Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Asosiy sifat ko’rsatkichlari, urug’ va urug’ massasining texnologik xossalari, fizik-mexanik xossalari, sochilish darajasi, zichligi, tabiiy va absolyut massasi, urug’ massasining fizik-kimyoviy xossalari (namlik, moylilik), gigroskopik xossalari, sorbtsiyalash qobiliyati.
1.Xalq xo’jaligida ishlatilishiga ko’ra moyli o’simliklar bir necha guruhlarga bo’linadi. Agar o’simlik faqat urug’idan moy olish maqsadida o’stirilsa va uning boshqa mahsulotlari ikkilamchi bo’lib, moyiga nisbatan qadrsiz bo’lsa, bunday o’simlikni asl moyli o’simlik deb atash mumkin. Kungaboqar, kunjut, maxsar va tung o’simliklari asl moyli o’simliklar hisoblanadi.
Ikkinchi guruh o’simliklari tolali-moyli o’simliklar bo’lib, bu o’simliklar urug’laridan moy olish yagona maqsad emas. Bu o’simliklardan tola olish ham muhim ahamiyatga ega. Tolali-moyli o’simliklarga paxta, zig’ir va kanop kiradi.
1860 yilgacha paxta faqat tolasi uchun ekilib, chigit esa paxta tozalash zavodlarining chiqit mahsuloti hisoblangan. Chigitdan moy olish boshlanganiga 130 yil bo’lgan bo’lsa ham, uning moyliligi deyarli o’zgarmadi. Chunki, paxta selektsiyasi faqat uning tolasi sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan. Kungaboqar urug’ining moyliligi oxirgi 30 yilda deyarli ikki barobar oshirilgan.
Zig’ir o’simligidan olinadigan ham tola sifatini yaxshilashga, ham urug’ining moyliligini oshirishga bir xil ahamiyat berilmoqda. Lekin maksimal miqdorda texnik moy olish maqsadi, bu moyli urug’ning moyliligini oshirishga olib keldi.
Uchinchi guruh o’simliklari efirli-moyli o’simliklar bo’lib, ularning urug’larida moy bilan birga efir moylari bor. Bunday urug’lardan olinadigan moy ikkilamchi, qimmati pastroq mahsulot bo’lib, urug’dan efirlardan keyin ajratib olinadi. Bu guruh o’simligiga koriandrni misol qilish mumkin. Uning urug’i tarkibidan efir moylari ajratilib, so’ngra ajratilgan moy texnik maqsadlarda qo’llaniladi.
To’rtinchi guruh o’simliklari oqsil-moyli o’simliklar bo’lib, ularning urug’ida ko’p moy bo’lishi bilan birga, urug’ning lipid bo’lmagan qismi xalq xo’jaligi uchun qimmatli mahsulot hisoblanadi. Bunday urug’larga, tarkibida oson hazm bo’luvchi oqsillarga boy bo’lgan, soya va yeryong’oqni misol qilish mumkin.
Yana bir guruh o’simliklar ziravor-moyli o’simliklar bo’lib, ular urug’larining lipid bo’lmagan qismidan mahsus ta’m beruvchi moddalar olinadi (gorchitsa).
Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan o’simlik moyli xom ashyolari - moyli urug’lar va mevalar sifati davlat standartlari bilan belgilangandir. Unda moyli xom ashyolarga, ularni saqlash va qayta ishlab moy olish texnologiyalariga aniq texnik talablar belgilangan.
Moyli urug’larga standart asosiy 5 bo’limdan tashkil topgan: aniqlash, tovar klassifikatsiyasi, texnik shartlar, sifatni aniqlash usullari, saqlash va transportirovka qilish.
1 - bo’limda urug’ni ishlatish maqsadi aniqlanadi.
2 - bo’limda tovar klassifikatsiyasi bo’lib, unda urug’ning botanik va morfologik belgilariga, biologik o’ziga xosligi yoki o’stirilgan rayoniga ko’ra turi aniqlanadi. Ma’lum turdagi urug’da 5, 10, 15% ko’rsatkichlar bilan chegaralangan boshqa turdagi urug’lar (aralashgan holda) normasi ko’rsatilgan. Agar aralashgan urug’larning miqdori belgilangan normalardan oshiq bo’lsa, bu urug’lar massasi turli urug’lar aralashmasi deb nomlanadi va asosiy hamda qo’shimcha urug’larning (%) miqdori ko’rsatiladi.
3-bo’limda urug’lar sifat ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablarning miqdor kattaliklari ro’yhati keltirilgan. Shu talablar asosida, urug’ning namligi, ifloslanish darajasi, mikroorganizmlar miqdori va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha, uning sifat guruhi aniqlanadi. Shu bo’limning o’zida moyli urug’lar massasida bo’lishi mumkin bo’lgan moyli qo’shimchalar va iflosliklarning to’liq ta’rifi berilgan.
4 - bo’limda standartlarni aniqlash uchun qo’llaniladigan moyli urug’lar sifat ko’rsatkichlarining talablar ro’yxati kiritilgan.
5 - bo’limda aniqlangan navli urug’ni joylash va saqlash printsiplari bayon etilgan.
Moyli urug’lar massasi millionlab urug’lardan tashkil topganligi uchun, ularning o’rtacha ko’rsatkichi tushunchasi ishlatilishi mumkin. Urug’ va mevalarning xususiyatlari ularning morfologiyasi, anatomiyasi va kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lib, har bir moyli o’simlik uchun o’ziga xosdir. Urug’larning texnologik sifatini fizik-mexanik, fizik-kimyoviy va fiziologik (biologik) ko’rsatkichlar belgilaydi.
Har bir urug’ning fizik-mexanik xossalariga uning geometrik shakli va o’lchamlari, nisbiy zichligi, aerodinamik, dielektrik va boshqa xossalari kiradi. Bu xossalar urug’larni terimdan keyingi qayta ishlash, saqlash va texnologik qayta ishlash jarayonlaridagi masalalarni hal qilishda muhimdir. Bir dona urug’dan farqli ravishda urug’lar massasi yangi xususiyatlarga ega bo’ladilar. Bularga urug’lar massasining sochiluvchanligi, sochma zichligi, g’ovakligi, hajmiy og’irligi va boshqalar kiradi.
Urug’larning geometrik shakli va o’lchamlariga ko’ra saqlash xonalarining turlari, texnologik uskunalarning ishchi qismlari, hamda saqlash va qayta ishlash usullari tanlanadi.
Aynan bir moyli urug’ning o’lchami qancha katta bo’lsa (yirik bo’lsa), shunchalik uning texnologik sifati yaxshi bo’ladi.
Urug’lar bir biridan hajmi bilan farq qilsa, urug’lar yig’indisi boshqa urug’lardan tabiiy va absolyut og’irligi bilan, sochiluvchanligi va shunga o’xshash fizik ko’rsatkichlar bilan farq qiladi.
Bir dona urug’ning o’lchamlari uning og’irligi bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun urug’larning og’irligini o’lchash uchun «absolyut og’irlik» tushunchasi kiritilgan. Bu 1000 dona urug’ning 0% namlikdagi yoki absolyut quruq holatidagi og’irligi (foizda ifodalangan namlikga mos grammlarni o’lchangan og’irlikdan ayirgandagi). Buni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |