Pistasimonlar – yarimyogochsimon zich qobig’i bo’lib, ichida siqilmagan, u bilan qo’shilib ketmagan holatda joylashgan urug’i bor. Pishib yetilganda qobig’li pista ochilmay urug’i bilan to’kiladi. Pista urug’i qobig’dan tashqari po’stga o’ralgan bo’ladi. Bu guruhga maxsar (saflor), kungaboqar pistalari misol bo’la oladi. Pistalar qobig’i urug’ni mustahkam o’rab turganligi uchun, qayta ishlash jarayonida maxsus texnologik operatsiya – chaqish amalga oshiriladi.
Qo’shpistasimonlar – pistalardan farqli ravishda, ikkita pista birga – bir juft bo’lib yetilib, o’z qobig’iga ega bo’lib, pishganda ikkita pistaga ajralib ketadi. Qo’shpistalarga koriandr mevalari misol bo’la oladi. Undan asosan efir moylari ishlab chiqariladi.
Yong’oqsimonlar – yоg’ochsimon meva qobig’iga ega bo’lib, bir yoki bir necha urug’li bo’lishi mumkin. Ko’p urug’li bunday meva pishganda u ayrim-ayrim yong’oqlarga bo’linib ketadi. Yong’oqlar ko’pincha bir urug’li bo’ladi. Moyli o’simliklardan yong’oqsimon mevaga ega bo’lgan perilla, lyallemantsiya, kanoplarni aytib utish mumkin.
Boshoqsimonlar – urug’lari meva qobig’lari po’stlari bilan bitib ketgan bo’lib, ular o’z navbatida urug’ murtagi va endospermi bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Bularga barcha boshoqlilarni misol qilish mumkin.
Ko’saksimonlar – meva qobig’lari yogochsimon bir necha bo’lakdan tashkil topgan bo’ladi, asosan ikkitadan oshiq. Ko’saksimonlar asosan ko’p urug’li bo’ladi. Urug’lar meva qobig’lari bilan ulanmagan, bog’lanmagan va pishganda qobig’ bo’laklari bir-biridan ajralib ochilishi natijasida ayrim urug’lar to’kiladi. Ko’saksimonlarga moyli o’simliklardan paxta, zig’ir, kanakunjut, kunjut, ko’knor misol bo’ladi. Bu moyli o’simliklar qayta ishlashga, kanakunjutdan tashqari, urug’ holida kelib tushadi. Kanakunjut aralash urug’ va ko’sak holida keladi.
Dukkaksimonlar - meva yoni terisimon yoki yоg’ochsimon bir bo’lakning o’ralishidan hosil bo’lib, bir uyali bir-, ikki- va ko’p urug’li bo’lishi mumkin. Dukkak qobig’i bo’ylama ichki yoki tashqi chokidan ochilishi mumkin. Urug’lar ichki chokka yopishgan. Ayrim dukkaklilarda meva pishganda va quriganda meva qobig’lari yorilib, buraladi va urug’lari sochilib ketadi. Bu meva qobig’ining turli tarafga buralib qurishi natijasida sodir bo’ladi. Moyli urug’lardan bu guruhga soya va araxis (yeryong’oq) misol bo’ladi. Soya urug’i moy zavodlariga qobig’dan ajratilgan urug’ holida keladi.
Qo’zoqsimonlar – (struchok) dukkaksimonlarning o’ziga xos turi bo’lib, meva yoni yоg’ochsimon va orasida yolg’on to’siqli ikkita mevabargdan iborat. Bu to’siqlarga har ikki tomonidan urug’lar yopishgan. Qo’zoqlar ko’pincha bir nechta urug’li bo’ladi. Qo’zoqning bo’yi enidan kamida to’rt marta uzun bo’ladi. Mevabarglarning ulangan joylari sezilarli qovurg’a bo’lib turadi. Urug’ pishganda mevabarglar ochilib urug’lar to’siq qovurg’asida yopishgan holda qoladi.
Ho’l mevalar. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlari bu danaklilar va rezavorlar.
Danaklilar – suvli mevalar bo’lib, bir urug’li bo’ladi. Masalan, eng yirik danaklilarga kokos palmasi mevasi misol bo’ladi. Undan tashqari olxo’ri, o’rik, shaftoli, olcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |