To’yingan yоg’ kislotalarining umumiy formulasi - СnH2nO2. Bularga asosan to’g’ri uglevodorod zanjirli СH3 –(СН2)n - СООН, normal tuzilishga ega bo’lgan deb ataluvchi yоg’ kislotalar kiradi. Undan tashqari yоg’lar tarkibida ancha kam miqdorda shu yоg’ kislotalarning tarmoqlangan zanjirli izomerlari uchraydi. Bunda tarmoqlanish ko’proq metil guruhi hisobiga bo’ladi, masalan,
СH3 – СН - (СН2)n – СООН
СН3
To’yingan yоg’ kislotalar har xil molekulyar massaga ega bo’lib, molekulyar massaning o’zgarishi bilan ularning fizik xossalari o’zgaradi. Molekulyar massa oshgan sari yоg’ kislotalarning erish harorati ortib, zichligi (solishtirma og’irligi) kamayib boradi. Quyidagi jadvalda moylar va yоg’lar tarkibida uchraydigan to’yingan yоg’ kislotalar nomlari, ularning formulalari va asosiy fizik ko’rsatkichlari keltirilgan:
Kislotalar
nomi
|
Formulasi
|
Mole
kula
massasi
|
Erish harorati,
0 С
|
Zichligi,turli
haroratda
|
Nur sindirish koeff.,
800 С da.
|
g/sm
|
0 С
|
Moy
|
С3 H7 СООН (С4:0)
|
88,10
|
-7,9
|
0,9590
|
20
|
-
|
Kapron
|
С5 H11СООН (С6:0)
|
116,10
|
-3,4
|
0,8751
|
80
|
1,3931
|
Kapril
|
С7 H15СООН (С8:0)
|
144,13
|
16,7
|
0,8615
|
80
|
1,4049
|
Kaprin
|
С9 H19 СООН (С10:0)
|
172,16
|
31,6
|
0,8531
|
80
|
1,4130
|
Laurin
|
С11 H23СООН (С12:0)
|
200,19
|
44,2
|
0,8477
|
80
|
1,4131
|
Miristin
|
С13H27СООН (С14:0)
|
228,22
|
53,9
|
0,8439
|
80
|
1,4136
|
Palmitin
|
С15 H31СООН (С16:0)
|
256,26
|
63,1
|
0,8414
|
80
|
1,4172
|
Stearin
|
С17H35 СООН (С18:0)
|
284,29
|
69,9
|
0,8390
|
80
|
1,4199
|
Araxin
|
С19 H39СООН (С20:0)
|
312,32
|
75,3
|
0,8240
|
100
|
1,4200
|
Begen
|
С21 H43СООН (С22:0)
|
340,35
|
79,7
|
0,8207
|
100
|
1,4257
|
Lignotserin
|
С23 H47СООН (С24:0)
|
368,39
|
84,2
|
-
|
-
|
1,4287
|
Tserotin
|
С25 H51СООН (С26:0)
|
396,42
|
87,7
|
0,8198
|
100
|
1,4301
|
Montan
|
С27H55 СООН (С28:0)
|
424,45
|
90,0
|
0,8191
|
100
|
1,4313
|
Jadvaldan ko’rinishicha quyi molekulyar yоg’ kislotalar xona haroratida suyuq holatda, atmosfera bosimida parchalanmasdan haydaladi, suvda bir oz erish xususiyatiga egalar, masalan, moy kislotasi. To’yingan o’rta va yuqori molekulyar yоg’ kislotalar faqat organik erituvchilarda eriydilar, xona haroratida yumshoq va qattiq holatda bo’ladilar, qaynatib haydash vakuum ostida qizdirilgan bug’ bilan qo’shib amalga oshiriladi.
Moy, kapron, kapril va kaprin yоg’ kislotalari ko’p bo’lmagan miqdorda 3, 2 va 1-1,5 foizdan sut moyi (sariyоg’) tarkibida bor. Kapril va kaprin kislotalari kokos moyi va ayrim palma mevalari moylari tarkibida ham uchraydi.
Laurin kislotasi ko’proq palma moylariga xos bo’lib, bir oz miqdorda sariyоg’ tarkibida ham topilgan.
Miristin kislotasi ko’plab hayvon va o’simlik qattiq yоg’lari tarkibiga kiradi. Ayrim palma mevalari yоg’lari tarkibida bu kislotaning miqdori 20% gacha boradi.
Palmitin kislotasi turli miqdorda barcha yоg’lar tarkibida uchraydi. Ko’pchilik o’simlik moylari tarkibida palmitin kislotasining miqdori 10% ga yetmaydi. Faqat paxta chigiti moyidagina palmitin kislotasining miqdori 20-23% ni tashkil qiladi. Undan tashqari bu kislota kokos va palma yоg’lari uchun ham xosdir.
Stearin kislota deyarli barcha qattiq yоg’larda bo’lib, suyuq o’simlik moylarida uning miqdori asosan palmitin kislotasi miqdoridan kam bo’ladi. Hayvon yоg’lari tarkibida bu kislotaning miqdori 20-30% ni tashkil qiladi.
Barcha to’yingan yоg’ kislotalarga nisbatan stearin va palmitin kislotasi barcha yоg’larda uchraydigan va katta miqdorni tashkil qiluvchi kislotalardir.
Araxin kislotasi yeryong’oq moyida 2,3-4,9% ni tashkil qilib, boshqa qattiq yоg’lar tarkibida juda kam miqdorda topilgan.
Begen kislotasining miqdori turli yоg’lar tarkibida yuzdan bir foizni ham tashkil etmaydi.
To’yinmagan yоg’ kislotalar ichida tabiatda eng ko’p tarqalgani bu bir, ikki va uch etilen bog’li kislotalardir. Moylar tarkibida bu kislotalar to’yingan yоg’ kislotalarga nisbatan ancha ko’p miqdorni tashkil etadi. Ko’pincha ularning miqdori umumiy yоg’ kislotalar miqdorining 90% gacha boradi. Etilen bog’ining uglevodorod radikalining nechanchi uglerodlari orasida joylashganini ko’rsatish uchun, ana shu to’yinmagan uglerodlardan oldingisining (karboksil gruppasiga yaqin turganining) tartib raqami qo’rsatiladi. Chunki karboksil gruppasining uglerodi birinchi raqam bilan belgilanadi. To’yinmagan yоg’ kislotalar fazoviy sis-, trans- izomerlarga ega bo’lganligi uchun asosan trans- izomerlar formulalari oldida trans- qo’shimchasi yoziladi. Masalan, olein kislotasinig fazoviy izomeri bo’lgan elaidin kislotasi uchun: trans-9- С18Н34O2 .
Bir nechta qo’shbog’ili yоg’ kislotalarning har bir qo’shbog’i har xil fazoviy tuzilishga ega bo’lgan va qo’shbog’lari zanjirda bir-biriga yaqin (sopryajyonnie) yoki uzoq (izolirovannie) joylashgan izomerlari mavjud. Ya’ni birinchi qo’shbog’ sis-, tuzilishda bo’lsa, boshqalari trans- tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Tabiiy o’simlik moylarida asosan molekulalarining fazoviy tuzilishi sis- ko’rinishga ega bo’lgan to’yinmagan yоg’ kislotalar bo’lib, ular xona haroratida suyuq, hayvonlar yоg’larida esa keyingi vaqtlarda trans- to’yinmagan turli yоg’ kislotalar aniqlandi.
Umuman, etilen bog’li yоg’ kislotalar bir-biridan molekulalaridagi uglerodlarining soni, qo’shbog’larining soni, qo’shbog’ning uglevodorod zanjiridagi o’rni (pozitsiya izomerlari) hamda molekulalarning fazoviy tuzilishlari (sis-, trans- izomerlar) bilan farq qiladilar.
O’simlik moylari tarkibida ko’proq 18 ta uglerodli to’yinmagan yоg’ kislotalar uchraydi. Boshqa to’yinmagan yоg’ kislotalar o’simlik moylari tarkibida siyrak va juda oz miqdorda uchraydilar. Dengiz hayvonlari moylari tarkibida uglerodlari soni C16 dan C24 gacha bo’lgan to’yinmagan yоg’ kislotalari topilgan. Qo’shbog’larining soniga ko’ra yer hayvonlari yоg’i va o’simlik moylari tarkibida 1 dan 4 gacha qo’shbog’i bo’lgan to’yinmagan yоg’ kislotalar aniqlangan.
Bir qo’shbog’li yоg’ kislotalar qatori yoki olein qatori yоg’ kislota-larining umumiy formulasi - СnН2n-2mO2. (Formulada m-qo’shbog’lar soni.) Bir to’yinmagan olein kislota misolida struktura formulasi :
Do'stlaringiz bilan baham: |