Filtrlash. Qattiq moddalarni suyuq moddalardan yupqa g‘ovakli to‘siq orqali ajratishdir. Suyuq filtrlanuvchi modda material kapillyarlaridan o‘tadi, kapillyar o‘lchamidan katta bo‘lgan zarrachalar esa material yuzasida ushlanib qolinadi va cho‘kma hosil qiladi. Bu cho‘kma filtrlash jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki u to‘planib, uning o‘zi filtrlovchi material sifatida xizmat qiladi.
Filtrlash tezligini (m/cek) quyidagi formula bilan ifodalanadi.
Filtrlashning asosiy differensial tenglamasi quyidagicha
bu yerda: V - filtrat hajmi, m3;
s - filtrlash yuzasi, m2;
- filtrlash vaqti, c;
p - bosim farqi, n/m2;
- suyuq fazaning dinamik qovushqoqligi, Pa∙c;
Roc - cho‘kma qatlamning qarshiligi, m-1;
Rfn - filtrlovchi to‘siqning qarshiligi, m-1;
Filtrlash tezligini oshirish uchun bosimni oshirib, qovushqoqlikni kamaytirish kerak. Cho‘kma siqiladigan va siqilmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Siqilmaydigan cho‘kmalar, bu shunday cho‘kmalar, bunda g‘ovaklar bosimlar farqi ko‘tarilganda ham kamaymaydi, aksincha g‘ovaklar siqiladigan cho‘kmalarda kamayadi. Yog‘larni filtrlash jarayonida hosil bo‘ladigan cho‘kmalar (fosfatidlar, oqsillar, shilimshiq moddalar va x.k.) siqiladigan cho‘kmalardir. Yog‘-moy sanoatida paxtali (belting, diagonal) yoki sintetik filtrlovchi gazlamalar ishlatiladi.
Filtrlash jarayoni davriy yoki uzluksiz usulda olib boriladi. Filtrpress to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi vertikal birin-ketin joylashtirilgan ariqchali plitalar va bo‘sh ramalardan tashkil topgan. Har bitta rama filtrli mato bilan o‘raladi. Plita va ramalar qo‘zg‘almas korpusga mustahkamlangan gorizontal tayanch balkalarga tirab qo‘yiladi. Plita va ramalarning yon qismida teshiklari bo‘lib, ular birlashib kanal hosil qiladi. Filtrpress yuqori qismidan suspenziya (yog‘) beriladi va pastki qismidan filtrat oqib tushadi.
Filtrpress gorizontal staninaga joylashtirilgan 15-50 ta vertikal filtrlash yacheykalardan iborat.
4 – rasm. Filtr-press elementlari.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki (7) kanaldan (5) teshik orqali yog‘ rama II ning ichki qismini to‘ldiradi. Bosim ostida yog‘ mato orqali o‘tib filtrlanadi.
Yog‘ I plitaning rifli yuzasidan oqib tushadi va (4) teshik orqali yig‘ish tarnoviga yig‘iladi. Filtr mato yuzasida yig‘ilgan cho‘kma asta-sekin ramaning bo‘shliq qismini to‘ldiradi. Ramaning bo‘shliq qismi cho‘kma bilan to‘lganda filtrlash jarayonining bosimi ko‘tariladi, filtrlash to‘xtatiladi va filtrpress tozalanadi. Filtrlash jarayoni boshlanishida filtr mato yuzasida filtrlash qatlami hosil bo‘lganda, loyqa filtrat oqadi, u alohida yig‘iladi va qaytadan filtrlashga beriladi. Filtrpress ishlaganda bosim 0,15-0,20kPa (1,5-2,5 kgs/sm2)dan oshmasligi kerak.
Cho‘kmalarni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan holda bo‘shatishga asoslangan turli filtrlar ma’lum. Uzluksiz ravishda ishlash uchun odatda 2 ta filtr o‘rnatiladi. Hozirgi zamon uzluksiz ishlaydigan filtrlar diskli, patronli, ko‘rinishda bo‘ladi. Filtrlashdan oldin odatda filtrlovchi elementda yupqa qatlam hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |