Oziq ovqat texnologiyasi


Takrorlash uchun savollar



Download 3,65 Mb.
bet116/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

Takrorlash uchun savollar
1. Atir sovun asosiga ishlov berish
2. Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press
3. ELM liniyasida atir sovun asosiga ishlov berish texnologik chizmasi
4. “Matssoni” liniyasida atir sovun asosiga ishlov berishni texnologik sxemasi
5. Xo‘jalik va atir sovunining sifat ko‘rsatkichlari.


Tayanch so‘z va iboralar
Sovutish; Quritish; Vakuum-kamera; Sovunni qadoqlash; Rang beruvchi moddalar; Hid beruvchi moddalar; Stabilizatorlar; Tuzlash; Sovun osti yelimi; Qaynatish; Yuvish; Silliqlash.


13-MA’RUZA
OZIQ-OVQAT SIRT FAOL MODDALARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI


Reja: Sirt faol moddalar va ularning ahamiyati. Sirt faol moddalarning turlari. Emul’gatorlar. Mono va diglitseridlar olish. Fosfolipid asosida emul’gatorlar ishlab chiqarish.


14-MA’RUZA
YOG‘-MOY KORXONALARI IKKILAMCHI MAHSULOTLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI


Reja: Yog‘-moy korxonalaridan chiqadigan ikkilamchi mahsulotlar: ishlatilgan oqlovchi tuproq, gudron va boshqa ikkilamchi mahsulotlardan unumli foydanish uchun yangi innovatsion texnologiyalar, respublikamiz soha olimlari tomonidan ishlab chiqarishga taklif etilgan va joriy etilgan yangi ishlanmalar. Soha korxonalarini modernizatsiyalash talablari va takliflari.


Bitum olish usullari
Bitum smola sifat termoplastik modda bo’lib, uni 80 – 180 0C ga qizdirganimizda qovushoq oquvchan holatga o’tuvchi xususiyatga ega. Ular kimyoviy o’zgarmasdan parda hosil qilish tabiatiga egadir.
Bitumlar tarkibi. Bitumlar yuqori molekulyar uglevodorodlarning murakkab
aralashmasi bo’lib, ular kislorod, azot, oltingugurtlarning bog’lanishidan hosil
bo’lgan [soddalashtirilgan tarkibi CxHy – (O2; N; S)]. Bitum tarkibida uglerod
miqdori 75 – 80 % gacha, vodorod 8 – 11,5 % gacha, kislorod 0,2 – 4 % gacha, oltingugurt 0,5 – 7 % gacha, azot 0,2 – 0,5 % gacha tashkil etadi. Bitumni
guruhlarga ajratish uchun uning tarkibiga kiruvchi moddalarni qaynash
temperarturasi yoki erituvchiga bo’lgan munosabati asos qilib olinadi.
Richardsonning nuqtai nazarida bitumlar quyidagi fraksiyalarga ajratiladi:
Petrolenlar – tarklibida C9 – C12 tutgan parafinlar bor moyli moddalar. Ular
180 0C temperaturaga yetmasdan uchib ketadi.
Maltenlar – ular suyuq moyli moddalar bo’lib, bitum tarkibida 180 0C temperaturada ham uchib ketmaydi. Ular petroley efirida, uglerod tetraxlorid
(CCl4)da va uglerod sulfid(SC2)da eriydi. Petrolenlar va maltenlarning molekulyar
massasi kichik bo’lib, ular bitumni qattiqligi va yumshash haroratini pasaytiradi.
Asfaltenlar – molekulyar massasi M=1000 dan 100000 gacha bo’lib, petroley
efirida erimaydi. Biroq uglerod tetraxlorid va uglerod sulfid eriydigan qattiq, mort
moddalar. Asfaltenlar bitumga qattiqlik berib, ularning yumshash temperaturasini
oshiradi. 300 0C dan yuqorida asfaltenlar o’zidan gaz chiqarib koks hosil qiladi.
Asfaltenlarni o’z navbatida turli erituvchilardan foydalanib bir necha fraksiyalarga
ajratish mumkin.
Karbenlar – petroley efiri va uglerod tetraxloridda erimaydigan, faqat uglerod
sulfidda eriydigan qism. Karboidlar – organik erituvchilarda erimaydigan moddalar bo’lib, bitumni eruvchanlik qobilyatini kamaytiradi.
Markusson tomonidan berilgan bitumning tarkibi boshqacha ko’rinishga ega:
Mineral moylar – suyuq uglevodorodlar bo’lib, uglerodlar miqdori C26 va
undan ko’proq atom tutgan parafinlar hamda C25 – C35 atomlar tutgan naftenlardan
iborat. O’rtacha molekulyar massasi M = 350–500 ni tashkil etadi. Bitum
tarkibida moylarning oshishi bilan plastiklik, cho’ziluvchanlik, adgeziya xossalari
ortadi, lekin uning qattiqligi va yumshash harorati pasayadi.
Asfaltogen kislotalar va angidridlar - bitumni ba’zi bir komponentlarining
oksidlanishi natijasida hosil bo’luvchi smolasimon xosilalari, xususan naftenlar.
Ular spirtlarda yaxshi eriydi, benzinda esa yomon eriydi. Asfaltogen kislota va
angidridlar bitum tarkibida oz miqdorda uchraydi. Ular bitumga yuqori adgeziyalik
xususiyati berib, uning tarkibidagi kolloid eritmalarga stabillaydi.
Smolalar – molekulyar massasi 600 dan 1000 gacha bo’lib, uglerod etomlari
soni C80 – C100 gachani tashkil etib, siklik va geterosiklik tuzilishga ega bo’lgan
yuqori molekulyar uglevodorodli qattiq moddalar. Ular sovuq holda petroley
efirida, uglerod tetraxloridda va uglerod sulfidda eriydi. Smolalar bitumni yuqori
quvushqoqlik va plastiklikni namoyon etishida asosiy ahamiyatga ega. Ular o’z
navbatida quyidagi fraksiyalarga ajraladi. Bir tomondan ular moylarga bog’lanib
tursa, ikkinchi tomondan esa asfaltenlarga bog’langan.
Asfaltenlar – smolalarning polimerlanishi, degidrogenlanishi va oksidlanishi
hosilalari. Ularning molekulyar massasi 1200 dan 2000 gacha bo’lishi mumkin.
Bitum tarkibida asfaltenlar miqdori oshishi ularning qattiqligini, yumshash
temperaturasini oshirib shu bilan birga ularning eruvchanligini oshiradi.
Asfaltenlar bitumni mo’rtlashishini oshiradi. Amalda bitumlar murakkab kolloid
sistemalar deb qaralib, dispersion muhit deb moyli qism, dispersion faza sifatida
esa asfaltenlar olinadi. Smolalar kolloidlarga qisman yutilib stabilizator vazifasini
bajaradi. Moylardan asfaltenlarga o’tish jarayonida bitum komponentlarining
o’zgarishi sodir bo’ladi. Ushbu holat quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish