Reaktiv va materiallar:
100-150 ml li konussimon kolba, fenolftalein eritmasi, 0.1n li
NaOH yoki KON eritmasi.
Ishning bajarilishi:
100-150 ml li konussimon kolbaga pipetka yordamida 10 ml sut,
keyin 20 ml distillangan suv va 3 tomchi 1%-li fenolftalein eritmasi solinadi, so’ngra sekin
chayqatiladi va 0.1n natriy gidroksid eritmasi bilan 1 minut davomida yo’qolmaydigan binafsha
rang hosil bo’lguncha titrlanadi.
10 ml sutni titrlash uchun ketgan 0.1n ishqor eritmasining millilitr miqdorini 10 ga
ko’paytiriladi va 100 ml sutning Terner darajasidagi kislotaligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |