Oziq-ovqat texnologiyalari



Download 8,72 Mb.
bet57/99
Sana13.07.2022
Hajmi8,72 Mb.
#789742
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan o`quv uslubiy majmua (1)

Fosfatidlar tarkibida fosfat kislotasi qoldig’i bo’lgan lipidlardir. Kimyoviy strukturasiga ko’ra fosfatidlar tarkibida fosfat kislota qoldig’i, u bilan oddiy efir bog’i orqali bog’langan bir atomli spirt yoki azot tutuvchi aminospirtlar va aminokislotalar qoldig’i kirgan glitserid hosilasi sifatida ko’rilishi mumkin. Aynan olingan molekulada mana shu qoldiqlarning qaysi biri borligiga ko’ra fosfatidlar juda xilma-xil va bir necha guruhlarga bo’linadi. Fosfat kislota qoldig’iga birikgan spirt turiga ko’ra fosfatidlar quyidagi asosiy uch guruhga bo’linadi: fosfoglitseridlar, fosfoinozitidlar va fosfosfingozinlar.
Fosfoglitseridlarga fosfatid kislotalar, letsitinlar (fosfati-dilxolinlar), kefalinlar (fosfatidiletanolaminlar) fosfoserinlar (fos-fatidilserinlar) va atsetalfosfatlar kiradi.
Fosfatid kislotalar bu fosfat kislota qoldig’i bo’lgan glitserid. Fosfat kislotasi glitseridning 1,3 va 2 holatida bo’lishiga ko’ra fosfatid kislotalarining - va - izomerlari bo’lishi mumkin:
С Н2ОСОR СН2ОСОR

С НОСОR СНО PО(OH)2


СН2ОPО(OH)2 СН2ОСОR
- izomer - izomer
Letsitin, kefalin va fosfoserinlar fosfatid kislotalardan farq qilib, ularda fosfat kislota qoldig’i bilan bog’lanib turgan va amin guruhi bo’lgan birikmalar mavjud. Letsitin tarkibida fosfat kislota bilan bog’lanib turgan xolin / SN2ON–SN2N(CH3)3OH / moddasi bo’lib, gidratlangan va degidratlangan ko’rinishda bo’ladi:
СН2ОСОR СН2ОСОR

СНОСОR СНОCOR


ОН  Н2О О


СН2 О-P  О СН2О-P  O

О – СН2 – СН2N(CH3)3OH О –СН2–СН2N(CH3)3


Gidratlangan letsitin Degidratlangan letsitin


Kefalinlar tarkibida xolin o’rnida etanolamin (kolamin)
СН2ОН–СН2NH2 bo’lib, ular gidratlangan va ion dipolyar strukturaga ega bo’ladilar:
СН2ОСОR СН2ОСОR

С НОСОR СНОCOR


ОН О


СН2 О-P  О СН2О-P  O


О – СН2– СН2NH2 О–СН2 – СН2NH3


Fosfoserinlar tarkibida letsitin va kefalindan farqli ravishda aminogidroksikislota (serin) СН2ОН–СНNH2–СООН bo’lib, strukturasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
СН2ОСОR

СНОСОR
О-


СН2 О-P  О СООН


О – СН2– СН – NH3+


Hayvon organizmi fosfatidlari yumshoq yoki mumsimon. O’simlik moylardan gidratatsiyalab ajratilgan fosfatidlar yоg’sizlantirilganidan so’ng qattiq va ok kukun holatiga keltirilishlari mumkin. Buning sababi fosfatidlarga redutsiyalangan holda (3-7%) galaktoza, mannoza, arabinoza, saxaroza va rafinoza birikkan.
Fosfatidlar 60-700C haroratda qisman erishi va toza fosfatidlar 1500C haroratda parchalanishi mumkin. Yоg’da eritilgan fosfatidlar haroratga ancha chidamli bo’ladilar. Fosfatidlarning sovutilgan atsetonda erimaslik xususiyatidan foydalanib, ularni yоg’lardan ajratib olish mumkin.
Suv bilan ta’sirlangan fosfatidlar molekulalarinig gidrofil qismlari bilan vodorod bog’i hisobiga gidratlanadilar. Gidratatsiyalangan fosfatid molekulalar o’zlarining uglevodorod (yоg’ kislota qoldiqlari) lipofil qismlarining tortilishi hisobiga juftlashib, qatlam-qatlam ko’rinishiga keladilar va ajratiladilar.
Mumlar bir atomli yuqori molekulyar spirtlar va yuqori molekulyar yоg’ kislotalardan hosil bo’lgan murakkab efirlardir. Tabiiy mumlarda erkin holatda spirt va kislotalar aralashmasi ham bo’ladi. Mumlar zich, plastik ayrimlari xona haroratida mo’rt bo’ladi. Kamdan-kam mumlar xona haroratida suyuq bo’lishi mumkin.
Mumlar namlanmaydi va suvda erimaydi. Qattiq mumlarning ko’pi organik erituvchilarda faqat isitilganda eriydi. Suyuq mumlar ayrim dengiz hayvonlari yоg’ida uchraydi. Qattiq mumlar tarkibiga to’yingan yоg’ kislotalar va spirtlar kiradi. Shuning uchun mumlar ancha inert moddalardir. Mumlar bosim ostida, 150-1600C haroratda ishqor ta’sirida sovunlanadi.
Mumlar o’simlik, hayvon va qazilma mumlariga ajratiladi. Hayvon mumlariga asal ari mumlari, hayvon juni mumlari va kashalot boshidan olinadigan (spermatset yоg’i yoki spermatset) mumini, o’simlik mumlariga karnaub mumini, qazilma mumlarga qo’ng’ir ko’mirdan ajratiladigan mumlarni misol qilsa bo’ladi.

Download 8,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish