Miqdori.
Para-aminobezoy kislota hosilalarining miqdori, barcha aromatik aminlarga xos nitritometriya usuli bo'yicha aniqlanadi. Bunda molekula tuzilishida birlamchi aromatik aminoguruh saqlagan anestezin, novokain va novokainamidlar titrlash jarayonida natriy nitrit bilan diazoniy birikma, ikkilamchi aromatik aminoguruhi mavjud dikain esa nitroza birikma hosil qiladi.
nitritometrik usulida aniqlashda ma'lum miqdordagi preparat eritmasini xlorid kislota va kaliy bromid ishtirokida natriy nitritning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Sirtqi indikator sifatida yodkraxmal qog’ozi, ichki indikator sifatida esa tropeolin 00 bilan metilen ko’ki aralashmasi ishlatiladi va titrlash suyuqlik havo rangga o’tguncha olib boriladi.
Anestezin, novokain va novokainamidlarning miqdori yana bromatometrik va yodxlorometrik usullar bo’yicha ham aniqlanadi. Bromatometriyaning bevosita titrlash usuli bo’yicha aniqlashda preparatning eritmasini kaliy bromid, sulfat kislota va metiloranj indikatori ishtirokida suyuqlik rangsizlangunga qadar, kaliy bromatning 0,1 mol\l eritmasi bilan titrlanadi.
Yodxlorometrik usul bo’yicha aniqlashda, ularning eritmasiga ma'lum hajmda ortiqcha yodxloridning 0,1 mol\l eritmasidan qo’shiladi va biroz o’tgach, suyuqlikka kaliy yodid qo’shib, ajralib chiqkan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol\l eritmasi bilan titrlanadi.
Preparatlarning miqdorini yana suvsiz muxitda kislota-asos titrlash usuli yordamida aniqlash mumkin. Masalan, novokain miqdorini aniqlashda, uning suvsiz sirka kislotadagi eritmasi simob-II-atsetat va kristallik binafsha indikatori ishtirokida suyuqlik havo rangga o’tgunga qadar, perxlorat kislotaning suvsiz sirka kislotadagi 0,1mol\l eritmasi bilan titrlanadi.
Ishlatilishi
Para-aminobenzoy kislota xosilalaridan anestezin, novokain va dikain tibbiyotda og’riqsizlantiruvchi, novokainamid esa antiaritmik modda sifatida ishlatiladi.
Para-aminosalitsil kislotaning tibbiyotda ishlatiladigan xosilalari
Natriy- PAS- Natrii para - aminosalicylas
BEPASK-
Verassum Olinishi
Para-aminosalitsilat-natriyni olish uchun meta-aminofenolni kaliy gidrokarbonat ishtirokida karbonat angidrid atmosferasida 100—105°C gacha qizdirib, para-aminosalitsilat kaliy olinadi.
Para-aminosalitsilat kaliy sulfat kislota ta'sirida para-aminosalitsil kislotaga o’tkaziladi.
Para-aminosalitsil kislotani natriy gidrokarbonat bilan neytrallab, natriyli tuzi olinadi.
Bepaskning sintezida avval natriy para-aminosalitsilatga (I) benzoy kislotaning xlorangidridini (II) ta'sir ettirib, p - benzoilaminosalitsil kislota (III) olinadi. So’ngra uni natriy gidrokarbonat ta'sirida natriyli tuziga (IV), keyin esa kalsiy xlorid ta'sirida bepaskga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |