Oziq ovqat texnologiyasi



Download 3,65 Mb.
bet119/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

Pastalar
Pastalar juda ham yuqori konsentratsiyalangan emulsiyalardir. Ularni ham
qattiq emulgatorlardan foydalanib olinadi. Pastalarni suv bilan kerakli
qovushqoqlikkacha suyultirish mumkin. Emul’siya va pastalar o’rovchi,
gidroizolyatsiyalovchi joylarni materiallardan oldin tekislashda foydalaniladi.
O’ralgan yopqich materiallar
O’ralgan yopqich materiallar yopuvchi karton qog’oz, asbest qog’oz, shisha
mato, metall folga asosida hamda asossiz ishlab chiqariladi. Asosiy materiallar
bitum yoki bitum aralashmalarini astar bo’lgan materiallarga shimdirish orqali
tayyorlanadi. Astarsiz yopqich materiallarni ma’lum qalinlikda valiklar orqali
prokatlanadi. Prokat materiallari sifatida bitum yoki uning aralashmalarining
organik erituvchida hosil qilingan har xil to’ldiruvchilar bilan to’ldirilgan va
qo’shimcha antiseptik yoki plastefikatorlar qo’shilgan massa qo’shiladi.
Birinchi martda bitum asosida o’ralgan yopuvchi materiallar ishlab chiqarish 1906 – yilda Angliyada ”Ruberoid Building Products Ltd” zavodida ishlab chiqarilgan. Shu zavod nomidan bitum shimdirilgan qora qog’oz ruberoid deb ataladi. Ruberoid yopuvchi karton qog’ozni oson eruvchan neft bitumi bilan
shimdiriladi, so’ngra bir yoki ikki tomonini qiyin eruvchan neft bitumi bilan
yopiladi. Ruberoidni sifatini oshirish maqsadida uni ustiga yotqizilgan mahsulotlar
tarkibiga har xil to’ldiruvchilar va qo’shimchalar qo’shiladi. Bundan tashqari bu
tarkibga polimer antiseptiklar ham qo’shiladi. Ruberoidni oldi tomonini mayda
donador, katta donador yoki tangachasimon yoyiluvchan materiallar sepiladi. Orqa
tomoni esa mayda donali yoki changsimon sochiluvchan moddalar sepiladi. Shu
tariqa tayyorlangan ruberoidlarning bir qavati ikkinchi qavatiga yopishib qolmaydi.
Yopishish uchun ishlatiladigan karton chirish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli
unga antiseptiklar qo’shiladi. Hozirgi vaqtda RKK – 500V, RKK – 400A, RKK –
400B, RKM – 400B, RPM – 300A va boshqa markadagi ruberoid ishlab
chiqariladi.
Pergamin yopishish uchun ishlatiladigan kartonni yumshash temperaturasi
40 0C gacha bo’lgan neft bitumlari bilan shimdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Suv
va bug’lardan izolyatsiyalash uchun ishlatiladi hamda ruberoidning tag qatlami
sifatida ishlatiladi.
Tom yopuvchi to’r yopishtirish uchun ishlatiladigan kartonni toshko’mir yoki slanes qoldiqlaridan hosil bo’lgan yog’larni shimdirib olinadi. Shimdirilgan qog’ozning ikkala tomoniga quritilgan shilqum yoki mineral kukunlar sepib chiqiladi. To’rqog’oz ko’p qatlamli yopuvchi materiallar ustidan qoplanish uchun hamda suv va bug’dan izolyatsiyalash uchun ishlatilinadi.
Gidroizol bu suvdan himoyalovchi o’rama material bo’lib, asbest qog’ozlarni
neftni oksidlangan bitumlarini shimdirish orqali tayyorlanadi. Gidroizollar yer
ostida ishlovchi qurilmalar va imoratlarni himoyalash uchun ishlatiladi.
Shisha ruberoid bitumli bog’lovchi materiallarni shisha tolali materiallarga
ikki tomonlama surtish orqali tayyorlanadi. Ular ham yopuvchi gilam ostiga yoki
ustiga qoplanib himoyalovchi vazifani bajaradi. Shisha ruberoidlar S-RK, S-RCH,
S-RM markada ishlab chiqariladi.
Metalloizol 0,05-0,2 mm qalinlikdagi alyumin folgalarni ikkala tomonidan
bitum yoki bitumni har xil markalari aralashmasini qoplash orqali olinadi. Uni
ikkala tomonidan qoplash uchun rezina bilan modefitsirlangan bitumli bog’lovchi
25 % gacha asbest tolali to’ldiruvchi bilan aralashtirilgan bitum massalari
ishlatiladi. Metalloizol uzilishga chidamli va uzoq muddat ishlaydi. Gidrotexnik
inshoatlarni va yer ostida ishlaydigan uskunalarni nam va har xil kislota, ishqorli
suvlardan himoyalash uchun ishlatiladi.
Folgoizol metalloizolning bir turi bo’lib, ikki qavatli o’ralgan material. Har
bir qavati g’adir-budir qilingan yoki silliqlangan folga. Bir tomonidan
mukammallashtirilgan rezinali bitum bog’lovchi bilan surtilgan. Atmosferaga
bardosh beruvchi lak yoki bo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi mumkin. Turar va
jamoat binolarining tekis qilib qo’yilgan tomonlarini gidroizolyatsiya qilish uchun,
tomlarga o’rnatilgan shifer choklarini berkitish uchun va tomyopqich gilam sifatida
ishlatiladi.
Izol astarsiz o’ralgan material bo’lib, u ham gidroizolyatsiya maqsadida
foydalaniladi. U GOST – 10296-92 bo’yicha mineral to’ldiruvchilar,
plastifikatorlar, antiseptiklar qo’shilib rezina bitum aralashgan bog’lovchi
moddalardan tayyorlanadi. Izol ishlab chiqarishda to’ldiruvchi sifatida
maydalangan mineral moddalar masalan, talk, ohak, g’ovaklashtirilgan tuproq va
boshqalar ishlatilinadi. Izol ishlab chiqarishda rezina bitumli bog’lovchilar
ishlatilgan rezinani maydalab devulkanillantiriladi va ko’p miqdordagi bitum bilan
aralashtirilinadi. Bu aralashma 180-200 0C haroratida isitilib, so’ng to’ldiruvchilar
solinadi. Hosil bo’lgan rezina bitumli massani kolondir valiklarida
plassifikatsiyalashtirib polotno shaklida chiqarilib g’altaklarga o’raladi. Izolning
eng asosiy xususiyatlari ularning cho’ziluvchanligi bo’lib 60 % gacha cho’zilishi
mumkin. Bu xususiyat - 15 0C gacha saqlanadi. Izol chirimaydi. Izol qiyrixon va
tekis tomlarni yopish uchun va par hosil qiluvchi uskunalarni izolyatsiyalash
uchun ishlatiladi.
Brizol. Bu ham astarsiz o’rama material bo’lib, valsofka usulida prokatlanib
hosil qilingan massani kolandirlash yo’li bilan olinadi. Brizol avtomobil shinalarini
va rezinalarni maydalab ularga plastifikator va to’ldiruvchilar qo’shilib bitum bilan
aralashtirib tayyorlanadi. Boshqa gidroizolyatsiyalovchi materiallarga qaraganda,
toza bitumdan olingan brizol chirishga juda mustahkam, suvga chidamli, suv
o’tkazmaydigan, havo ta’siriga chidamli, sovuqbardosh va elastikdir. Brizol va izol
astarga ega emas. U vazifani bitum rezina bog’lovchilar ichiga qo’shiladigan
asbest tolalari bajaradi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish