Karbonizatsiya jarayonining texnologik hisoblari
Karbonizatsiya bo‘limida ammoniylashgan namokob bilan uglerod dioksid absorbsiya qilinadi va natriy gidrokarbonat cho‘ktiriladi. Bu jarayon quyidagi tenglama bo‘yicha o‘tadi:
NaCl+NH3+CO2+H2O⇄NaHCO3+NH4Cl
Ammoniylashgan namokob bilan absorbsiya qilingan SO2 ning miqdori sistemaning karbonizatsiya darajasi (Rs) bilan baholanadi. Rc-bu yutilgan uglerod dioksid (qattiq fazadagi ham) miqdorining suyuq fazadagi ammiakning umumiy miqdoriga nisbati. Qattiq fazadagi SO2 ning miqdori cho‘ktirilgan NaHCO3 ga ekvivalentli bo‘ladi va eritmadagi bog‘langan ammiakning miqdori bilan aniqlanadi. Bu miqdor esa eritmadagi ammoniy xloridning bir qismiga (cho‘ktirilgan NaHCO3 ga ekvivalentli) to‘g‘ri keladi. Bog‘langan ammiakning [NH3 bog‘] miqdorini aniqlash uchun uchun ammiakning umumiy miqdoridan to‘g‘ri titrni ayrish kerak. To‘g‘ri titr eritmaning ishqorligini baholaydi va bevosta eritmani xlorid kislota orqali titrlash bilan aniqlanadi. Sistemaning karbonizatsiya darajasi quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi.
Rc 200% bo‘lganda, ya’ni 1.n.b. NH3 ga 2 n.b. CO2 to‘g‘ri kelgan holda karbonat kislotaning barcha tuzlari gidrokarbonat holda bo‘ladi. Bu holatda asosiy reaksiyani quyidagicha yozish mumkin:
NaCl+NH4HCO3⇄NaHCO3+NH4Cl
Ishlab chikarish sharoitida sistemaning karbonizatsiya darajasi 187-199% ni tashkil etadi.
YUqoridagi reaksiya bo‘yicha moddalarning eruvchanligini P.P.Fedotev o‘rganib chiqqan (SO2 ning bosimi 1 atm bo‘lgan). Bu bosimda karbonizatsiya darajasi 200% ga etmaydi va shuning uchun P.P.Fedotev olgan ma’lumotlar etarli darajada aniq bo‘lmagan. 0-300C temperatura intervalida NH4Cl va NaHCO3 lar stabil tuzlar holatida bulgan. Demak, ko‘rsatilgan temperatura intervalida qattiq fazalar NaCl va NH4NCO3 stabil holatda bo‘laolmaydi va boshka stabil xolatga o‘tadilar (NaHCO3 va NH4Cl). SHuning uchun reaksiyada qatnashayotgan 4 ta tuzlardan bir vaqtda 1 tasi stabilsiz bo‘lishi mumkin, ya’ni NaHCO3, NH4Cl, NH4HCO3 yoki NaHCO3, NH4Cl va NaCl.
Karbonizatsiya bo‘limida eng muxim ko‘rsatkichlardan biri natriydan foydalanish koeffitsienti (UNa). Natriydan foydalanish koeffitsienti bu qattiq fazaga cho‘kib tushgan NaHCO3 ning miqdorining boshlang‘ich NaCl miqdoriga nisbati:
Temperatura oshishi bilan natriydan foydalanish koeffitsienti oshib boradi. 320S temperaturada UNa maksimal miqdorga etib boradi. 320S dan temperatura oshishi bilan NaHCO3 va NH4Cl tuzlardan iborat tuyingan eritma hosil bo‘ladi. Bu tuzlarning eruvchanligiga binoan Una ning qiymati kamayadi. Masalan, 450S temperaturada UNa ning qiymati 81,6% tashkil etadi. SHunday qilib, P.P.Fedotevning ma’lumotlari bo‘yicha 320S temperaturada UNa ning qiymati 84% tashkil etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida UNa ning qiymati 75% dan oshmaydi, chunki hosil bo‘lgan eritmalar faqat gidrokarbonat bilan to‘yingan bo‘ladi. UNa ning maksimal qiymatiga erishish uchun namokobga ammiak bilan qattiq natriy xloridni natriy tuzini qo‘shish kerak. Natriy xlorid karbonizatsiya qilish natijasida NaHCO3 cho‘kmaga tushib qisman eriydi va hosil bo‘lgan eritmada xlor ionlarining konsentratsiyasi optimal qiymatigacha oshadi. Texnik natriy xlorid tarkibida kalsiy va magniy ionlar aralashmasi borligi uchun bu tuzni faqat tozalab qo‘shish mumkin. Tuzni tozalash iktisodiy nuqtai nazardan foydali emas.
Boshlang‘ich moddalarning konsentratsiyasi oshishi bilan cho‘ktirilgan NaHCO3 ning miqdori oshib boradi. SHuning uchun soda ishlab chiqarishida namokob NaCl bo‘yicha maksimal konsentratsiya bilan tayyorlanishiga harakat qilinadi. Bundan tashqari tozalashda va absorbsiya jarayonida NaCl konsentratsiyasi kamayishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eritmada ammiakning konsentratsiyasni cho‘kmaga tushayotgan NH4HCO3 mikdori bilan chegaralangan. 300S temperaturada umumiy amiakning umumiy xlorga nisbati birga teng.
Karbonizatsiya jarayonida 15% ammiakning gaz bilan chiqib ketishi munosobati bilan bu nisbat 1,10-1,15 atrofida ushlanadi. Mumkin bo‘lgan maksimal karbonizatsiya darajasiga erishish karbonizatsiya gazidagi CO2 ning konsentratsiyasiga bog‘liqdir. Karbonizatsiyaga uglerod dioksid soda va ohak tosh uchoqlaridan keladi. Soda o‘choqlari gazi (85-90% CO2) to‘liq karbonizatsiyaga beriladi. Bu gazga kerakli miqdorda oxoq tosh o‘choqlari gazi qo‘shiladi (33-40% CO2).
Karbonizatsiya bo‘limida NaHCO3 ning yirik kristallarini hosil qilish eng muhim masaladir. Karbonizatsiya kolonnasining unumdorligi eng sekin o‘tadigan jarayonga bog‘liqdir. Eng sekin o‘tadigan jarayon deb NaHCO3 ning kristallizatsiyasini hisoblash mumkin. NaHCO3 ning yirik kristallarini olish vaqtni talab qiladi. Suyuq fazaning kolonnadan o‘tish vaqti kolonnaning erkin hajmiga bog‘liqdir. SHuning uchun kolonnaning barbotaj tarelkasini kolpaki maxsus konstruksiyaga ega. Kolpak tegida gaz minimal va suspenziya maksimal hajm egallaydilar. NaHCO3 ning kristallizatsiya jarayoni karbonizatsion kolonnaning ma’lum temperatura rejimini talab qiladi.
NaHCO3 kristallariga quyidagi yuqori talablar qo‘yiladi: kristallar etarli darajada yirik bo‘lishlari kerak (100-200 mkm), o‘lchami va shakli bir xil bo‘lishi zarur. Bu talablarga keyingi quyidagi apparatlarning yaxshi ishlashiga bog‘liq: vakkum-filtr va soda o‘chog‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |