O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/5 2022
- 309 -
asosiy vazifasi etib belgilangan [7]. Bunga L. L. Nelyubinning
izohli tarjimon lug‗atida mashina tarjimasiga quyidagicha
ta‘rif berilganini alohida ta‘kidlash mumkin:
1. Kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan oldin-
dan o‘rnatilgan dastur asosida matnni avtomatik tarjima qilish.
2. Tilshunoslikning asosiy qoidalari va usullarini tub-
dan qayta ko‘rib chiqish asosida shunday tarjima nazariyasini
ishlab chiqadigan tilshunoslik bo‘limi.
3. Ikki tilli vaziyatda avtomatlashtirilgan axborotni
qayta ishlash – uzatish inson tomonidan matnni bir (tabiiy)
tildan ikkinchisiga o‘tkazish.
4. Mashina tarjimasi (kompyuter yordamida tarjima
qilish).
5. Texnik vositalardan foydalanishning (va rivoj-
lanishining) har qanday bosqichida ikki tilli vaziyatda axborot-
ni qayta ishlashning umumiy jarayoni.
6. Elektron raqamli kompyuterda matnni bir tildan
(tabiiy yoki sun‘iy) boshqa tilga (tabiiy yoki sun‘iy) tarjima
qilish jarayoni [8].
Akademik olimlar
va tadqiqotchilarning ilmiy
izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki ularning bir qancha
ilmiy izlanishlar olib borish natijasida mashina tarjimasining
ta‘rifiga (atamasiga) aniq bir xulosaga kelish qiyin bo‘lgan[9].
Ushbu jarayonda inson ishtiroki bilan bog‘liq holatlar bevosita
bog‘liqligi sabab qilib ko‘rsatilganligi mashina tarjimasining
ixtiro qilinishi hali ko‘p boshqichdan o‘tilishi kerakligini
tasdiqlaydi. Shu bois, bugungi kunda ham bu atama bevosita
inson aralashuvini o‘z ichiga olgan to‘liq avtomatlashtirilgan
tizimlarga nisbatan qo‘llanilishda davom etmoqda.
Dunyo
olimlarining
tarjimani
avtomatlashtirish,
mashina tarjimasi, kompyuterda tarjima qilish g‘oyalarini
ilgari surishdan ko‘zlangan
asosiy maqsadlaridan biri
shundaki, mashinadan foydalanish matnlarni tarjima qilish
uchun zarur bo‘lgan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishi
mumkin. Bunda tarjimaning moliyaviy jihatdan foydalanuv-
chilarga qulayligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misol qilib
aytganda biz professional tarjimonlardan foydalanganimizda,
har bir sahifani tarjima qilish uchun pul to‘lashimiz kerak
bo‘ladi. Biroq, mashina tarjimasida esa mukammal tarjimani
olishning imkoni bo‘lmasada matn yoki ma‘lumotning asosiy
mazmunini
tushinishimiz
mumkin.
Yoki
internetdagi
sahifalardan ham ma‘lumotning mazmun mohiyatini tezda
tushunish mukin. Bunday holda,
tarjima tizimi shubhasiz
ishonchli va samarali yordamchiga aylanadi. Bundan tashqari
MT maxfiyliligi ham ilmiy tadqiqotchilarning ongida muhim
o‘rin tutadi. Mashina tarjimon dasturi ixtiro qilinishidan oldin,
tarjimaga muhtoj bo‘lganlar inson tarjimasidan foydalanar
edilar, buning natijasida turli xildagi maxfiy yozishmalar,
xatlar, iqtisodiy va moliyaviy ma‘lumotlarning sirlari oshkor
bo‘lar edi. Hozirgi kunga kelib bu maxfiylikni saqlab qolish
maqsadida ko‘pgina foydalanuvchilar shaxsiy xatlarni tarjima
qilish uchun muntazam ravishda MT tizimidan foydalanadilar,
chunki hamma ham birovning tarjimoniga shaxsiy yozish-
malarni berishga yoki moliyaviy hujjatlarning tarjimasiga
ishonishga komil emas. Shuning
bilan bir qatorda MTning
ko‘p qirraliligi tadqiqotchilarning nazariy qarashlarida
kelajakda turli kasb sohalarda keng qo‘llanilishi bilan bevosita
yangi imkoniyatlarni ochib bera olishi ularning diqqat
markazida bo‘lgan. Masalan, professional tarjimon qoida
tariqasida ma‘lum bir mavzudagi matnlarni tarjima qilishga
ixtisoslashgan. Tarjima dasturi esa turli xil yo‘nalishdagi
ma‘lumotlardan matnlarni tarjima qilish funksiyasiga ega.
Maxsus atamalarni to‘g‘ri tarjima qilish uchun faqat kerakli
sozlamalarni faollashtirish kerak xolos. Bundan tashqari
Internet sahifalarini ham onlayn tarjima qilish MT ning
vazifalaridan biridir va bu ham o‘z o‘rnida onlayn
tarjimonlarning afzallik va ko‘p qirralik tomonlarni ko‘rsatib
beradi.
Darhaqiqat, hozirda agar foydalanuvchida tarjima
dasturi bo‘lmasa, uni onlayn tarjima xizmatlari har doim
ma‘lumotlarni tezda tarjima qilishda yordam beradi.
Dunyodagi har bir ixtironing yaratilishi negizida
mukammal, chuqur o‘ylangan nazariya va o‘ziga boy bo‘lgan
tarix yotadi, shu kabi tarixning o‘ziga xos xususiyati va puxta
o‘ylangan strategik nazariyalardan biri bevosita mashina
tarjimasining tarixi, nazariy va amaliy jihatlarini o‘zida
chambarchas bog‘lab turuvchi nazariy yondashuvlar yotadi.
Mashina tarjimasi tarixining boshlanish davrlari.
Mashina tarjimasi g‘oyasi 50-yildan buyon mavjud bo‘lib shu
davr ichida jahon olimlari tomonidan mashinada tarjima qilish
ustida bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan[10].
Aynan mashina tarjimasi tarixi nihoyatda qiziqarli bo‘lganligi
va jahon olimlarining ilg‘or g‘oyalari bilan MTning hozirgi
zamonda nazariy va amaliy natiajasini yaqqol namoyon
qilmoqda. Dastlab, mashina tarjimasi (MT) kompyuterlarning
paydo bo‘lishi va ulardan intellektual muammolarni hal
qilishda foydalanishga urinishlar bilan boshlangan. MTning
birinchi mutaxassislari turli xil bilim sohalari olimlari bo‘lib,
ular
orasida asosan matematiklar, dasturchilar, bilim sohasi
nazariyotchilari, tilshunoslar, tarjimashunoslarni o‘zida
qamrab olgan bo‘lib, keyinchalik ular sun‘iy intellekt deb
nomlana boshlangan. MT bo‘yicha dastlabki nazariyalar tilni
ma‘lum bir kod sifatida tushunish edi va tarjima muammosi
bir tildan (bir kod) ikkinchisiga transkodlash muammosi bilan
tenglashtirildi. Biroq, tadqiqot natijasida bu nazariyaning bir
tomonlamaligi (bir tilliligi) aniqlanildi. Shundan soʻng til
nazariyasi boʻyicha chuqur izlanishlar, asosan, maʼnoni
yetkazish yoʻllarini izlashga urinishlar boshlandi [11].
XX asrning o‘rtalarida tarjima
jarayonini kompyuter
bilan bog‘liq holda o‘rgansih g‘oyalarining paydo bo‘lishi
mashina (avtomatik) tarjimasi yuzaga kelishiga turtki
bo‘lishiga qaramay bu jarayon aynan XVII asrda faylasuflar
G.V. Leybnis va Deskart tomonidan jumla va so‘zlarning
o‘zaro bog‘liqligining kodlash masalasi ilgari surilgan. Biroq
ushbu takliflarning barchasi ma‘lum bir vaqtgacha nazariy
g‘oyaligicha qolgan va haqiqiy mashinaning rivojlanish
bosqichiga olib kelmagan[12]. Keyinchalik, mashinaning
tarjima qila olish imkoniyati haqidagi g‘oyani Ch. Bebbidj
1836-1848-yillarda o‘sha davrdan 100-yil
keyin paydo
bo‘lgan elektron raqamli mashinaning mexanik prototipi –
raqamli analitik mashinalar bo‘yicha olib borgan loyihasida
qayd etgan [13].
XX asrning 30-yillariga kelib ―tarjimon mashinalar‖
amalda qo‘llanila boshlandi. Estoniyada mexanik tarjimani
ro‘yobga chiqarishda A.Vaxerning nazariy qarashlari ―Vaba
Maa‖ nomli ro‘znomada e‘lon qilindi. Fransiyada J. Astrouni
tomonidan avtomatik bilingval lug‘atlardan foydalanish taklif
etilib, u ―Mexanik miya‖ deb nomlangan mashina tarjimasi
ishlanmasi uchun patentga ega bo‘ldi [14]. 1933 yilda
lingvistik arifmometr muallifi P.P. Smirnov Troyanskiy Sobiq
Rossiya Fanlar akademiyasiga o‘zi ishlab chiqqan ―bir tildan
ikkinchi tilga tarjima qilishda so‘zlarni tanlash va chop etish
mashinasi‖ loyihasi bilan murojaat qilgan. Mashina egri sirtli
stoldan iborat bo‘lib, uning oldida kamera o‘rnatilgan, yozuv
mashinkasi bilan sinxronlashtirilgan. Stol yuzasida ―lug‘at
maydoni‖ - uch, to‘rt yoki undan ortiq tilda so‘zlar bosilgan
erkin harakatlanuvchi plastinka bo‘lgan [15].
1.1-rasm.P.P. Smirnov Troyanskiy mashinasi (1933-yil)
Shu yilning o‘zida P.P.
Smirnov Troyanskiy tomoni-
dan Esperanto tili asosida tillar o‘rtasidagi grammatik
boshqaruv usuli bilan taqsimlash metodi va bilingv lug‘atni
o‘z ichiga oluvchi tizim yaratildi. Ushbu tizim uch bosqichni
o‘z ichiga olgan: Birinchi bosqichda muharrir asosiy tildagi