazmaslik kerak).
Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa
p o g ‘onasiga (ich k i b o ‘sh liq n in g ustki devoriga) q ad ar
ko‘ndalangiga kesing. Kesikdan hosil bo‘lgan tana devorini
ko‘tarib, umurtqa pog'onasi bo'ylab bosh tomonga qarab ke-
sikni jabra qopqog'igacha davom ettiring va hosil bo‘lgan par-
chani tanadan ajratib oling.
Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyak
lari hamda terisining tuzilishini o ‘rganing. Qopqoq ostidagi
jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va Petri
51
shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog‘oz qo‘yib,
jabra ravoqlari tuzilishini o ‘rganing. Baliqning og'ziga cho‘p
tiqib, cho‘pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil qiling.
Ostiga m um solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va
dum idan nina bilan sanchib baliqni idish tubiga yopishtiring.
So‘ngra idishga yorilgan baliqni ko‘madigan miqdorda suv
quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ulami ko‘zdan
kechirishni osonlashtiradi). Yorilgan baliq yuragini ajratib olib,
Petri shisha idishdagi suvga solib ko‘rib chiqing. Yurakning
och qizg‘ish qorinchasi va to ‘q qizg‘ish yurak old bo‘lmachasini
toping. Barmog‘ingizni tekkizib, yurak qorinchasi devorining
yurak old bo‘lmachasi devoriga nisbatan zichroq va qalinroq
ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ich i yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistem asini
o'rganish uchun uni og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi, qizilo‘ngachi,
oshqozon va ichak b o ‘limlari, jigari, o ‘t pufagi va oshqozon
osti bezlarini topib, sinchiklab ko‘rib chiqing. Suzgich pu-
fagini chiqarib olib, uning shakli va tuzilishini o ‘rganing.
Baliqning ichki a ’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan
chiqadigan nervlarni toping. Baliq bosh miyasini ochib ko‘rish
uchun boshni chap q o ‘lga olib, bosh suyagining tepasini en-
sadan ko‘zga qarab, to bosh skeleti b o ‘shlig‘i ochilguncha
o ‘tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh skeleti b o ‘shlig‘i och
kulrang ko‘pik (moy tomchilari) bilan to ‘lgan bo‘ladi. Uni
pipetkadan suv to mizib yuving. So‘ngra pinset bilan ko‘z ol-
didagi va ular o ‘rtasidagi suyaklami olib tashlang. Hosil bo‘lgan
prepara tni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ко‘rib
chiqing. Tayyor preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh
miya bo‘limlari bilan tanishib chiqsangiz bo‘ladi.
Bu ishlar bajarib bo‘lingach, ichki organlar tuzilishi bilan
quyidagi tartibda tanishib chiqing (28-rasm).
52
Do'stlaringiz bilan baham: |